Ekologiya va botanika kafedrasi botanika fanidan tuban suvo‘tlar morfologiyasi va ekologiyasi


Download 71.41 Kb.
bet1/3
Sana23.04.2023
Hajmi71.41 Kb.
#1385430
  1   2   3
Bog'liq
kurs ishi


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI TABIIY FANLAR FAKULTETI
EKOLOGIYA VA BOTANIKA KAFEDRASI
BOTANIKA FANIDAN
Tuban suvo‘tlar morfologiyasi va ekologiyasi mavzusida
Kurs ishi
Bajardi: Biologiya ta’lim yo‘nalishi 201-guruh talabsi
Turdimuhammadova Sarvinoz Jahongir qizi

Kurs ishi rahbari: ______________________________

Andijon-2023
Mundarija
Kirish___________________________________________________________3
I bob
Mavzuning dolzarbligi_________________________________________3
Mavzuning maqsadi___________________________________________3


  1. Tuban o‘simliklar haqida tushuncha____________________________4

II bob

  1. Suv o‘tlarining morfologiyasi_________________________________5

  2. Ko‘k- yashil suv o’tlari______________________________________8

Xulosa___________________________________________________________
Adabiyotlar_______________________________________________________

Kirish
Bu kurs ishi “Tuban o‘simliklar morfologiyasi va ekologiyasi” haqida yozildi va kenf yoritilib chiqildi. Referat yozishda uni yozish qoidalariga amal qilindi. Standart formatda, Times New Roman shiriftida 14 o‘lchamli harf kattaligida yozildi. Ma’lumotlar asosli manbalar va kitoblardan keltirildi. Qo‘llash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Ushbu kurs ishi orqali foydalanuvchi mavzu yuzasidan batafsil ma’lumotga ega bo‘lishi hamda savollariga javob olishi mumkin. Ma’lumotlar aniqlig va asosli ekanligi tekshirildi va foydalanish uchun sifat darajasi belgilandi. Umumiy mavzu yuzasidan foydali ma’lumotlar keltirib o’tildi. Bu qo‘llanma orqali foydalanuvchi tuban o‘simliklar va suv o‘tlari haqida keng bilimga ega bo‘ladi. Organik dunyo hayvonlar va o‘simliklar olamidan iborat. O‘simliklarni botanika fani o‘rganadi. Bu fan yer yuzidagi o‘simlilar dunyosini, o‘simlik organizmlarining yashash va rivojlanish qonuniyatlarini, tashqi muhitga nisbatan munosabatlarini ilmiy jihatdan o‘rganadi.

Mavzuning dolzarbligi
Tuban o‘simliklarni tabiatdagi ahamiyati katta. Suv muhitida hosil bo‘lgan organic moddaning deyarli sakson foiz suv o‘tlarining mahsuloti bo‘lib ular suvdagi ozuqa zanjirini boshi hisoblanadi ayrim bakteriyalar va suvo‘tlari atmosferadagi azotni o‘zlashirib, tuproqni azotli o‘g‘it bilan boyitadi. Tuban o‘simliklar odamlar hayotida muhim ro‘l o‘ynaydi. Ko‘pchilik zamburug‘ va bakteriyalar qishloq xo‘jalik o‘simliklari, hayvonlar va odamlarda parazitlik qilib yashash hisobiga kasalliklani keltirib chiqaradi. Shu bilan birga ular dori darmon va fiziologik faol moddalar olishda va ishlab chiqarishda keng foydalaniladi va ozuqa sifatida ishlatiladi. Inson tanasi va organizmi yoki hayvon organizmi uchun qay darajada havfli yoki foydali ekanini bilish zarur. Bundan foydali taraflama foydalanish kerak. Ushbu sabab ham ularni keng organish kerakligini bildiradi.

Mavzuning maqsadi


Botanika fanini o‘qitishdan maqsad talabalarga o‘simliklar xujayrasi, o‘simliklar to’qimalari, vegetativ va generativ organlari, changlanish va urug‘lanish jarayonlari, mevaning hosil bo‘lishi, tarqalishi o‘simliklarning hayotiy shakllari, tuban o‘simliklar: suvo‘tlari, zamburug‘lar va lishayniklar yuksak o‘simliklar sistematikasi: tur, turkum, oila, o‘simliklarning tabiatdagi va inson hayotidagi ahamiyati, o‘simlik jamoalari, fitotsenozning tuzilishi va o‘zgarishi, o‘simliklar qoplamining klassifikatsiyasi haqida ta’lim berishdan iborat.


  1. Tuban o‘simliklar haqida tushuncha

Yer sharidagi o`simlik turlari bir-biridan aniq farq qiladi. Bunday farqlar avvalo ularning tashqi qiyofasida ko`rinadi. Bundan tashqari, ular o`rtasida qandaydir umumiy o`xshashlik va farq qiluvchi belgilar bor. Yer yuzidagi barcha o`simliklarning umumiy o`xshashlik belgilari avvalo ularning barchasi tirik organizm ekanligida ko`rinsa, so`ng ularning tanasi bitta yoki bir necha hujayradan tashkil topganligida ko`rinadi. Shunday qilib, barcha tirik organizmlar hozirgi vaqtda o`zining tashqi va ichki tuzilishi, turli sharoitda yashashi, o`sib ulg`ayishi, ko`payishi, tarqalishi va hokazolarga ko`ra bir-biridan farq qiladi va shunga ko`ra ular rivojlanishning (evolyutsiya) turli xil pog`onalaridan joy oladi. Hozirgi vaqtda barcha o`simliklarning ichki va tashqi tana tuzilishi, yashash sharoiti, ko`payishi, tarqalishi va boshqa shunra o`xshash belgilari hisobga olinib, ularning 500`000 turi mavjud ekanligi aniqlangan va ro`yxatga olingan.


Suvo`tlar, bakteriyalar, shilimshiqlar, zamburug`lar, lishayniklar kabi gruppa o`simliklari juda sodda (ildizsiz, poyasiz, bargsiz) tuzilishga ega bo`lib, ularning tanasi tallom (qattona) yoki mitseliy deb ataladi. Bu xildagi o`simliklarga tuban o`simliklar deyiladi.
Moxlar, plaunlar, bo`g`imlilar, paporotni klar, ochiq urug`lilar va yopiq urug`lilar (yoki gulli o`simliklar) — yuksak o`simliklar deb ataladi. Barcha yuksak o`simliklarning tanasi (ba`zi bir boshlang`ich yuksak o`simliklardan mustasno) ildiz, poya, barg kabi organlarga ega. Ular vegetativ (o`sishni ta`minlovchi) organlar hisoblanadi. Vegetativ organlardan tashqari ko`payish vazifasini o`taydigan organlar ham mavjud. Moxlar, paporotniklar, plaunlar, qirqbo`g`imlar kabi o`simliklar sporalar yordamida ko`payadi. Shuning uchun ham ular ba`zan sporali o`simliklar deb ham yuritiladi. Ochiq urug`li va yopiq urug`li o`simliklarda ko`payish vazifasini urug`dan tashqari vegetativ organlar (ildiz, ildizpoya, tuganak, piyoz, barg va h. k.) ham bajaradi.
Yer yuzidagi barcha o`simliklar (tuban va yuksak o`simliklar) ovqatlanishga ko`ra uch gruppaga: avtotrof (mustaqil ovqatlanuvchi), geterotrof va simbioz organizmlarga bo`linadi. Avtotrof organizmlarga suvo`tlarining barchasi, moxlar, paporotniklar, plaunlar, bo`g`imlilar, ochiq va yopiq urug`li o`simliklar kiradi.
Avtotrof ovqatlanuvchi organizmlar quyosh nuridan foydalangan holda havodagi karbonat angidrid (CO2) gazini qabul qiladi va o`z tanasidagi (yoki tallomidagi) bu gaz suv bilan birikadi. Murakkab ximiyaviy reaktsiya sodir bo`lishi natijasida o`simlik tanasida (bargida, tallomida) organik modda hosil bo`ladi. Bu organik modda kraxmal shaklida to`planadi va keyinchalik o`simlik hayoti uchun zarur bo`lgan protseslarda sarf bo’ladi.Bunday murakkab ximiyaviy protsess fotosintez deb nomlanadi. Fotosintez protsessi tuban o`simliklar hujayrasidagi xromatofor tarkibiga kiruvchi pigmentlar (xlorofill, karotin, fikotsian, fikoeritrin, fukosantin), yuksak o`simliklarda esa ularning barg hujayralaridagi xlorofill — yashil tanachalar ishtirokida sodir bo`ladi.Fotosintez protsessining formulasini quyidagicha ifodadalash mumkin:6СО2 +6Н2О=С6Н12О6 +6О2 +624. Boshqacha qilib aytganda, o`simlik 6 molekula, ya`ni 264 g karbonat angidrid, 6 molekula (180 g) suv va 674 kkal quyosh energiyasi yutganda 1 molekula (180 g) uglevod hosil bo`lib, 6 molekula (192g)kislorodajraladi.Fotosintez natijasida xloroplastda hosil bo`lgan uglevod (shakar) fermentlar yordamida polimerlanib, xloroplastlarda kraxmalga aylanadi. Bu kraxmal molekulalari diastaza deb ataluvchi ferment ta`sirida yana shakarga aylanadi va so`ngra o`simlik organlariga tarqaladi. Bu hodisa ko`proq qulay temperaturada, ya`ni tungi soatlarda sodir bo`ladi.

2.Suvo‘tlar morfologiyasi




Download 71.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling