Ekologiya sohasida standartlashtirish
Download 27.3 Kb.
|
7.Ekologiya sohasida standartlashtirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkinchidan
- Uchinchidan
- (unifikatsiya); - milliy ekologik siyosatning fragmentarligi, diskretligini bartaraf qiluvchi yagona tafakkur tarzini, amaliy faoliyat maydonini shakllantirish (identifikatsiya);
- (plyuralizm);
- (universalizatsiya);
- “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi Qonun
Birinchidan,o‘tgan asrning ikkinchi yarmida global miqyosda yuzaga kelgan ekologik vaziyat keskinlashuvining tarixiy genezisini, obyektiv shart-sharoitlarini, sabablarini va subyektiv omillarini aniqlash, jahon hamjamiyatining XX1 asrdagi ekologik siyosati strategik vazifalari yo‘nalishlarini, ko‘lamini, istiqbollarini belgilab bermoqda.
Ikkinchidan, ekologik muammolar globalligini anglash, nafaqat milliy ekologik siyosatning strategik mo‘ljallarini ko‘rsatish, taktik rejalarni amalga oshirishning konstruktiv-ratsional usul hamda vositalarini tanlash imkoniyatini beradi, balki muayyan ekologik makonning real siyosiy manzarasini tashkil qilgan strukturaviy elementlar (institutsional tizim) funksiyasini aniqlashga xizmat qiladi. Uchinchidan,davlatlarning tabiat muhofazasi sohasida geosiyosati samaradorligi uchun qulay shart-sharoit barpo qilish, uning konseptual nazariy-metodologik asoslarini ishlab chiqishga, milliy ekologik institutsional strukturalarini xalqaro ekologik siyosiy munosabatlarga “moslanuvchan (adaptatsion) muhit” yaratishga bog‘liq bo‘ladi. Konkretlashtirib aytganda, bugungi kunda xalqaro ekologik siyosiy munosabatlarning tarixiy tajribalarni umumlashtirmasdan turib, ularning mazmunini anglab yetish qiyin. Lekin, shu qiyinchiliklarga qaramasdan, asta-sekinlik bilan, xalqaro miqyosda, ekologik siyosatning alturistik mazmundagi yangi paradigmasi paydo bo‘lib, ekologik siyosatdagi alarmizm, konformizm, avantyurizm xodisalariga qarshi qo‘yilmoqda. Xususan: - xalqaro qonunlarni milliy, mintaqaviy darajaga transformatsiya qilish va milliy ekologik huquqiy normalarni xalqaro standartlarga moslashtirish (unifikatsiya); - milliy ekologik siyosatning fragmentarligi, diskretligini bartaraf qiluvchi yagona tafakkur tarzini, amaliy faoliyat maydonini shakllantirish (identifikatsiya); - xalqaro ekologik siyosiy aloqalar uchun ochiq informatsion baza, investitsiya makoni, psixologik muhit, infrastruktura va kommunikatsiya asoslarni barpo qilish (plyuralizm); - jahon ekologik siyosatining (nisbatan mustaqil) faoliyat ko‘rsatadigan institutsional tizimi va tashkilotlarini yagona yangi integral sistemaga aylantirish (integratsiya); - mustaqillikka erishib milliy ekologik siyosatini shakllantirayotgan davlatlar suverinitetligini umuminsoniyat ehtiyoji va sivilizatsiya manfaatlariga muvofiqlashtirish (universalizatsiya); - milliy ekologik siyosat strategik vazifalarini belgilaydigan xalqaro ekologik munosabatlar sistemasini demokratiyalashtirish va mukammallashtirish (modernizatsiya) jarayonlarini tashkillashtirish, boshqarish va nazorat qilish muhim ahamiyatga ega. Zero, bu jarayonning umuminsoniy xarakteri globallashayotgan mintaqaviy ekologik muammolarni hal qilishda har bir davlatga alohida siyosiy mas’uliyat yuklaydi. Buning uchun esa, Orol dengizi mintaqasidagi davlatlardan milliy, hududiy va umuminsoniy ekologik manfaatlarini uyg‘unlashtirish maqsadida tor doiradagi utilitar, etnoegoistik, merkantilistik yondashuvlardan voz kechishni talab qiladi. YA’ni, Orol dengizi qurishining global ekologik oqibatlarini bartaraf etish uchun har bir mamlakat, mintaqaning o‘z xissalarini qo‘shishini taqozo qiladi. Chunki bu mintaqadagi davlatlarning ekologik siyosiy munosabatlarini integratsiyalashtirish va rivojlantirishda mintaqa tabiiy resurslaridan kelishilgan asosida foydalanish uchun o‘zaro manfaatdor shartnomalar qabul qilish va ularni so‘zsiz amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Muammoga shu nuqtai nazardan qarash global ahamiyatga ega bo‘lgan qator savollarga javob topish imkoniyatini beradi. YA’ni: an’anaviy shakllangan stereotiplarga mos kelmaydigan zamonaviy ekologik siyosat internatsionalizatsiyasi va transnatsionalizatsiyasi qanday oqibatlarga olib keladi; zamonaviy ekologik siyosat xalqaro ekologik munosabatlarning an’anaviy modelini, shakllangan standartlarini o‘zgartira oladimi; planetadagi alohida davlatlarning milliy va mintaqaviy ekologik siyosati bilan global ekologik siyosat integratsiyalashuvi O‘zbekiston davlati ijtimoiy-iktisodiy hayotning bosh islohotchisi sifatida global taraqqiyotning zamonaviy tendensiyalari belgilangan va insoniyat sivilizatsiyasi istiqbollari uchun tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan geostrategik yo‘nalishlarini belgilab olmoqda. Xususan, atrof-muhitni himoya qilishni ta’minlash tizimida nodavlat notijorat tashkilotlarning roli va o‘rnini belgilashga qaratilgan “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi Qonun va boshqa qator qonun hujjatlarining qabul qilinishi katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Foydalanilgan adabiyotlar 1.Metrologiya xaqida qonun. O‘zbekiston Respublikasi qonuni. 28 dekabr, 1993 yil. 2. Standartlashtirish haqida qonun. O‘zbekiston Respublikasi qonuni. 28 dekabr, 1993 yil. 3. Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish. xaqida qonun. O‘zbekiston Respublikasi qonuni. 28 dekabr, 1993 yil. 4. O‘lchashlar birligini ta’minlash davlat tizimi. Metrologiya. Atamalar va ta’riflar. O‘zRST 010-93. 5.O‘zbekiston Respublikasining standartlashtirish davlat tizimi. O‘zRST 1.0-92. 6. P.R.Ismatullaev, Z.T.To‘xtamurodov, A.X.Abdullaev, R.A.Saydazova. Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirishga muqaddima.O‘quv qo‘llanmasi. Konstruktor ICHB. Toshkent, 1995 y. 7. B.E.Muxamedov. Metrologiya, texnologik parametrlarni o‘lchash usullari va asboblari.O.U.YU.talabalari uchun o‘quv qo‘llanmasi. -Toshkent: O‘qituvchi, 1991y. 8.G.D.Krilova. Osnovi standartizatsii, sertifikatsii i metrologii. Uchebnik dlya VUZov.-M.: Audit, YUNITI, 1998. Download 27.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling