Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini transformatsiya qilish va vakolatli davlat organi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoni pf–81-son


Download 21.6 Kb.
bet1/2
Sana14.08.2023
Hajmi21.6 Kb.
#1666991
  1   2
Bog'liq
ПФ-81 ПҚ-171 мазмун ва мохияти


Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini transformatsiya qilish va vakolatli davlat organi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoni (PF–81-son, 31.05.2023-y.) qabul qilindi.

- Farmon bilan Tabiat resurslari vazirligi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi deb qayta nomlandi.


- 2023-yil 1-iyuldan “Jamoatchilik ekologiya nazoratchisi” tizimi joriy qilinadi.
-Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va o‘rmon xo‘jaligi sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi va uning ijrosi ustidan nazoratga mas’ul bo‘lgan Bosh prokuror o‘rinbosari lavozimi kiritildi.
- Vazirlikda alohida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi tashkil etildi.
- Farmonga ko‘ra, 2023-yil 1-dekabrgacha tumanlarda (shaharlarda) atmosfera havosi ifloslanishi fon monitoringini amalga oshirish uchun avtomatlashgan kichik stansiyalar o‘rnatiladi.
- 2025-yil yakunigacha respublika hududi bo‘yicha atmosfera havosining tabiiy ifloslanishi yuqori bo‘lgan hududlarni prognozlash va aholini barvaqt ogohlantirish tizimi sinov tariqasida joriy etiladi.
- 2024-yil yakunigacha hududlarni ekologik baholash bo‘yicha indikatorlar asosida “ecoindicator.uz” reytingi shakllantiriladi va har bir hududning ekologik pasporti e’lon qilinadi.
- Farmonga muvofiq, Milliy tabiiy meros obyektlari ro‘yxati joriy etiladi.
-2024-yildan, jumladan, quyidagilar uchun har yili 500 milliard so‘m ajratiladi:
-“yashil belbog‘”, “yashil bog‘” va “yashil jamoat park”lar hamda “yashil qoplamalar” – himoya o‘rmonzorlarini barpo etish va doimiy foydalanuvchiga topshirilgunga qadar saqlab turish;
-asosiy temir yo‘l va magistral avtoyo‘llar bo‘yida daraxt ko‘chatlarini ekish;
-har bir tuman va shaharda 5 gektardan kam bo‘lmagan maydonlarda bog‘lar barpo etish.
- 2023-yil yakunigacha har bir davlat tashkiloti va hokimlikning o‘z bog‘lari tashkil etiladi hamda 3 yil davomida parvarishlanadi.
- 2024-yil 1-yanvardan uy sharoitida yoki kasanachilik asosida daraxt va buta ko‘chatlarini (nihol) yetishtirish faoliyati o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) hisoblanadi.
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–171-son, 31.05.2023-y.) qabul qilindi

- Qaror bilan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi tuzilmasida Situatsion markaz tashkil etildi.

- 2023-yil 1-iyulgacha “Toza hudud” davlat unitar korxonalari va obodonlashtirish boshqarmalariga tegishli qattiq maishiy chiqindi poligonlari Vazirlik tasarrufiga oʻtkaziladi.

- 2025-yil 1-yanvargacha tibbiyot muassasalari, veterinariya va farmatsevtika sohasi tashkilotlarining chiqindilari boʻyicha quyidagi tartib bosqichma-bosqich joriy etiladi:

-chiqindilarni yigʻish va saqlash soha tashkilotlari tomonidan;
-ushbu chiqindilarni olib chiqib ketish va utilizatsiya qilish sanitar tozalash korxonalari tomonidan markazlashgan holda amalga oshiriladi.

- 2023-yil 1-iyuldan qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash, olib chiqib ketish boʻyicha aholiga koʻrsatilgan xizmatlar uchun vujudga kelgan qarzdorlikni majburiy tartibda undirish uchun sudga da’vo arizalari sanitar tozalash xizmatlarini koʻrsatuvchi korxonalar tomonidan kiritiladi.

-2024-yil 1-yanvardan Boʻstonliq va Zomin tumanlaridagi turistik-rekreatsion zonalarda ekologik toza hudud rejimi tatbiq etiladi.

- Vazirlik davlat organlari va tashkilotlarida qogʻozdan foydalanishni keskin kamaytirish, ayrim yoʻnalishlarda faoliyatni toʻliq raqamlashtirish orqali qogʻozdan toʻliq voz kechish boʻyicha nazorat oʻrnatishga mas’ul etib belgilandi.



➡️ 2024-yil 1-martdan ekologik toza hudud rejimi joriy qilingan hududlardagi fuqarolar yigʻinlariga “ekomahalla”, “ekoqishloq” va “ekoovul” maqomi beriladi.


Download 21.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling