O`zbekiston respublikasi oliy ta`lim fan va inovatsiyalar vazirligi
Download 460.69 Kb.
|
Fotima tabiat kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’simliklar va hayvonot olamining poleontologiyasi (Komarov,1943). 1-Rasm Biogeotsenoz strukturasi (V.N.Sukachev bo‘yicha).
- A.I.Oparinning yerda hayotni rivoj topishining koatservatsiya stadiyasi
O’simliklar va hayvonot olamining poleontologiyasi (Komarov,1943). 1-Rasm Biogeotsenoz strukturasi (V.N.Sukachev bo‘yicha). 1.2.ABIOGEN TARAQQIYOTNING BIOGEN TARAQQIYOTGA O`TISHI Abiogen bosqich - geografik qobiq paydo bolishi va rivojlanishining organik hayotsiz ilk bosqichi. Geografik qobiq oz rivojlanishi davomida abiogen bosqichdan biogen bosqichga, songra esa, inson paydo bolgach, antropogen bosqichga otgan. Abiogen bosqich geografik qobiq taraqqiyotining paleozoy erasigacha bo`lgan davrini o`z ichiga oladi. U tobiogen (dobiogen) bosqich ham deb ataladi. Abiogen tabiat — geografik qobiq taraqqiyotining organik dunyosiz o`tgan dastlabki davri tabiati. Yer taraqqiyotining arxey va proterozoy eonlarida tabiat Abiogen tabiat boʻlgan. Abiogen tabiat 2,5-3 mlrd. yildavom etgan deb taxmin qilinadi. Bu davrda tabiat Yer poʻstidagi birlamchi togʻ jinslari, havo va suvlardan tashkil topgan. gʻoz. vaqtda Oy, Uto-rud (Merkuriy) va Zuhra (Venera) sayyo-ralari tabiatini Abiogen tabiat deyish mumkin Abiotik almashinuv deb yuritiladigan atmosferada suv va unda erigan mineral moddalarning, organik moddalarning almashinuvi sodir bo’ladi. Agar abiotik almashinuvning asosini mineral moddalarni bir joydan ikkinchi joyga ko’chishi (o’tishi) va ularning agregat holatini o’zgarishi tashkil etsa, organik moddalar almashinuvi asosini esa sintez va parchalanish jarayoni tashkil etadi. Bu jarayon davomida ma‘lum darajadagi barqaror birikmalar saqlanib, o’zgaruvchan birikmalar o’z tabiatiga ko’ra, murakkab barqaror birikmalar uchun oziqa vazifasini bajargan. Sintez qilinadigan va parchalanadigan organik birikmalarni o’zaro nisbati faqat ularning ximiyaviy xossasiga bog’liq bo’lib qolmasdan, balki bu jarayon o’tadigan muhit va organik moddalar almashinuvi muhim rol o’ynaydi. Hayotning asosiy xislati shundaki, unda doimo organik moddalar almashinuvi sodir bo’lib turadi va bu almashinuv doimiy ravishda bir-biriga qarama-qarshi jarayonlar - moddalar sintezi va parchalanish jarayoni asosida sodir bo’ladi. Bu almashinuv olamda sodir bo’ladigan jarayondan oldin sodir bo’lganligi ehtimoldan uzoq emas. Ana shu almashinuv asosida tiriklikning o’lik tabiat qismlaridan farq qiladigan xususiyatlari shakllangan. Organik birikmalar sintezi va ularning destrukturasi (parchalanishi) hayotning paydo bo’lishida hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligi haqidagi g’oya birdaniga shakllanmagan. Biosintez jarayoni uchun quyosh energiyasidan foydalanadigan fitotrof organizmlarning ham, ximiyaviy birikmalarning oksidlanish energiyasi hisobiga yashovchi xemotrof organizmlarning ham yerda hayotning paydo bo’lishida birlamchi ekanligi haqidagi tasavvur inkor etilib, ularning o’rniga A.I.Oparin (1957, 1960) tomonidan taklif etilgan geterotrof organizmlar yerda hayotning paydo bo’lishida birlamchi ekanligi haqidagi faraz ko’pchilik olimlar tomonidan tan olingan. Bu g’oyaning isboti uchun A.I.Oparin va ko’pchilik tabiatshunos olimlar asosli dalillar keltiradilar. Ammo A.I.Oparin nazariyasida Yer qurrasining tirik qismida sodir bo’ladigan biogeoximik jarayonning mufassal ravishda mavjudligi to’g’risidagi tegishli muhokama yuritilmagan. Yer kurrasida mavjud millionlab tirik organizmlar orasida hayvon yoki o’simliklar olamining birorta turi hayotning barcha biogeoximiyaviy jarayonda faqat bir o’zi, alohida ishtirok etish imkoniga ega emas. Shunday ekan, hayot paydo bo’lishining ilk davridayoq tirik mavjudotlar shaklan nihoyatda turli-tuman bo’lishi va biosferada (Yer kurrasining tirik qismida) sodir bo’ladigan murakkab - biogeoximiyaviy jarayonda ishtirok etishi muqarrar ekanligi tan olingan. Binobarin tirik olam (biosfera) shakllanishining boshlang’ich davridayoq biror-bir alohida organizm emas, balki turli-tuman shakl va ko’rinishdagi organizmlar guruhlari, to’plamlari shakllanib (bunyodga kelib), ular modda va energiya almashinuvida ishtirok etgan. Bu ishtirok ularni Yer qurrasining muhit sharoitlariga moslanish va kelgusida rivojlanish, taraqqiy etish, yuksalish darajasini belgilagan. Yerda hayotning paydo bo’lishining ilk davri almashinuv jarayoni muqarrar bo’lgan alohida organizmlarning vujudga kelishi bilan bevosita bog’liq. Bu jarayonning taraqqiyot qonuniyatlari haqida qator farazlar mavjud. Ular orasida to’laroq ishlab chiqilgani A.I.Oparinning yerda hayotni rivoj topishining koatservatsiya stadiyasi hisoblanadi. Bu nazariyaga ko’ra okean suvining qalin qatlamida to’planadigan organik moddalar alohida molekula shaklidagi quyuqlashgan birikmalar holda shakllangan. Aftidan bu quyuqlashgan birikmalarning alohida parchalari, kolloid komplekslari - koatservatlar ham bir vaqtda bunyodga kelgan (soa - cervatus lotin tilida to’plam, yig’ma ma‘nosini anglatadi). Tirik mavjudotlarning bunyodga kelishi bilan Yer qurrasida tabiiy muhitning o’zgara borishi hayot evolyutsiyasida hayajonli voqea hisoblandi. Tabiatda ximiyaviy jarayonlar - sintez va destruktsiya natijasida sifat jihatdan yangi bo’lgan tug’ilish va o’lish singari hodisa ro’y berdi. Organik birikmalarning hosil bo’lishi va parchalanishiga asoslangan organik moddalarning almashinuvi o’z o’rnini tug’ilish, o’lish va yangi turlarning bunyodga kelishi, eskilarini keksayishi (qarrishi) va o’limiga asoslangan yangi bioltik almashinuvga o’z o’rnini berishga majbur bo’ldi. Organik evolyutsiyaning qudratli omili - tabiiy tanlanish o’z huquqini egallashga kirishadi. Bu omilning ahamiyati naqadar muhim ekanligini isbotlash uchun faqat ikkita misolni keltirish yetarli bo’ladi. Masalan, tur tarkibida mavjud individlar soni geologik jihatdan u qadar uzoq davom etmagan davr oralig’ida o’zgarmas hisoblanadi, ya‘ni qancha individ halok bo’lsa, shunchasi saqlanadi. Agar ko’pchilik olrganizmlarni yuzlab, minglab, o’n ming, millionlab urug’ yoki tuxum hosil qilishi inobatga olinsa, qancha-qancha organizmlarning o’lib ketishiga ishonch hosil qilish mumkin. Har qanday individning bir jufti saqlansa yuzlab, minglab, millionlab juft individ o’ladi. Hozirgi kunda bizning planetamizda ularning 2 mln.ga yaqin turi mavjud. Organik olamning taraqqiyoti davomida yuz millionlab turlarni halokatga uchrashi hisobiga yangi turlar bunyodga kelgan. Yer yuzida shakllangan organik olam taraqqiyoti jarayonida nafaqat alohida olingan turlar, balki yirik turkumlar, oilalar, tartib (qabila) hatto sinflar (ajdod) tarkibidagi organizmlar ma‘lum tabiiy muhit omillari ta‘sirida to’lig’icha halokatga uchragan. Yerda 3,8 mlrd yil avval hayot paydo bo‘lishi bilan Yer taraqqiyotining biologik bosqichi boshlangan. Yerda dastlabki odamlarning paydo bo‘lishi (3–1,5 mln yil) antropogen bosqichni boshlab bergan. Yerning geologik taraqqiyot tarixi, uning rivojlanish davrlari va rivojlanish bosqichlariga ajratish bilan ko‘plab geologlar shug‘ullanganlar. Natijada geoxronologiya paydo bo‘lgan. Download 460.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling