Ekologiya kursi, maqsadi, vazifasi, tuzilmasi va tarixi
Download 48.13 Kb.
|
1-mavzu. Kirish. Ekologiya kursi, maqsadi, vazifasi, tuzilmasi va tarixi f987594858d23f78962c656a5c794b03
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishning maqsadi
- Laboratoriya eksperiment usuli
- Matematik modellar va modellashtirish.
- TOPSHIRIQLAR 1-topshiriq
- 1-jadval Quyidagi usullarning o’ziga xos belgilari yozing
- Taqqoslash Modellashtirish
- Talabalar o’zlashtirishi lozim bo’lgan materiallar yuzasidan o’quv topshiriqlari Topshiriqni bajarish yuzasidan ko’rsatmalar
- Yillar Aholi sonining o’zgarishi
- Mavzu yuzasidan savollar
- ASOSIY TUSHUNCHALAR VA TAYANCH ATAMALAR
AMALIY MASHG’ULOT EKOLOGIYA KURSI, MAQSADI, VAZIFASI, TUZILMASI VA TARIXI REJA: Ekologiyadaqo’llaniladiganilmiytadqiqotusullari. Taqqoslashva tasviriyuslublarningqo’llash sohalari. Tajriba usuli va uning mohiyati. Ekologik modellashtirish uslubini ilmiytadqiqotlarda qo’llanilishi. Ishning maqsadi: Ekologiyada qo’llaniladigan usullar yuzasidan bilim va ko’nikmalarga ega bo’lish. Kerakli material va jihozlar: Ekologiyaga oid o’quv qo’llanmalari,jadvallar, gerbariylar, slaydlar. Nazariy material: Dala usuli. Tabiiy sharoitda olib boriladigan va o’tkazila-digan kuzatishlar dala usuli asosida bo’ladi. Dala usuli bo’yicha tur vakillari, ular hosil qiladigan turli katta-kichik tirik organizmlar guruhlari tabiiy sharoitda o’rganiladi. Bunday holda floristika, sistematika, geobotanika, fiziologiya kabi biologik hamda nobiologik fanlarning usullari ham keng qo’llaniladi va tirik organizmlarni o’sish, rivojlanish, ko’payish, o’zgarib turish jarayonlari aniklanishi bilan, ularning bir-birlariga hamda muhitga munosabatlari o’rganiladi, olingan materiallarni ekologik tahlil qilish asosida tirik organizmlarning hayot faoliyatiga oid turli ekologik qonunlar aniqlanadi. Laboratoriya eksperiment usuli — maxsus joylarda, xonalarda, turli mikroorganizmlar, suvo’tlar, umurtqasiz hayvonlar, ular-ningformalari (shtamlari) kichik-kichik idishlar, Petri kosachasi, akvariumlarda maxsus oziqa moddalar, yorug’lik, harorat yordamida o’stiriladi va kuzatiladi. Ularning ko’payish jadalligi, massa hosil qilishi, fiziologik, biokimyoviy tarkiblari, hamda foydali formalarini tez ko’paytirish usullarini ishlab chiqib, non, qatiq, yog’, vino, spirt tayyorlashda foydalaniladi. Organizmlar va ularning populyatsiyasi holatini aniqlashda mor-fofiziologiya indikator usulidan foydalaniladi. Bu usul yordamida hayvon tanasiningog’irligi, ayrim organlariningtabiiy zonalar va muhit omillariga bog’liq holda o’zgarishi, shakllarining kattalanishi yoki kichrayishi o’rganiladi. Organizmlarning son ko’rsatkichlarini o’rganish. Ekologik tad-qiqotlarda organizmlarning soni va ularni o’zgarib turishini aniq bilish katta ahamiyatga ega. Organizmlar mikdori vizual va instrumental yo’l bilan aniqanadi. Organizmlar vizual hisobga olinganda, ularning ma’lum joyda, to’g’ri yo’nalishda yoki ma’lum hajmdagi suvdagi mikdori aniqlanadi. Masalan, geobotanikada ma’lum joydagi o’simliklarni hisobga olish, gidrobiologiyada - dengiz, okeanlardan «dnocherpatellar» yordamida suv tagidagi loyqa tortib olinib, uning ichidagi organizmlar tarkibi va soni aniqlanadi. Suv qatlamidan plankton holda yashovchi organizmlarning turlar tarkibi, biomassasi aniklanadi. Matematik modellar va modellashtirish. Turli ekosistemalarning tabiiy holati, o’zgarishi va ularga xos boshqa ekologik tomonlar matematik modellar usuli yordamida anikdanadi. Tabiatdagi ko’p qirrali voqeliklarni ekologik nuqtai nazar-dan tekshirishda katta va kichik ekosistemalarga xos qonuniyatlarni aniqlash jarayonida ularningdoimo o’zgarib turishi, muhit omillarining ta’siriga ko’rsatadigan reaktsiyasi, turli tsenozlarning har xilligi va farqi aniqlanadi. ISHNING BORISHI: 1. Ekologiyada qo’llaniladigan usullar hakida ma’lumotlar to’plash (ma’ruza matni asosida) va jadvallarni to’ldirish. 2. Ekologiyada qo’llaniladigan usullarni o’ziga xos xususiyatlari aniqlash va jadvalga yozish (2-jadval) 3. 1600-2000 yillar oralig’ida aholi soning o’sishini matematik modellashtirish.(3-jadval) TOPSHIRIQLAR 1-topshiriq
1-jadval Quyidagi usullarning o’ziga xos belgilari yozing
2- topshiriq
Aholi o’sishi Mavzu yuzasidan savollar Ekologiyada qo’llaniladigan ilmiy tadqiqot usullari ayting? Taqqoslash va tasviriy uslublarning qo’llash sohalariga nimalar kiradi? Tajriba usuli va uning mohiyati ayting? Ekologik modellashtirish uslubini ilmiy tadqiqotlarda qo’llanilishi tushuntirib bering ASOSIY TUSHUNCHALAR VA TAYANCH ATAMALAR Tasviriy, taqqoslash, tajriba usullari, ekotizimlarni modellashtirish, hisoblash mashinalari, grafik. Download 48.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling