Ekologiya sohasida standartlashtirish


Davlat Qabul qilingan yili


Download 27.3 Kb.
bet2/4
Sana13.04.2023
Hajmi27.3 Kb.
#1349777
1   2   3   4
Bog'liq
7.Ekologiya sohasida standartlashtirish

Davlat

Qabul qilingan yili

Qonunning nomlanishi

AQSH

1970

Atrof – muhitni himoya qilishni mil.politikasi

AQSH

1972 qo‘shimcha bilan 1980-1984

Dengizlarni va suv havzalarini himoya qilish

AQSH

1980 qo‘shimcha bilan 1986



AQSH


1976 qo‘shimcha bilan 1980-1984

Xom-ashyo va resurslarni qayta ishlash haqida

AQSH

1972 qo‘shimcha va tuzatishlar bilan 1975-1978

Inseksidlar, finitsidlar va rodentitsidlar haqida

AQSH

1976




Buyuk Britaniya

1974




Fransiya

1976

Tabiat muhofazasi

YAponiya

1967

Kurash haqida qonun

CHiqindi ishlab chiqarishning utilizatsiyasi ishlab chiqarish sifati va uni boshqarishga bog‘liq. Mahsulotni ishlab chiqarishgacha va hayotiy sikligacha bo‘lgan davrda unga normativ talablar ishlab chiqariladi va nazorat qilinadi. Masalan: AQSHda ta’sir etayotgan qonunlar asosida har bir tayyorlovchi, yangi ishlab chiqarilgan tovarlar uchun bu chiqindilarni atrof – muhitda bo‘lishi uchun ekologik ekspertizadan o‘tkazish kerak. Agar xavfli chiqindilar bo‘lishi kutilsa, mahsulot tayyorlovchi atrof – muhitni himoya qilish bo‘yicha agentlikdan qayta o‘tkazadi. YUzaga kelgan ishlab chiqarish chiqindilari keyin kuzatilib va nazorat qilinib, standartlarga mos kelishi, faqatgina uning tarkibi bo‘yicha emas, balki uni tashish va qayta ishlash uchun yaroqligi ham aniqlanadi.


Sobiq ittifoqda chiqindilarni yo‘qotish bo‘yicha normativ baza yaratilmagan edi, ammo bu masalalar 1975 yildan davlat ta’minotida muxokama qilingan. Rossiyada chiqindilarni standartlash 1990 yilning boshidan boshlangan. Ishlab chiqarishning qattiq chiqindilar va iste’moli haqida qonun loyihasi ishlab chiqilgan. Ammo to‘g‘ri ta’sir etuvchi bu chegaradagi qonunlar hozircha bo‘lmasada asosiy polni texnik qonunchilik bajarishi kerak, ya’ni bular standart va boshqa texnik xujjatlardir. Standartlashtirish bilan “2-material (resurslari)” texnik komiteti shug‘ullanadi, qaysi ishlab chiqarish chiqindilar va iste’molini davlat standartlarini loyixalash va chiqindilarni boshqarish konsepsiyasini tayyorlaydi. Muhim aktual natija deb shuni hisoblash mumkinki, bu tayyorlangan ES direktiv loyihalari, xavfli aralashmalar haqida informatsiyaning tizimini aniqlash. Bundan tashqari Rossiya davlat standarti POST aralashmalar xavfsizligi pasporti Rossiya federatsiya boshqarmasining qarori bo‘lib, bu korxonalarning raxbarlarini chiqindilar haqida aniq va ishonchli informatsiya berish, jumladan ularning xavfsizligi zahiraviy komponentlar miqdori va boshqalar...
Yangi ming yillikda keskinlashayotgan global muammolar yechimini topish zaruriyati, umuminsoniyat barqaror ekologik rivojlanishi strategiyasini belgilaydigan yangi modelini yaratishni kun tartibiga qo‘ymoqda. O‘zbekistonning irinchi Prezidenti Islom Karimov bu haqda: “global ijtimoiy muammolar, jumladan ming yillik rivojlanish maqsadlari doirasida, “regionalizm orqali globalizm sari” formulasi bo‘yicha, samarali mintaqaviy mexanizmlar yaratish yo‘li bilan hal etilishi lozim”1, deb ko‘rsatgan edi.
Global xarakterga ega bo‘lgan bu model, mazmuniga va funksiyasiga ko‘ra: xalqaro ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy, ma’naviy-madaniy munosabatlarni ekologiyalashtirish imkoniyatlarini aniqlashi; milliy va hududiy ekologik muammolarni hal qilishning institutsional tizimida jiddiy islohotlar strategiyasini belgilashi; ekologik muammolar globallashuvi sharoitida mahalliy, milliy, hududiy ekologik siyosiy faoliyatlarning integratsiyalashish tendensiyalarini ko‘rsatib berishi lozim.
Bu esa, o‘z navbatida, ekologik siyosatni yangi – xalqaro ekologik munosabatlar instituti sifatida o‘rganish zaruratini kun tartibiga qo‘yib, quyidagi omillarni e’tiborga olishni taqozo qilmoqda. Xususan:
1. Tarixiy taraqqiyot tajribalari shuni ko‘rsatadiki, mintaqaviy va global ekologik siyosiy munosabatlarning hozirgi holati ijtimoiy-iqtisodiy hayot yo‘nalishlarini umuminsoniy manfaatlarga moslashtirish talablariga javob bermaydi, aksincha, undan og‘ishning yangi tendensiyalari vujudga kelmoqda. Shu asosda bir tomondan, milliy ekologik siyosatning yangi strategik mo‘ljallarini belgilash zarurati eski stereotiplardan voz kechishni taqozo qilayotgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, ekologik siyosatning globallashuvi jarayonida ham ayrim davlatlar milliy taraqqiyotining individual strategiyasini shakllantirish siyosatida milliy manfaatlar ustuvorligini ta’minlashga intilish, o‘ziga xos “milliy ekologik egoizmni” namoyon qilishi, mintaqaviy va global ekologik siyosiy munosabatlarning hozirgi holati ijtimoiy-iqtisodiy hayot yo‘nalishlarini umuminsoniy manfaatlarga moslashtirishning yangi tendensiyalari vujudga kelmoqda. Bu esa: bir tomondan, milliy ekologik siyosatning yangi strategik mo‘ljallarini belgilash zarurati eski stereotiplardan voz kechishni taqozo qilayotgan bo‘lsa; ikkinchi tomondan, ekologik siyosatning globallashuvi jarayonida ham ayrim davlatlar milliy taraqqiyotining individual strategiyasini shakllantirish siyosatida milliy manfaatlar ustuvorligini ta’minlashga intilish, o‘ziga xos «milliy ekologik egoizm»dan voz kechishini namoyon qilmoqda. Shunga qaramasdan hozirgi zamonda milliy ekologik siyosatning ustuvorlashib borishi quyidagi sabablar bilan xarakterlanadi:birinchidan, ayrim mintaqalarda ekologik vaziyatning keskinlashuvi va uning eskalatsiyasi natijasida globallashuvi; ikkinchidan,milliy ekologik siyosatning xalqaro masshtabda integratsiyalashuv zaruriyatini e’tirof etish; uchinchidan,ekologik siyosatning integratsiyalashish va globallashish tendensiyasiga davlatlarning tayyorgarlik darajasi, amaliy harakat imkoniyatlari reallashuvi; to‘rtinchidan,xalqaro ekologik siyosiy munosabatlarda “konsensus nuqtasini” topishdan umuminsoniy manfaatdorlik muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Xalqaro ekologik siyosiy munosabatlarda hozirgi zamon dunyo sistemasining ko‘p qutubliligi omilini hisobga olish zarur. “Buning uchun biz turli nizolarni qo‘zg‘aydigan va unga ko‘maklashadigan sabab va omillarga birgalikda barham bermog‘imiz, umummintaqaviy ustuvor manfaatlarni inobatga olish asosida milliy rivojlanishni ta’minlamog‘imiz zarur”2. Chunki, xalqaro ekologik siyosatdagi, hatto sezilmaydigan kelishilmovchilik ham taraqqiy etgan davlatlarning «milliy egoizm»ini namoyon qiladi yoki rivojlanayotgan davlatlarning milliy manfaatlarini tan olmaslikka olib kelishi mumkin.
Global va mntaqaviy ekologik muammolarni hal qilishning xalqaro hamjamiyati (hatto, ayrim rivojlangan davlatlar) qarshiligiga qaramasdan, industrial taraqqiy etgan va rivojlanib kelayotgan davlatlarning milliy ekologik siyosati, strategik mo‘ljallari muqobilligi sharoitida shakllanmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, global ekologik siyosiy munosabatlar xarakterini va yo‘nalishlarini belgilab bermoqda.Ya’ni, bir tomondan,ekologik siyosiy munosabat institutlarining muammoga yangicha yondashuv tamoyillarini o‘zlashtirishni talab qiladi. Zero, hozirgi davr realligi xalqaro ekologik siyosatning yangi paradigmalarini belgilab, demokratik tamoyillarini vujudga keltirmoqda. Boshqa tomondan esa,bu masalani xal qilish uchun xalqaro hamjamiyatni tashkil qiluvchi barcha davlatlar (subyektlar) o‘z milliy siyosatini va tashqi ekologik aloqalarini qator prinspial yangiliklar hamda ular bilan bog‘liq bo‘lgan asosiy jarayonlar negizida qurishi kerak.
Shu asoslarda ekologik muammolar globallashayotgan sharoitda davlatlarning milliy ekologik siyosati paradigmalari o‘zgarib, yangi mazmun va ko‘lam kasb etmoqda. Uning kompleks-sistemali xarakteri “ekologik siyosat” predmeti doirasiga: ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, psixologik, etnomadaniy, etikologik, informatsion va boshqa omillarning uyg‘unligi, transmilliy xususiyatlarining ekologik siyosiy faoliyatga ta’siri o‘sib borayotganligi bilan izohlanadi.
Shuning uchun ham dunyoning turli kontinentlarida yashovchi, lekin ekologik muammolari umumiy bo‘lgan davlat rahbarlarining milliy, regional, global muammolarga umuminsoniyat manfaatlari asosida yondashish tendensiyasi kuchayishiga olib kelmoqda. Bu hodisani, pragmatizm falsafasi nuqtai nazaridan, butun insoniyatning optimal ekologik muhitda hayot kechirishi uchun siyosiy munosabatlarni tashkillashtirish, boshqarish va nazorat qilishning operativ strategiyasi sifatida baholash mumkin. Zero, aynan shunday siyosiy pragmatizm globallashish potensialiga ega bo‘lgan mintaqaviy muammolar yechimining yo‘llarini, usullarini, vositalarini ko‘rsatib berishi mumkin. YA’ni, mintaqaviy ekologik muammolarni zudlik bilan ratsional va konstruktiv hal qilish zaruriyati quyidagi holatlar bilan belgilanadi:

Download 27.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling