Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini transformatsiya qilish va vakolatli davlat organi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoni pf–81-son
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi vazirligi faoliyatining ustuvor yo’nalishlari
Download 21.6 Kb.
|
1 2
Bog'liqПФ-81 ПҚ-171 мазмун ва мохияти
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi vazirligi faoliyatining ustuvor yo’nalishlari.
a)Tabiatni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ularni qayta tiklash, chiqindilar bilan bog’liq ishlarni amalga oshirish va iqlim o’zgarishi soxasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish; b)Tabiatni muhofaza qilish, jumladan, atmosfera havosi, yer, yer-osti boyliklari, suv, o’rmonlar, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, hayvonot va o’simlik dunyosini muhofaza qilish, chiqindilar bilan bog’liq ishlarni amalga oshirishda davlat ekologik nazoratini amalga oshirish. в) O’rmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, ko’paytirish, qayta tiklash, ularning mahsuldorligini oshirish va ulardan oqilona foydalanilishini ta’minlash; г) Gidrometrologiya xizmatini tashkil etish, iqlim o’zgarishi va atrof tabiiy muhit ifloslanishini monitoringini yuritish; д) Tabiatni muhofaza qilishda borasida fuqarolik jamiyati institutlari hamda jamoatchilik bilan hamkorlikni rivojlantirish, ekologik tarbiya, targ’ibot, ta’lim va ilmiy tadqiqotlarni qo’llab-quvvatlash ishlarini tizimli tashkil etish; e) “Yashil” o’sish tamoyillarini joriy etish, atrof-muhitga zararli tashlanmalarni qisqartirish hamda inson faoliyatining tabiatga salbiy ta’sirini kamaytirish; ж) Tabiatni muhofaza qilishga raqamli texnologiyalarni joriy etish, monitoring yuritishda inson omilini qisqartirish va avtomatlashtirish tizimini yo’lga qo’yish; з) Ekoturizm, ov va sifatli turizm sohasini yanada rivojlantirish, o’rmon xo’jaligi va milliy tabiat bog’larining (qoriqxonaga aylantirilgan zonalar bundan mustasno) imkoniyatlaridan samarali foydalanish hamda tegishli infratuzilma obyektlarini yaratish, xorijiy va ichki sayyoxlarga munosib shart sharoitlar yaratish va ularga xizmat ko’rsatilishini ta’minlash; и) Tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish soxasidagi qonunchilik talablari buzilishining oldini olish, uni aniqlash va unga chek qo’yish uchun ta’sirchan choralar qo’llash; к) Atrof-muhit holatini kuzatib borish, atrof-muhitning ifloslanishiga, tabiiy resurslardan nooqilona foydalanilishiga olib kelishi, fuqarolarning hayoti va sog’lig’iga tahdid solishi mumkin bo’lgan vaziyatlarni aniqlash; л) Amalga oshirilayotgan xo’jalik faoliyati va boshqa faoliyatning tabiatni muhofaza qilish standartlari, normalari va boshqa normative-huquqiy xujjatlar talablariga muvofiqligini nazorat qilish va qonuniy choralar ko’rish; м) Yuridik va jismoniy shaxslarning tabiatni muhofaza qilish hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini, ular tomonidan majburiyatlar bajarilishini taminlash; н) O’rmonlardan oqilona foydalanish ustidan nazoratni o’rnatish, tabiatni muhofaza qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, o’rmonlarning yer ustida va aviatsiya yordamida qo’riqlanishini tashkil etishni nazorat qilish. Download 21.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling