Ekologiya va geografiya


Download 1.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana29.10.2020
Hajmi1.68 Mb.
#138101
1   2   3
Bog'liq
biosferadagi moddalarning ajlanishi


10- rasm 

Erga  har  yili  juda  katta  miqdorda  (1,26  –  10

24

  kkal)  quyosh  energiyasi 



tushadi  va  bu  energiyaning  42  foizi  olam  bo’shlig’iga  qaytariladi.  YAshil 

o’simliklar  quyosh  energiyasining  bu  qismidan  foydalanib  organik  moddalarni 

sintez  qilish  jarayonida  havodagi  karbonat  angidriddan  uglerod  manbai  sifatida 

foydalanadi.  Ammo  yashil  o’simlik  anorganik  tabiatdan  o’zi  uchun  oziq  olish 

bilangina  chegaralanib  qolmaydi,  shu  bilan  birga  u  osmon  bilan  yer  o’rtasida 

vositachi  hamdir.  Quyosh  nuridan  olingan  energaya  o’simlik  organizmida 

to’planadi va shu taxlitda o’z tanasida to’plangan organik modda bilan birgalikda 

o’simlik  ozuqasi  bilan  ovqatlanuvchi  boshqa  o’simliklar  yoki  hayvonlar 

organizmiga  tushadi,  Bu  organizmlar  esa  o’z  navbatida  boshqa  geterotrof 

organizmlar uchun oziq hisoblanadi. 

Fotosintez  jarayonida  yashil  o’simliklar  tomonidan  hosil  qilinadigan 

kislorod  barcha  aerob  sharoitda  yashaydigan  individlar  hayoti  uchun  nihoyatda 

muhimdir:  bu  organizmlar  nafas  olish  jarayonida  havodagi  kislorodni  o’ziga 

singdirib,  ayni  vaqtda  karbonat  angidrid  ajratib  chiqaradi.  Atmosferaga  karbonat 

angidridning  mana  shunday  muttasil  qo’shilib  turishi  moddalarning  doimiy 

aylanishida juda katta ahamiyatga ega. 

Taxminiy  hisoblarga  ko’ra,  yer  kurrasining  o’simliklar  qatlami  har  yili 

karbonat  angidriddan  140  milliard  tonnadan  ziyod  uglerodni  assimilyatsiyalaydi, 

bu  esa  har  gektar  yerga  taxminan  uch  tonnadan  to’g’ri  kelishi  mumkin. 


Olimlarning  keyingi  davrlarda  keltirgan  ma’lumotlariga  qaraganda,  atmosferada 

hammasi  bo’lib  ikki  milliard  kilogrammga  yaqin  karbonat  angidrid  mavjuddir. 

Agarda  organizmlarning  hayotiy  faoliyati  jarayonida  atmosfera  va  gidrosferaga 

muttasil karbonat angidrid qo’shilib turmaganida, bu miqdor 100 yilga ham yetmay 

tugab  qolgan  bo’lar  edi.  Vaholanki  yerda  fotosintezni  amalga  oshiruvchi 

o’simliklar  jamoasi  yashab  kelayotgan  davr  mobaynida  ular  juda  ko’p  miqdorda 

(10  000  milliard  tonna  chamasida)  uglerod  zaxiralarini  to’plagan  va  ular  neft’, 

toshko’mir, torf va boshqa yonuvchi qazilmalar shaklida saqlanib qolgan. 

V. I. Vernadskiyning ko’rsatishicha, tirik organizmlar biosferada kimyoviy 

elementlar  migratsiyasi  (ko’chib  yurishi)  ning  asosiy  omillaridir.  Bu  migratsiyani 

ikkita  qarama-qarshi,  ammo,  o’zaro  bog’langan  jarayon  keltirib  chiqaradi:  1) 

quyosh energiyasi hisobiga anorganik tabiat elementlaridan tirik moddaning tarkib 

topishi hamda 2) organik moddalarning energiya ajralib chiqishi bilan birga davom 

etadigan  yemirilishi:  bunday  yemirilish  jarayonida  organik  moddalar  mineral 

moddalarga aylanadi. 

Turli  moddalarning  migratsiya  qobiliyati  mutlaqo  bir  xil  emas.  Lekin 

davryy  sistemadagi  kimyoviy  elementlarning  ko’pchiligi  biosferada  faol  ravishda 

migratsiyalanish  qobiliyatiga  ega.  Bunday  faol  migratsiyalarni  ikki  gruppaga 

bo’lish mumkin: 

1. 


Xavo  migrantlari  —  bular  migratsiya  jarayonida  gazsimon  fazani 

bosib o’tadi (kislorod, azot, uglerod, vodorod). 

2. 

Suv  migrantlari  —  oddiy  yoki  kompleks  ionlar,  yoxud  molekulalar 



tarzida  migratsiyalanuvchi  elementlar.  Bular  jumlasiga:  Na,  G’,  S,  S1,  K  kabi 

elementlar kiradi. 

Tabiatdagi 

organik 


moddalarning 

paydo 


bo’lishida 

havodagi 

migratsiyalanuvchi  elementlar  muhim  ahamiyatga  egadir,  ular  orasida  S,  O

2

,  N



2

 

havoning 98,3 foizini tashkil qiladi. 



Biosfera  juda  keng  maydonlarni  egallagani  tufayli  va  planetaning  turli  xil 

mineral qobiqlariga kirib borish imkoniyatlariga ega bo’lganligi uchun organizmlar 

tarqalgan muhit, ya’ni yashaydigan sharoitlari nihoyatda har xil bo’ladi. 


Shunday qilib, biosfera yerda hayot vujudga kelgandan keyin va uning bir 

necha  milliard  yillar  davomidagi  rivojlanishi  hamda  evolyutsiyasi  natijasida  hosil 

bo’lgan juda murakkab va bir-biri bilan uzviy bog’liq strukturadan tashkil topgan 

sistema, yer kurrasining noyob qobig’idir. 

Bu sistemaning har bir struktura elementi biror sabab bilan o’z funksiyasini 

bajara  olmay  qolsa,  u  vaqtda  biosferaning  normal  hayotiy  jarayonlari  buzilib, 

biogeokimyoviy  muhitning  buzilishiga,  organizmlarning  kasallanishiga  va  hatto 

ba’zi  bir  biologik  turlarning  mutlaqo  yo’q  bo’lib  ketishiga  sabab  bo’ladi.  SHuni 

alohida uqtirish kerakki, hozirgi fan va texnika taraqqiyoti davrida insonning ta’siri 

birinchi  navbatda  biosferaning  mahsuldorligiga,  uning  znergiya  balansiga 

qaratilgandir. 

Biosfera    biomahsuldorligining    kamayishiga    asosan quyidagilar sabab 

bo’ladi:    1)  gidromelioratsiya  ishlarini  amalga    oshirish;      2)    oqova    va    sizot  

suvlari,  shuningdek tuproqning turli mineral o’g’itlar, kimyoviy moddalar har xil 

zaharli moddalar bilan ifloslanishi; 3) zavod, fabrika va boshqa sanoat chiqindilari 

bilan muhit, sharoitlarining ifloslanishi.  



                          

11- rasm. Biosferada SO

2

ning aylanma harakati. 

 

 



 

 

 



 

 


3.2. Biosfera va inson 

Keyingi  davrlarda  karbonat  angidrid  gazining  haddan  tashqari  biosferada 

yig’ilishi  tabiatdagi  ayrim  turlarning  yashash  imkoniyatlarini  cheklamoqda,  bu 

gazning  (SO

2

)  miqdori  ayniqsa  uglerodni  yoki  hisobiga  ko’payib  bormokda.  Bu 



esa uglerodning biogeokimyoviy siklining buzilishiga olib keladi.  

Havo  aerozolida  karbonat  angidrid  (SO

2

)  gazining  ko’payishi  TEI  va 



AESlardan  ajralib  chiqqan  issiqlik  hisobiga  bo’lmoqda.  Bu  esa  o’z  navbatida 

parnik effektini hosil qiladi. M. I. Budikonining ma’lumotiga qaraganda (1989 y.)> 

yerning shimoliy yarim sharida havo harorati o’tgan o’n yil ichida o’rtacha +0,2—

0, 3°S ga ko’tarilgan. Ikki minginchi yillarning boshlariga kelib esa bu ko’rsatkich 

+  1,2°S  ga  oshganligi  qayd  etilmoqda.  Agar  havo  harorati  shunday  ko’tarilib 

boradigan bo’lsa, muzliklarning erishini tezlashti-radi va dunyo okeanlari sathining 

ko’tarilishiga sababchi bo’ladi. 

Ozon  qatlamlarining  yemirilishi.  1980  yillarda  Antarktidada  joylashgan 

ko’pchilik  ilmiy-tekshirish  stansiyalarida  havoda  ozon  miqdorining  kamayib 

borayotgani  va  «ozon  teshik»larining  paydo  bo’lganligi  aniqlangan  edi.  1987 

yilning bahorida Antarktidada Amerika yer yo’ldoshi «Nim-buk» — 7 tomonidan 

olingan  ma’lumotga  ko’ra,  «ozon  teshigi»  janubiy  materikning  2/3  qismini 

egallagan.  Ozon  qatlamining  yemirilishining  asosiy  sababi  ko’plab  xlorftor 

uglevodlarning  ishlatilishidir  (ishlab  chiqarishda  va  kundalik  turmushda  har  xil 

aerozolar  va  ayniqsa  xlor  oksidlari  ko’plab  qo’llaniladi).  Bular  hammasi  ozon 

qatlamlarini faol ravishda yemiradilar, o’zlari esa juda ham sekin parchalanadilar. 

Ularning parchalanishi 50 yildan 200 yilgacha davom etishi mumkin. 

Hozirgi  kunda  dunyoda  130  ming  tonna  ozon  qatlamlarini  yemiruvchi 

moddalar  ishlab  chiqariladi.  1989  yilning  birinchi  yanvarida  Monrealda  qabul 

qilingan protokol (hujjat) ga muvofiq 1999 yilda freonlarni ishlab chiqarish dunyo 

bo’yicha  50  foizga  kamaytiriladi.  Ana  shu  tadbirlar  amalga  oshirilsa,  ozon 

qatlamlarida  hosil  bo’layotgan  «ozon  teshiklarini»  kamaytirish  mumkin,  bu  zsa 

ozon qatlamini saqlab qolish imkonini beradi.  



Kislotali  yomg’irlar.  Keyingi  davrlarda  texnogen  sul’fidning  havoga 

ko’plab  chiqarilishi  biosferada  sodir  bo’lib  turadigan  moddalarning  aylanma 

harakatiga katta ta’sir ko’rsatmoqda.  YUNESKO  ekspertlarining  ko’rsatishiga 

qaraganda, 1980 yilning boshlarida havoga chiqarilgan sul’fidlar miqdori 251 mln. 

tonnaga  teng  bo’lgan,  SHundan  yer  kurrasining  shimoliy  zonasiga  —  174, 

janubiga  esa  77  mli.  tonnasi  to’g’ri  kelgan.  Bu  yomg’irning  ta’siri  tufayli 

AQSHdagi  ko’llarning  80  foizida  hayot  umuman  yo’qolgan.  Kanada,  SHvetsiya, 

Norvegiya  va  boshqa  bir  qancha  davlatlardagi  suv  havzalari  ana  shu 

yomg’irlarning ta’siri tufayli zararlangan, kislotali yomg’irlarning ta’siri natijasida 

har  yili  31  mln.  gektarga  yaqin  yerlardagi  o’rmonlar  qurib  yo’qolib  ketmoqda, 

shuningdek, tuproqdan olinayotgan mineral moddalar miqdori ko’payib bormoqda. 

Bular  hammasi  tabiiy  o’simliklar  jamoasining  o’lishiga  yoki  bo’lmasa  ularning 

biologik  mahsuldorligining  kamayishiga  olib  keladi.  A.  V.  YAblokov  tomonidan 

1989  yilda  o’tkazilgan  kuzatishlar  natijasi  shuni  ko’rsatadiki,  kislotali  yomg’irlar 

ta’sirida  o’rmonlar  ham  ko’chli  shikastlanadi.    Kislotali  yomg’ir  chuchuk 

suvlarning  organik  dunyosiga  ham  kuchli  ta’sir  ko’rsatadi.  Agar  rN  5  dan  kam 

bo’lsa, suvdagi ko’pchilik organizmlarning hayotiy faoliyati to’xtaydi. 

Tuproq  unumdorligining  kamayishiga  inson  faoliyatining  ta’siri. 

Tabiatdagi  biologik  aylanishga  inson  faoliyati  katta  ta’sir  ko’rsatadi,  bu  aylanish 

moddalarning  sirkulyatsiya  qilinishi  tufayli  vujudga  keladi,  bu  sirkulyaiiyalar 

asosan  tuproq,  o’simlik,  hayvonlar  va  mikroorganizmlar  o’rtasida  sodir  bo’ladi. 

Tuproq  bu  biosferaning  muhim  qismi  bo’lib,  u  barcha  jarayonlarda  qatnashadi, 

ya’ni moddalar migratsiyasida va ularning transformatsiyasida ham ishtirok qiladi. 

yer  osti  boyliklarini  ochiq  qazib  olish,  yerlarni  quritish  va  sug’orish,  mineral 

ozuqalardan  va  pestitsidlardan  ko’plab  foydalanish  tuproq  unumdorligining 

pasayishiga va yemirilishiga olib keladi. 

 Birlashgan  Millatlar  Tashkilotining  ma’lumotiga  ko’ra,  har  yili  dunyoda 

eroziya va deflyatsiya natijasida 7 mln. gektar haydaladigan yer (qaytarilmaydigan 

holda) qishloq xo’jaligi oborotidan chiqib qoladi. Ayniqsa bunday holat Hindiston,  

Pokiston,  Meksika  va  boshqa  mamlakatlarda ko’plab sodir bo’lmoqda. Keyingi 


yillarda  mo’’tadil  iqlimli  sharoitlarga  ega  bo’lgan  zonalardagi  yerlarning  qayta 

sho’rlanishi kuchayib bormoqda.  

Butun  dunyoda  bunday  sho’rlanish  sug’orib  dehqonchilik  qilinadigan 

yerlarning  40  foiziga  to’g’ri  keladi,  shu  narsani  alohida  qayd  qilish  kerakki,  juda 

ham  kuchsiz  sho’rlangan  joylardagi  ekinlarning    hosili  keskin  pasayib  ketadi. 

Masalan, g’o’za va bug’doyning hosili 50—60 foizga, makkajo’xorining hosili esa 

40—50  foizga  kamaydi.  Ko’plab  o’g’it  va  har  xil  pestitsidlarni  ishlatish  ham 

tuproq qatlamlariga   salbiy  ta’sir  ko’rsatadi.   Bular  hammasi tuproqda  zararli 

komponentlarning    yig’ilishiga    sababchi  bo’ladi.  SHuning  uchun  keyingi  davrda 

butun dunyoda mineral o’g’itlarni ishlatishni kamaytirish va pestitsidlarni umuman 

ishlatmaslik,  iloji  bo’lmagan  vaqtda  esa  kam  miqdorda  ishlatishga  e’tiborni 

qaratmoqdalar. 

Hozirgi  davrning  eng  xavfli  va  global  (muhim)  masalalaridan  biri 

sug’orilib  dehqonchilik  qilinadigan  rayonlarning  cho’lga  aylanishidir.  Bu  har  xil 

iqlim  sharoitlarida  vujudga  kelishi  mumkin,  u  asosan  qurg’oqchil  iqlimga  ega 

bo’lgan yerlarda tez kechadi. Har yili dunyo bo’yicha 6 mln. gektar dehqonchilik 

qilinadigan  yerlar  cho’lga  aylanadi.  20  mln.  gektar  yer  hosildorligini  yo’qotadi. 

Bunday holat bizda ham kuchaymoqda. Masalan, atrof muhitning buzilishi tufayli 

Orol  bo’yida  katta  cho’llar  yuzaga  kelmoqda.  Bu  cho’llarni  «Orolqumlar»  deb 

nomlanildi. Bu zonada cho’llar hosil bo’lish jarayonlarini to’xtatish maqsadida bir 

qancha chora va tadbirlar belgilanib, bugungi kunda ular amalga oshirilmoqda. 

O’rmonlarning  yoppasiga  yo’qotilishi.  Xalq  xo’jaligining  har  xil 

sohalarida  ko’plab  ishlatilishi  tufayli  yo’qolib  borayotgan  o’rmonlarni  saqlab 

qolish,  hozirgi  zamonning  eng  murakkab  ekologik  muammolaridan  biri  bo’lib 

hisoblanadi.  yer  yuzidagi  o’rmonlar  tabiatdagi  ekosistemani  normal  holatda 

saqlanishida  katta  rol’  o’ynaydi.  Quruqlikdagi  o’simliklar  inson  faoliyati  tufayli 

havoga chiqarilgan har xil zaharli moddalarni yutib, havoni ifloslanishdan himoya 

qiladi.  O’rmonlarning  yo’qotilishi  natijasida  tuproq  eroziyasi  kuchayadi,  yer 

ustidan  oqib  o’tadigan  suvlarning  normal  oqishi  buziladi  va  yer  osti  suvlarning 

joylanishi o’zgaradi. O’rmonlarning kamayishi  atmosferadagi kislorod  va  uglerod 


balansining  buzilishiga  olib  keladi.  Bir  gektar  yerdagi  o’rmon  bir  yilda  bizga  20 

mln. kubometr toza havo beradi.  

Inson  o’rmonlarni  yo’qotishi  tufayli  har  xil  fojialar  sodir  bo’lishini  bilsa 

ham,  o’rmonlarni  kesishni  to’xtovsiz  davom  ettirmoqda.  Ayniqsa,  nam  tropik 

o’rmonlar bundan ko’proq azob chekmoqda, chunki har yili ularning maydoni 11 

mln. gektarga kamaymoqda. O’rmonlarning kamayishiga to’g’ri ta’sirdan (kesish, 

dehqonchilik uchun yerlarni o’zlashtirish va boshqalar) tashqari, bilvosita ta’sirlar 

ham  mavjuddir.  Bularga  atrof  muhitning  ifloslanishi,  qishlok,  xo’jaligida 

pestiiidlarni  me’yordan  ortiq  ishlatish,  yerlarning  qaytadan  sho’rlanishi  va 

boshqalar katta ta’sir ko’rsatadi.  

Hozirgi davrda yer yuzidagi o’rmonlar 42 mln. km2 ni tashkil qiladi. Ular 

har  yili  2  foizga  kamayib  bormoqda.  Bugungi  kunga  kelib  odamzot  shu  narsani 

to’la angladiki, uning keyingi hayoti o’rmonlarning mavjudligi bilan chambarchas 

bogliq  ekan.  SHuning  uchun  keyingi  yillarda  G’arbiy  yevropa  mamlakatlarida 

sun’iy  o’rmonlarni  ko’paytirishga  alohida  e’tibor  berilmoqda.  Bu  mamlakatlarda 

sun’iy o’rmonlarni tashkil qilish 1974 yildan 1983 yilgacha Ispaniyada 624 ming 

gektarga, YUgoslaviyada 322, Finlyandiyada 161, Pol’shada 108, Bolgariyada 61 

ming gektarga yetdi. 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

XULOSA 

Hozirgi  zamon  fani-  texnikasi  yutuklari  bilan  kurollangan  jamiyat  o’z 

faoliyati  tufayli  tabiatning  o’zini-o’zi  boshkarish  mexanizmiga  chukurrok  ta’sir 

ko’rsatishi natijasidab tabiatga nixoyat katta ta’sir ko’rsatmokda. Buning okibatida 

mintakaning  biosferasida  kuchli  o’zgarishlar  xosil  bulmokda.  Bular  tabiat 

boyliklaridan va uning kuchidan foydalanishning ekstensiv usulidan samarali akl-

zakovatga amal kilib foydalanishni talab yetadi. 

Bu  jamiyat  tabiat  ustidan  hukmronlik  kilish  va  uni  o’ziga  bo’ysindirish 

kerak,  degan  g’oyadan  voz  kechib,  u  bilan  hamkorlarcha  teng  munosabatlarda 

harakat  kilishi  kerak  deganidir.  Ayrim  xollarda  jamiyat  o’z  tarakkiyoti  tufayli 

tabiyatdan  ustunlik  kilishi  mumkin.  Lekin  bu  vaktda  birlik  va  muvozanat 

buzilmasligi,  ijtimoiy  va  tabiiy  jarayonlarni  boshkarishda  javobgarlik  bo’lishi 

lozim. 

N.I.Fedoseyev  ilmiy-texnika  revalyutsiyasiga  e’tibor  berib,  “keyingi 



yillarda  ekalogik muommolar yana xam sezilarli bo’lmokda. Bu hol jamiyat bilan 

uni  o’rab  olgan  tabiiy  muhitlar  o’rtasidagi  va  insoniyat  faoliyatining  tabiatga 

bo’lgan  tasirining  o’sishi  tufayli  tarixiy  rivojlanish  jarayonida  sodir  bo’lgan 

karama-karshiliklar  natijasidir.  Bu  muommolar  ilmiy,  texnika  inkilobi  tufayli 

global  masalaga  aylandi.  Biz  shu  narsaga  o’rganib  kolganmizki,  ilmiy  texnika 

inkilobi  fakat  jamiyatga  foyda  keltirishi  mumkin,  ya’ni  ijtimoiy  pragressni  xosil 

kiluvchi  kuch,  yukori  rivojlangan  moddiy  bazani  va  ma’naviy  kulayliklarni 

yaratuvchi  omil  sifatida  ekalogik  kiyinchiliklarni  vujudga  keltirib,  jamiyat  va 

tabiyat o’rtasidagi karama-karshiliklarning vujudga kelishiga olib keladi”. 

1962  yil  iyul’  oyida  Amerika  Ko’shma  shtatlarida  400  km.  Balandlikda 

katta  kuvvatdagi  vodorod  bombasi  portlatildi.  Buning  natijasida  yerning  yonida 

kuchli  nurlanishga  ega  bo’lgan  yangi  poyasi  hosil  bo’ldi.  yer  atrofidagi  kosmik 

fazoning 

tarkibini 

o’zgartirishga  olib  keldi.  Buning  ta’siri  tufayli 

radioastronomlarning  ishi  kiyinlashdi,  ilmiy  ish  bilan  shug’ullanayotgan  yer 

yo’ldoshlarini  kosmosda  radiatsion  nurlarning  ko’payishiga,  kasmanavtlarning 


nurlanishiga  sababchi  bo’ldi.  Bu  radiatsion  poyalarini  o’rganish  kiyinlashdi.  Bu 

radiatsion poyasini yo’kotish uchun o’n yil vakt yo’kotildi. 

A.V.Sidorenko atrof-muxitni muxofaza kilish va tabiiy resurslardan unumli 

foydalanish  muammolariga  e’tibor  karatib,  shunday  deb  yozadi;  “SHaharlarning 

havo basseynlarining avtamabil’ transportlarining harakatlari tufayli ifloslanishini, 

texnika xizmatining sifatini oshirish, dvigateldan chikadigan tashlandik gazlarning 

tarkibidagi  karbonat  angidirid  gazini  neytrallantiradigan  moslamalarni  o’rnatish 

yuli  bilan,  dvigvtellarntng  kanstruksiyalarini  takomillashtirish,  yonilg’ilarning 

yangi  turlarini  ishlatish,  gaz  ballonlar  bilan  ishlaydigan  avtomobillarni  yaratish 

usullarini ishlab chikish yo’li bilan tartibga solish mumkin”. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 

1.  I.A.Karimov.    O’zbekiston    XXI    asr    busagasida  xavsizlikka 

taxdid,    barkarorlik    shartlari    va    taraqqiyot kafolatlari.T. 

2.  I.A.Karimov. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. T.2008  

3.  Baratov P. Tabiatni muhofaza qilish.  T. O’qituvchi. 1983 y. 

4.  Egamberdiyev R.  Ekologiya. T. 1993 y. 

5.  Ekologiya. Oxrana prirodo. Ekologicheskaya bezopasnost. Pod. obh. red. prof. 

Nikitina A.T., prof. MNEPU Stepanova S.A.  M.: Izd. MNEPU «Nov». 2000. 

6.  Ergashev A. “Umummiy ekologiya” T. O’qit.   

7.  Ergashev  A.  Ergashev  T.  Ekologiya,  biosfera  va  tabiatni  muxofaza  qilish.  

Toshkent “yangi asr avlodi” 2005 y. T. O’qituvchi .1994. 

8.  G'ulomov P. Inson va tabiat. T. O'qituvchi. 1990.   

9.  Isachenko  A.G.  Optimizatsiya  okrujayuhey  sredo’.  M.:  Vo’sshaya  shkola. 

1990.   


10. Nigmatov  A.N.  O’zbekiston  Respublikasining  ekologiya  huquqi.  T.:  TDYuI 

nashriyoti.2004.  

11. O’zbekiston «Ekologiya xabarnomasi» jurnali sonlari. 

12. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T. O’zbekiston  1992.  

13. Otaboyev S. Nabiyev M. Inson va biosfera. T. O’qituvchi . 1995. 307 b. 

14. Reymers  N.F.  Prirodopolzovanie.  Slovar-spravochnik.  M.:  Vo’sshaya  shkola. 

1999.  

15. Shodimetov Yu.  Ijtimoiy ekologiyaga kirish. T. O’qituvchi. 1994.  



16. Tilovov T. Ekologiyaning dolzarb muammolari. Qarshi. “Nasaf” 2003 y. 

17. To’xtayev  A,  Xamidov  A,  Ekologiya  asoslari  va  tabiatni  muhofaza  qilish.  T. 

O’qituvchi .1994. 

18. To’xtaev A. Ekologiya. T., “O`qituvchi” 1998 y. 

19. Usmonov  M.B.,  Rustamboev  M.X.,  Xolmuminov  J.T.  va  boshk.  Ekologiya    

xukuki. T.: “Uzbekiston yozuvchilar uyushmasi” 2001 y. 

20. Xolmurodov N. Surxondaryo tabiati va uning muxofazasi. T. “Chinor” 1998 y. 

21. Yasamanov N.A. Osnovo’ geoekologii. M.: Akademiya. 2003. – 352 s.  



Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling