O`zbekiston respublikasi oliy ta`lim fan va inovatsiyalar vazirligi


Geografik qobiqning bir butunligi


Download 460.69 Kb.
bet6/11
Sana10.02.2023
Hajmi460.69 Kb.
#1187672
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Fotima tabiat kurs ishi

Geografik qobiqning bir butunligi.

II.BOB.TABIIY GEOGRAFIK BILIMLAR GEOGRAFIK QOBIQ MISOLIDA
2.1.DAVRIYLIK HOLATI SHAKLLANISHINING XUSUSIYATLARI
Modda va energiyani o‘rin almashish tizimlarining tahlili geografik qobiq doimo yer qobiqlari va koinot bilan modda va yenergiya almashishida faol ishtirok yetib turishini ko‘rsatadi. Geografik qobiqning o‘zida modda va energiyani bir joydan ikkinchi joyga ko‘chishi va o‘zgarishi kuzatiladi.
O‘rin amlashishning eng faol shakli aylanma harakat hisoblanadi. Aylanma harakat cheklangan miqdordagi moddani doimo harakatda bo‘lishini ta’minlaydi. Har bir aylanma harakat davri harakatni eng sodda birligidan iborat. Lekin davrlarni aynan qaytarilishi kuzatilmaydi.
Aylanma harakat miqyosida energiya va modda oqimlarini asta-sekin bir tomonga yo`naltirilgan o‘zgarishi amalga oshadi, bu esa o‘z o‘rnida geosferalarni tarkibi va tuzilishini o‘zgarishiga olib keladi. Bir tomonlama yo‘nalishiga yega bo‘lgan o‘zgarishlar uzoq davom yetgan davr mobaynida amalga oshadi. Bunday dinamik o‘zgarishlar davriylik deb yuritiladi. Geografik qobiqda davriylik juda ko‘p jarayonlarda, jumladan, tektonik, magmatik, iqlimiy gidrologik va boshqa ko‘plab jarayonlarda kuzatiladi. Davriy harakatlar asosan ikkita tur ritmik va siklik harakat turlariga ajratiladi. Ritmiklik deganda ma’lum vaqtda qaytarilib turadigan o‘zgarishlar tushunilib, unga misol tariqasida kun va tunni almashishi, Yerni Quyosh atrofida aylanishi va boshqalarni ko‘rsatishimiz mumkin. Sikllar esa ma’lum vaqtda ro‘y bermaydigan davriy o‘zgarishlardan iborat.
Unga misol tariqasida Yer orbitasini o‘lchamlarini o‘zgarishi, Quyosh faoligi va boshqa bir qator omillar natijasida iqlimni o‘zgarishini ko‘rsatishimiz mumkin. Bu haqda ko‘plab geologik, arxeologik dalillar va tarixiy kuzatishlardan olingan ma’lumotlar mavjud. Iqlimni har 35 yil, 1800 yillik o‘zgarib turish sikllari ancha yaxshi o‘rganilgan. Davriylik tektonik jarayonlarda ham kuzatilib, u yer qobig‘ini ko‘tarilishi yoki cho‘kishida, zil-zilalarni bo‘lib turishida, burmalanish bosqichlarida, effuziv va intruziv vulkanik jarayonlarni faollashishida namoyon bo‘ladi. Bunday tektonik faollik 50-150 mln. yil davom yetuvchi nisbatan tektonik tinchlik davri bilan almashib turadi. Boshqa shunga o‘xshash davriylikni biosferadagi boshqa ko‘plab jarayonlarda kuzatishimiz mumkin.
Majburiy harakatlar.Davriylik jarayonlari tashqi omillar ta’siri (majburiy harakatlar) va geografik qobiqni rivojlanishining ichki qonuniyatlari (avtonom tebranishlar) ta’sirida ro‘y beradi. Davriylikni keltirib chiqaruvchi tashqi omillarga galaktikada Quyosh tizimini tutgan o‘rni, Yer orbitasini ekssentritetini tebranishi, Yer o‘qining qiyaligini o‘zgarishi va boshqalar kiritiladi. Galaktika yili davomida Quyosh tizimi moddaning zichligi har xil bo‘lgan muhitdan o‘tadi. Shu davr mobaynida gravitasion tortilish kuchi o‘zgarib turadi.
Koinotdagi materiya zichligini o‘zgarishi, jismlarni bir-biriga tortilish kuchini biroz o‘zgarishi atmosfera va okeandagi sirkulyasiyaga, ellipisoid aylanma harakat ta’sirida zichlikni o‘zgarishga olib keladi. Bunday o‘zgarishlar o‘z navbatida davriy jarayonlarni ro‘y berishini ta’minlaydi. Bunday majburiy harakatlarga yillik va sutkalik ritmiklik yaqqol misol bo`la oladi. U yerni o‘z o‘qi va Quyosh atrofida aylanishi, Yer o‘qini ekliptikaga nisbatan qiyaligi va natijada Quyosh radiatsiyasini faoligini o‘zgarishi bilan bog‘liq.
Tabiatdagi jarayonlarga ta’sir ko‘rsatuvchi yeng asosiy omillardan biri bo‘lgan Quyosh radiatsiyasi miqdorining o‘zgarishi amaliyotda hamma tabiiy-geografik jarayonlarga ta’sir ko‘rsatadi. Sutkalik va yillik o‘zgarishlarni aniq amalga oshishi vaqtni aniqlash birligi sifatida qabul qilish imkoniyatini yaratgan. Majburiy harakatlar qalqish hodisasini keltirib chiqaruvchi sayyoraviy astronomik omillar ta’sirida ham amalga oshadi. Natijada 1,2; 8,9; 18,9 va taxminan 111 yil va 1800-1900 yil davom yetuvchi ritmik davriylik mavjud. Davriy o‘zgarishlarga ko‘p jihatdan Quyosh tizimini koinotda tutgan o‘rnining hosilasi sifatida qaralishi mumkin. Masalan, sutkalik va mavsumiy davriylik yerni Quyoshga nisbatan tutgan o‘rni bilan belgilanadi. 1800 yillik davriylik yesa Quyosh, Yer va oyning bir-biriga nisbatan tutgan o‘rni bilan belgilanadi. Mustaqil (avtonom) harakatlar. Tashqi omillar ta’sirida ro‘y beradigan harakatlardan tashqari geografik qobiqda mustaqil harakatlar ham mavjud. Bunday harakatlar ikkitadan kam bo‘lmagan inersiya zanjiridan iborat tizimlarga xos. Ob’ektga nisbatan tashqi omillarni o‘zgarishi natijasida o‘zining o‘lchamlarini asta-sekin o‘zgartiruvchi tizimlarga inersion tizimlar deyiladi.
Umuman olganda hamma geografik ob’ektlar inersion tizimlardan iborat. Ammo ularni inersionlik darajasi har xil, ko‘plarda minutlar, soatlar, suktalar bilan o‘lchanadi. Shu bilan birga geografik qobiqning okean, muzliklar kabi tizimlari tashqi omillar ta’sirida ancha sekin o‘zgaradi. Masalan, suv asta-sekin isib asta- sekin soviydi, materik muzliklarini bosishi yoki chekinishi minglab yilni o‘z ichiga olishi mumkin. Ob-havoni o‘zgarishi ham ko‘p jihatdan mustaqil harakatlarga misol bo‘la oladi. Ob-havo har doim Quyosh radiatsiyasini miqdori bilangina bog‘liq bo‘lmasdan, ko‘p jihatdan atmosferani okean, materik va muzliklar bilan bog‘liqligining mahsulidir. Bu o‘rinda bulutlik darajasi, atmosfera va okean orasidagi termodinamik tafovut muhim ahamiyatga ega. Okeanning inersionligi, ya’ni uni atmosferaga nisbatan sekin isishi yoki sovushi (tashqi omil ta’siriga reaksiyasini bir zumda bo‘lmasligi) uning hamma termodinamik tasnifini vaqt davomida siljishiga olib keladi. Okean o‘ziga xos o‘tgan hodisani saqlab qoluvchi tazim sifatida namoyon bo‘ladi. Shunday qilib tashqi omil ta’siri natijasida har xal davr mobaynida o‘zgaruvchi tizimni mavjudligi geografik qobiqda mustaqil o‘zgarishlarni amalga oshishini taqozo etadi.
Tashqi omillar va ichki qonuniyatlar ta’sirida ro‘y beruvchi majburiy va mustaqil harakatlar davriylik hodisalarini yanada murakkablashtiradi. Har bir davriylikdan so‘ng Yer yuzasi va uning alohida kichik tizimlari ilgarigi asl hollariga qaytmaydilar, har bir harakat biror bir yangilik olib keladi. Natijada tizim o‘zgaradi, yevolyusion rivojlanish kuzatiladi. Tizimlarning rivojlanishi qaytmaydigan o‘zgarishlarni uzoq muddat davomida amalga oshishi natijasida ro‘y beradi. Tabiiy geografik hodisalarning davriyligi. Qadimdan odamlar tabiatda ro‘y beradigan xodisalarning qaytarilib turishini kuzatib borishgan. Tabiiy jarayonlarning davriy harakatlarini aniqlash ularni bashorat qilish uchun muhim ahamiyatga yega. Davriy harakatlar ma’lum vaqt davomida qaytarilib turadigan jarayonlardir, agar bu jarayonlarni tarixan bo‘lib turishi aniqlangan bo‘lsa, ularni kelgusida yana bo‘lish yehtimoli katta. Tabiiy muhitni rivojlanishini bashorati ko‘p jihatdan uni oldingi holatini bilish bilan bog‘liq. Shu nuqtai nazardan tarixni bilish kelgusi jarayonlarni bashorat yetish kaliti deyishadi.
Bo‘lib o‘tgan jarayonlarni talqin qilish tabiiy jarayonlarni rivojlanish yo‘nalishini anglab olishga yordam beradi va yekstrapolyasiya usulini qo‘llagan holda bu rivojlanish tendensiyasini kelgusi davrga tadbiq etish mumkin.
Tabiiy jarayonlarni ritmik harakatini hisobga olgan holda bashorat qilishga ko‘plab misollar keltirish mumkin. Ob-havoni yil davomida o‘zgarishini bashorat qilish, daryo oqimi me’yorini aniqlash, o‘simliklar qoplamini o‘zgarishini bashorat yetish shular jumlasiga kiridi. Ayniqsa jarayonlarni sutkalik o‘zgarishi, sayyoralar, Quyosh harakatlarini, Quyosh va Oy tutilishini ilgaritdan aytib berish ayniqsa yaxshi aniqlangan. Osmondagi jismlarni aniq ritmik harakati ularni bir-biriga nisbatan tutgan o‘rnini œnlab va yuzlab yil oldindan aytib berish imkonini beradi.
Osmondagi jismlarni harakati mexanik harakat, tabiiy geografik jarayonlar esa ancha murakkab qonuniyatlar asosida amalga oshadi. Ularning tebranma harakati shuning uchun uncha yaqqol aks yetmaydi.
Chunki har bir tabiiy geografik jarayonga ta’sir ko‘rsatuvchi ko‘plab omillar mavjud. Bu omillar qancha aniq o‘rganilsa, tabiiy geografik jarayonlarni ham shuncha aniq oldindan aytib berish imkoni tug‘iladi.
3-Rasm


Download 460.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling