Ekologiya nazorati va ekologik ekspertizaning huquqiy holati. Reja
Ekologiya nazorati va ekologik ekspertizaning huquqiy holati.
REJA.
1. Ekologik nazoratning tushunchasi, maqsadi, vazifasi va usullari.
2.Ekologiya nazoratining tizimi.
3.Ekologiya ekspertizasining tushunchasi, maqsadi, tamoyillari va usullari.
4.Ekologiya ekspertizasi tizimi.
Ekologiya nazorati – atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ekologik havfsizlikni ta’minlash qoida-talablarini barcha vazirlik, davlat qo’mitalari va idoralari, korxonalar, tashkilotlar, muassasa, mansabdor va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishini tekshirish, tabiiy muhit holatini o’rganish va kuzatish, chora-tadbirlarini qo’llash bilan bog’liq siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy-ma’rifiy chora-tadbirlar yig’indisini o’z ichiga oladi.
Ekologiya nazoratining asosiy vazifalari sifatida quyidagilar belgilangan:
Atrof-tabiiy muhit holatini hamda xo’jalik yuritish va boshqa faoliyat ta’siri ostida unda bo’lgan o’zgarishlarni kuzatib borish;
Atrof-tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, atrof -muhitni sog’lomlashtirish ,tabiatni muhofaza qilishga doir qonunlar talablari va atrof- tabiiy muhit sifatining normativlariga rioya etish borasidagi dasturlar hamda ayrim tadbirlar bajarilishini tekshirish.
Ekologiya nazorati jarayonida quyidagi chora-tadbirlar oshiriladi:
-atrof-tabiiy muhitda bo’ladigan o’zgarishlarni kuzatish, axborot jamlamasini shakllantirish;
-atrof-tabiiy muhit holatiga antropogen ta’sirlarni o’rganish;
-ishlab chiqarish va xo’jalik yuritish jarayonining barcha jabhalarida ekologik qonunchilik qoida talablarga rioya etilishini tekshirish;
--tabiiy resurslardan foydalanish bo’yicha ruxsatnomalar berish;
-ekologik qoida –talablarni buzgan yuridik va jismoniy shaxslarni aniqlash, ogohlantirish , javobgarlikka tortish ;
-aholi orasida ekologik qonunchilik qoida talablarini targ’ib va tashviqot qilish va boshqalar.
--ishlab chiqarish va xo’jalik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslarning tabiatni muhofaza qilishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlarning belgilangan amalga oshirilishini tekshirish;
Ekologiya nazorati sub’ektlari tomonidan quyidagi asosiy tashkiliy –huquqiy usullar qo’llaniladi:
Kuzatish-atrof tabiiy muhitda bo’ladigan o’zgarishlarni o’rganish va ma’lumotlarni to’plash;
. Umumlashtirish-atrof tabiiy muhit holatiga zararli va xavfli ta’sirlarni aniqlash , tahlil qilish asosida ma’lumotlarni tasniflash.
Baholash-antropogen faoliyat ishlarining zararli, xavfli va noqonuniyligini aniqlash.
Ogohlantirish,cheklash va to’xtatish - ekologik xavfli va zararli xo’jalik va boshqa faoliyatni cheklash, vaqtincha tuxtatib qo’yish va bekor qilish:
Ruxsatnoma berish – yuridik va jismoniy shaxslarga yer, suv, o’simlik va hayvonat dunyosi, yer osti boyliklari va atmosfera havosidan foydalanish uchun litsenziya berish.
Javobgarlikka tortish-ekologik qoida-talablarni buzgan, yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan ma’muriy-huquqiy javobgarlik choralarini qo’llash.
Tabiat va jamiyat o’rtasidagi o’zaro munosabatlar juda xilma-xil va murakkab bo’lganligi uchun ham ekologiya huquqining tamoyillarini quyidagi tizimga bo`lishimiz mumkin.
биринчиси, davlat va huquqning umumiy tamoyillari;
иккинчиси, atrof- tabiiy muhitni muhofaza qilishga oid tamoyillari;
учинчиси, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga qaratilgan tamoyillar.
Ekologik ezkspertiza
Ekologik huquqiy mexanizmning tarkibiy qismi sifatida atrof tabiiy muhitning barqarorligini saqlash, tabiiy boyliklardan unimli va samarali foydalanish va aholining ekologik xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyatga egadir.
Кичик гуруҳлар таркибига 50 нафар илмий ходим ва мутахассис жалб килинди.
Ekologik ekspertiza jarayonida turli shakldagi quyidagi usullardan foydalaniladi:
- Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishda tabiat qonuniyatlari ustuvorligini tan olish;
- Fuqarolarning hayot uchun qulay tabiiy muhitga ega bo`lish huquqini ta’minlash;
- Jamiyatning ekologik, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy manfaatlarini uyg’unlashtirish;
- Tabiatni muhofaza qilish chora-tadbirlarining tabiiy resurslardan foydalanish tadbirlarini ustuvorligini tan olish;
- Tabiatni muhofaza qilish faoliyatini rag’batlantirish;
- Tabiiy resurslarni holatini tiklash majburiyligi;
- Ekologiya ekspertizasini o`tkazishning majburiyligi;
- Ekologik qonunchilik qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikning qo’llanilishi
Tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga qaratilgan ijtimoiy munosabatlar quyidagi tamoyillar doirasida tartibga solinadi:
Tabiiy resurslardan faqat ilmiy asoslangan holda oqilona foydalanishning zarurligi;
- Tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish faoliyatini rag’batlantirish;
- yer, yer osti boyliklari, hayvonot va o’simlik dunyosidan maxsus foydalanganlik uchun xak tulash va umumiy asosida foydalanganlik uchun xak tulamaslik;
- yerlardan belgilangan toifalar doirasila maqsadli foydalanish;
- Qishloq xo’jaligiga muljallangan yerlarning ustuvorligi;
- Tabiiy resurslar kadastrini yuritish majburiyligi va boshqalar.
ЭЪТИБОРИНГИЗ УЧУН РАҲМАТ!
http://hozir.org
Do'stlaringiz bilan baham: |