Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini transformatsiya qilish va vakolatli davlat organi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoni pf–81-son
Download 21.6 Kb.
|
ПФ-81 ПҚ-171 мазмун ва мохияти
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–171-son, 31.05.2023-y.) qabul qilindi
“Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini transformatsiya qilish va vakolatli davlat organi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoni (PF–81-son, 31.05.2023-y.) qabul qilindi. - Farmon bilan Tabiat resurslari vazirligi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi deb qayta nomlandi. - 2023-yil 1-iyuldan “Jamoatchilik ekologiya nazoratchisi” tizimi joriy qilinadi. -Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va o‘rmon xo‘jaligi sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi va uning ijrosi ustidan nazoratga mas’ul bo‘lgan Bosh prokuror o‘rinbosari lavozimi kiritildi. - Vazirlikda alohida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi tashkil etildi. - Farmonga ko‘ra, 2023-yil 1-dekabrgacha tumanlarda (shaharlarda) atmosfera havosi ifloslanishi fon monitoringini amalga oshirish uchun avtomatlashgan kichik stansiyalar o‘rnatiladi. - 2025-yil yakunigacha respublika hududi bo‘yicha atmosfera havosining tabiiy ifloslanishi yuqori bo‘lgan hududlarni prognozlash va aholini barvaqt ogohlantirish tizimi sinov tariqasida joriy etiladi. - 2024-yil yakunigacha hududlarni ekologik baholash bo‘yicha indikatorlar asosida “ecoindicator.uz” reytingi shakllantiriladi va har bir hududning ekologik pasporti e’lon qilinadi. - Farmonga muvofiq, Milliy tabiiy meros obyektlari ro‘yxati joriy etiladi. -2024-yildan, jumladan, quyidagilar uchun har yili 500 milliard so‘m ajratiladi: -“yashil belbog‘”, “yashil bog‘” va “yashil jamoat park”lar hamda “yashil qoplamalar” – himoya o‘rmonzorlarini barpo etish va doimiy foydalanuvchiga topshirilgunga qadar saqlab turish; -asosiy temir yo‘l va magistral avtoyo‘llar bo‘yida daraxt ko‘chatlarini ekish; -har bir tuman va shaharda 5 gektardan kam bo‘lmagan maydonlarda bog‘lar barpo etish. - 2023-yil yakunigacha har bir davlat tashkiloti va hokimlikning o‘z bog‘lari tashkil etiladi hamda 3 yil davomida parvarishlanadi. - 2024-yil 1-yanvardan uy sharoitida yoki kasanachilik asosida daraxt va buta ko‘chatlarini (nihol) yetishtirish faoliyati o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) hisoblanadi. “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–171-son, 31.05.2023-y.) qabul qilindi - Qaror bilan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi tuzilmasida Situatsion markaz tashkil etildi. - 2023-yil 1-iyulgacha “Toza hudud” davlat unitar korxonalari va obodonlashtirish boshqarmalariga tegishli qattiq maishiy chiqindi poligonlari Vazirlik tasarrufiga oʻtkaziladi. - 2025-yil 1-yanvargacha tibbiyot muassasalari, veterinariya va farmatsevtika sohasi tashkilotlarining chiqindilari boʻyicha quyidagi tartib bosqichma-bosqich joriy etiladi: -chiqindilarni yigʻish va saqlash soha tashkilotlari tomonidan;
- 2023-yil 1-iyuldan qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash, olib chiqib ketish boʻyicha aholiga koʻrsatilgan xizmatlar uchun vujudga kelgan qarzdorlikni majburiy tartibda undirish uchun sudga da’vo arizalari sanitar tozalash xizmatlarini koʻrsatuvchi korxonalar tomonidan kiritiladi. -2024-yil 1-yanvardan Boʻstonliq va Zomin tumanlaridagi turistik-rekreatsion zonalarda ekologik toza hudud rejimi tatbiq etiladi. - Vazirlik davlat organlari va tashkilotlarida qogʻozdan foydalanishni keskin kamaytirish, ayrim yoʻnalishlarda faoliyatni toʻliq raqamlashtirish orqali qogʻozdan toʻliq voz kechish boʻyicha nazorat oʻrnatishga mas’ul etib belgilandi. ➡️ 2024-yil 1-martdan ekologik toza hudud rejimi joriy qilingan hududlardagi fuqarolar yigʻinlariga “ekomahalla”, “ekoqishloq” va “ekoovul” maqomi beriladi. Download 21.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling