Ekologiya va geografiya
Download 1.68 Mb. Pdf ko'rish
|
biosferadagi moddalarning ajlanishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11- rasm. Biosferada SO 2 ning aylanma harakati.
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
10- rasm Erga har yili juda katta miqdorda (1,26 – 10 24 kkal) quyosh energiyasi tushadi va bu energiyaning 42 foizi olam bo’shlig’iga qaytariladi. YAshil o’simliklar quyosh energiyasining bu qismidan foydalanib organik moddalarni sintez qilish jarayonida havodagi karbonat angidriddan uglerod manbai sifatida foydalanadi. Ammo yashil o’simlik anorganik tabiatdan o’zi uchun oziq olish bilangina chegaralanib qolmaydi, shu bilan birga u osmon bilan yer o’rtasida vositachi hamdir. Quyosh nuridan olingan energaya o’simlik organizmida to’planadi va shu taxlitda o’z tanasida to’plangan organik modda bilan birgalikda o’simlik ozuqasi bilan ovqatlanuvchi boshqa o’simliklar yoki hayvonlar organizmiga tushadi, Bu organizmlar esa o’z navbatida boshqa geterotrof organizmlar uchun oziq hisoblanadi. Fotosintez jarayonida yashil o’simliklar tomonidan hosil qilinadigan kislorod barcha aerob sharoitda yashaydigan individlar hayoti uchun nihoyatda muhimdir: bu organizmlar nafas olish jarayonida havodagi kislorodni o’ziga singdirib, ayni vaqtda karbonat angidrid ajratib chiqaradi. Atmosferaga karbonat angidridning mana shunday muttasil qo’shilib turishi moddalarning doimiy aylanishida juda katta ahamiyatga ega. Taxminiy hisoblarga ko’ra, yer kurrasining o’simliklar qatlami har yili karbonat angidriddan 140 milliard tonnadan ziyod uglerodni assimilyatsiyalaydi, bu esa har gektar yerga taxminan uch tonnadan to’g’ri kelishi mumkin.
Olimlarning keyingi davrlarda keltirgan ma’lumotlariga qaraganda, atmosferada hammasi bo’lib ikki milliard kilogrammga yaqin karbonat angidrid mavjuddir. Agarda organizmlarning hayotiy faoliyati jarayonida atmosfera va gidrosferaga muttasil karbonat angidrid qo’shilib turmaganida, bu miqdor 100 yilga ham yetmay tugab qolgan bo’lar edi. Vaholanki yerda fotosintezni amalga oshiruvchi o’simliklar jamoasi yashab kelayotgan davr mobaynida ular juda ko’p miqdorda (10 000 milliard tonna chamasida) uglerod zaxiralarini to’plagan va ular neft’, toshko’mir, torf va boshqa yonuvchi qazilmalar shaklida saqlanib qolgan. V. I. Vernadskiyning ko’rsatishicha, tirik organizmlar biosferada kimyoviy elementlar migratsiyasi (ko’chib yurishi) ning asosiy omillaridir. Bu migratsiyani ikkita qarama-qarshi, ammo, o’zaro bog’langan jarayon keltirib chiqaradi: 1) quyosh energiyasi hisobiga anorganik tabiat elementlaridan tirik moddaning tarkib topishi hamda 2) organik moddalarning energiya ajralib chiqishi bilan birga davom etadigan yemirilishi: bunday yemirilish jarayonida organik moddalar mineral moddalarga aylanadi. Turli moddalarning migratsiya qobiliyati mutlaqo bir xil emas. Lekin davryy sistemadagi kimyoviy elementlarning ko’pchiligi biosferada faol ravishda migratsiyalanish qobiliyatiga ega. Bunday faol migratsiyalarni ikki gruppaga bo’lish mumkin: 1.
Xavo migrantlari — bular migratsiya jarayonida gazsimon fazani bosib o’tadi (kislorod, azot, uglerod, vodorod). 2. Suv migrantlari — oddiy yoki kompleks ionlar, yoxud molekulalar tarzida migratsiyalanuvchi elementlar. Bular jumlasiga: Na, G’, S, S1, K kabi elementlar kiradi. Tabiatdagi organik
moddalarning paydo
bo’lishida havodagi migratsiyalanuvchi elementlar muhim ahamiyatga egadir, ular orasida S, O 2 , N 2
havoning 98,3 foizini tashkil qiladi. Biosfera juda keng maydonlarni egallagani tufayli va planetaning turli xil mineral qobiqlariga kirib borish imkoniyatlariga ega bo’lganligi uchun organizmlar tarqalgan muhit, ya’ni yashaydigan sharoitlari nihoyatda har xil bo’ladi.
Shunday qilib, biosfera yerda hayot vujudga kelgandan keyin va uning bir necha milliard yillar davomidagi rivojlanishi hamda evolyutsiyasi natijasida hosil bo’lgan juda murakkab va bir-biri bilan uzviy bog’liq strukturadan tashkil topgan sistema, yer kurrasining noyob qobig’idir. Bu sistemaning har bir struktura elementi biror sabab bilan o’z funksiyasini bajara olmay qolsa, u vaqtda biosferaning normal hayotiy jarayonlari buzilib, biogeokimyoviy muhitning buzilishiga, organizmlarning kasallanishiga va hatto ba’zi bir biologik turlarning mutlaqo yo’q bo’lib ketishiga sabab bo’ladi. SHuni alohida uqtirish kerakki, hozirgi fan va texnika taraqqiyoti davrida insonning ta’siri birinchi navbatda biosferaning mahsuldorligiga, uning znergiya balansiga qaratilgandir. Biosfera biomahsuldorligining kamayishiga asosan quyidagilar sabab bo’ladi: 1) gidromelioratsiya ishlarini amalga oshirish; 2) oqova va sizot suvlari, shuningdek tuproqning turli mineral o’g’itlar, kimyoviy moddalar har xil zaharli moddalar bilan ifloslanishi; 3) zavod, fabrika va boshqa sanoat chiqindilari bilan muhit, sharoitlarining ifloslanishi. 11- rasm. Biosferada SO 2 ning aylanma harakati.
3.2. Biosfera va inson Keyingi davrlarda karbonat angidrid gazining haddan tashqari biosferada yig’ilishi tabiatdagi ayrim turlarning yashash imkoniyatlarini cheklamoqda, bu gazning (SO 2 ) miqdori ayniqsa uglerodni yoki hisobiga ko’payib bormokda. Bu esa uglerodning biogeokimyoviy siklining buzilishiga olib keladi. Havo aerozolida karbonat angidrid (SO 2 ) gazining ko’payishi TEI va AESlardan ajralib chiqqan issiqlik hisobiga bo’lmoqda. Bu esa o’z navbatida parnik effektini hosil qiladi. M. I. Budikonining ma’lumotiga qaraganda (1989 y.)> yerning shimoliy yarim sharida havo harorati o’tgan o’n yil ichida o’rtacha +0,2— 0, 3°S ga ko’tarilgan. Ikki minginchi yillarning boshlariga kelib esa bu ko’rsatkich + 1,2°S ga oshganligi qayd etilmoqda. Agar havo harorati shunday ko’tarilib boradigan bo’lsa, muzliklarning erishini tezlashti-radi va dunyo okeanlari sathining ko’tarilishiga sababchi bo’ladi.
ko’pchilik ilmiy-tekshirish stansiyalarida havoda ozon miqdorining kamayib borayotgani va «ozon teshik»larining paydo bo’lganligi aniqlangan edi. 1987 yilning bahorida Antarktidada Amerika yer yo’ldoshi «Nim-buk» — 7 tomonidan olingan ma’lumotga ko’ra, «ozon teshigi» janubiy materikning 2/3 qismini egallagan. Ozon qatlamining yemirilishining asosiy sababi ko’plab xlorftor uglevodlarning ishlatilishidir (ishlab chiqarishda va kundalik turmushda har xil aerozolar va ayniqsa xlor oksidlari ko’plab qo’llaniladi). Bular hammasi ozon qatlamlarini faol ravishda yemiradilar, o’zlari esa juda ham sekin parchalanadilar. Ularning parchalanishi 50 yildan 200 yilgacha davom etishi mumkin. Hozirgi kunda dunyoda 130 ming tonna ozon qatlamlarini yemiruvchi moddalar ishlab chiqariladi. 1989 yilning birinchi yanvarida Monrealda qabul qilingan protokol (hujjat) ga muvofiq 1999 yilda freonlarni ishlab chiqarish dunyo bo’yicha 50 foizga kamaytiriladi. Ana shu tadbirlar amalga oshirilsa, ozon qatlamlarida hosil bo’layotgan «ozon teshiklarini» kamaytirish mumkin, bu zsa ozon qatlamini saqlab qolish imkonini beradi. Kislotali yomg’irlar. Keyingi davrlarda texnogen sul’fidning havoga ko’plab chiqarilishi biosferada sodir bo’lib turadigan moddalarning aylanma harakatiga katta ta’sir ko’rsatmoqda. YUNESKO ekspertlarining ko’rsatishiga qaraganda, 1980 yilning boshlarida havoga chiqarilgan sul’fidlar miqdori 251 mln. tonnaga teng bo’lgan, SHundan yer kurrasining shimoliy zonasiga — 174, janubiga esa 77 mli. tonnasi to’g’ri kelgan. Bu yomg’irning ta’siri tufayli AQSHdagi ko’llarning 80 foizida hayot umuman yo’qolgan. Kanada, SHvetsiya, Norvegiya va boshqa bir qancha davlatlardagi suv havzalari ana shu yomg’irlarning ta’siri tufayli zararlangan, kislotali yomg’irlarning ta’siri natijasida har yili 31 mln. gektarga yaqin yerlardagi o’rmonlar qurib yo’qolib ketmoqda, shuningdek, tuproqdan olinayotgan mineral moddalar miqdori ko’payib bormoqda. Bular hammasi tabiiy o’simliklar jamoasining o’lishiga yoki bo’lmasa ularning biologik mahsuldorligining kamayishiga olib keladi. A. V. YAblokov tomonidan 1989 yilda o’tkazilgan kuzatishlar natijasi shuni ko’rsatadiki, kislotali yomg’irlar ta’sirida o’rmonlar ham ko’chli shikastlanadi. Kislotali yomg’ir chuchuk suvlarning organik dunyosiga ham kuchli ta’sir ko’rsatadi. Agar rN 5 dan kam bo’lsa, suvdagi ko’pchilik organizmlarning hayotiy faoliyati to’xtaydi.
Tabiatdagi biologik aylanishga inson faoliyati katta ta’sir ko’rsatadi, bu aylanish moddalarning sirkulyatsiya qilinishi tufayli vujudga keladi, bu sirkulyaiiyalar asosan tuproq, o’simlik, hayvonlar va mikroorganizmlar o’rtasida sodir bo’ladi. Tuproq bu biosferaning muhim qismi bo’lib, u barcha jarayonlarda qatnashadi, ya’ni moddalar migratsiyasida va ularning transformatsiyasida ham ishtirok qiladi. yer osti boyliklarini ochiq qazib olish, yerlarni quritish va sug’orish, mineral ozuqalardan va pestitsidlardan ko’plab foydalanish tuproq unumdorligining pasayishiga va yemirilishiga olib keladi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining ma’lumotiga ko’ra, har yili dunyoda eroziya va deflyatsiya natijasida 7 mln. gektar haydaladigan yer (qaytarilmaydigan holda) qishloq xo’jaligi oborotidan chiqib qoladi. Ayniqsa bunday holat Hindiston, Pokiston, Meksika va boshqa mamlakatlarda ko’plab sodir bo’lmoqda. Keyingi
yillarda mo’’tadil iqlimli sharoitlarga ega bo’lgan zonalardagi yerlarning qayta sho’rlanishi kuchayib bormoqda. Butun dunyoda bunday sho’rlanish sug’orib dehqonchilik qilinadigan yerlarning 40 foiziga to’g’ri keladi, shu narsani alohida qayd qilish kerakki, juda ham kuchsiz sho’rlangan joylardagi ekinlarning hosili keskin pasayib ketadi. Masalan, g’o’za va bug’doyning hosili 50—60 foizga, makkajo’xorining hosili esa 40—50 foizga kamaydi. Ko’plab o’g’it va har xil pestitsidlarni ishlatish ham tuproq qatlamlariga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Bular hammasi tuproqda zararli komponentlarning yig’ilishiga sababchi bo’ladi. SHuning uchun keyingi davrda butun dunyoda mineral o’g’itlarni ishlatishni kamaytirish va pestitsidlarni umuman ishlatmaslik, iloji bo’lmagan vaqtda esa kam miqdorda ishlatishga e’tiborni qaratmoqdalar. Hozirgi davrning eng xavfli va global (muhim) masalalaridan biri sug’orilib dehqonchilik qilinadigan rayonlarning cho’lga aylanishidir. Bu har xil iqlim sharoitlarida vujudga kelishi mumkin, u asosan qurg’oqchil iqlimga ega bo’lgan yerlarda tez kechadi. Har yili dunyo bo’yicha 6 mln. gektar dehqonchilik qilinadigan yerlar cho’lga aylanadi. 20 mln. gektar yer hosildorligini yo’qotadi. Bunday holat bizda ham kuchaymoqda. Masalan, atrof muhitning buzilishi tufayli Orol bo’yida katta cho’llar yuzaga kelmoqda. Bu cho’llarni «Orolqumlar» deb nomlanildi. Bu zonada cho’llar hosil bo’lish jarayonlarini to’xtatish maqsadida bir qancha chora va tadbirlar belgilanib, bugungi kunda ular amalga oshirilmoqda.
sohalarida ko’plab ishlatilishi tufayli yo’qolib borayotgan o’rmonlarni saqlab qolish, hozirgi zamonning eng murakkab ekologik muammolaridan biri bo’lib hisoblanadi. yer yuzidagi o’rmonlar tabiatdagi ekosistemani normal holatda saqlanishida katta rol’ o’ynaydi. Quruqlikdagi o’simliklar inson faoliyati tufayli havoga chiqarilgan har xil zaharli moddalarni yutib, havoni ifloslanishdan himoya qiladi. O’rmonlarning yo’qotilishi natijasida tuproq eroziyasi kuchayadi, yer ustidan oqib o’tadigan suvlarning normal oqishi buziladi va yer osti suvlarning joylanishi o’zgaradi. O’rmonlarning kamayishi atmosferadagi kislorod va uglerod
balansining buzilishiga olib keladi. Bir gektar yerdagi o’rmon bir yilda bizga 20 mln. kubometr toza havo beradi. Inson o’rmonlarni yo’qotishi tufayli har xil fojialar sodir bo’lishini bilsa ham, o’rmonlarni kesishni to’xtovsiz davom ettirmoqda. Ayniqsa, nam tropik o’rmonlar bundan ko’proq azob chekmoqda, chunki har yili ularning maydoni 11 mln. gektarga kamaymoqda. O’rmonlarning kamayishiga to’g’ri ta’sirdan (kesish, dehqonchilik uchun yerlarni o’zlashtirish va boshqalar) tashqari, bilvosita ta’sirlar ham mavjuddir. Bularga atrof muhitning ifloslanishi, qishlok, xo’jaligida pestiiidlarni me’yordan ortiq ishlatish, yerlarning qaytadan sho’rlanishi va boshqalar katta ta’sir ko’rsatadi. Hozirgi davrda yer yuzidagi o’rmonlar 42 mln. km2 ni tashkil qiladi. Ular har yili 2 foizga kamayib bormoqda. Bugungi kunga kelib odamzot shu narsani to’la angladiki, uning keyingi hayoti o’rmonlarning mavjudligi bilan chambarchas bogliq ekan. SHuning uchun keyingi yillarda G’arbiy yevropa mamlakatlarida sun’iy o’rmonlarni ko’paytirishga alohida e’tibor berilmoqda. Bu mamlakatlarda sun’iy o’rmonlarni tashkil qilish 1974 yildan 1983 yilgacha Ispaniyada 624 ming gektarga, YUgoslaviyada 322, Finlyandiyada 161, Pol’shada 108, Bolgariyada 61 ming gektarga yetdi. XULOSA Hozirgi zamon fani- texnikasi yutuklari bilan kurollangan jamiyat o’z faoliyati tufayli tabiatning o’zini-o’zi boshkarish mexanizmiga chukurrok ta’sir ko’rsatishi natijasidab tabiatga nixoyat katta ta’sir ko’rsatmokda. Buning okibatida mintakaning biosferasida kuchli o’zgarishlar xosil bulmokda. Bular tabiat boyliklaridan va uning kuchidan foydalanishning ekstensiv usulidan samarali akl- zakovatga amal kilib foydalanishni talab yetadi. Bu jamiyat tabiat ustidan hukmronlik kilish va uni o’ziga bo’ysindirish kerak, degan g’oyadan voz kechib, u bilan hamkorlarcha teng munosabatlarda harakat kilishi kerak deganidir. Ayrim xollarda jamiyat o’z tarakkiyoti tufayli tabiyatdan ustunlik kilishi mumkin. Lekin bu vaktda birlik va muvozanat buzilmasligi, ijtimoiy va tabiiy jarayonlarni boshkarishda javobgarlik bo’lishi lozim. N.I.Fedoseyev ilmiy-texnika revalyutsiyasiga e’tibor berib, “keyingi yillarda ekalogik muommolar yana xam sezilarli bo’lmokda. Bu hol jamiyat bilan uni o’rab olgan tabiiy muhitlar o’rtasidagi va insoniyat faoliyatining tabiatga bo’lgan tasirining o’sishi tufayli tarixiy rivojlanish jarayonida sodir bo’lgan karama-karshiliklar natijasidir. Bu muommolar ilmiy, texnika inkilobi tufayli global masalaga aylandi. Biz shu narsaga o’rganib kolganmizki, ilmiy texnika inkilobi fakat jamiyatga foyda keltirishi mumkin, ya’ni ijtimoiy pragressni xosil kiluvchi kuch, yukori rivojlangan moddiy bazani va ma’naviy kulayliklarni yaratuvchi omil sifatida ekalogik kiyinchiliklarni vujudga keltirib, jamiyat va tabiyat o’rtasidagi karama-karshiliklarning vujudga kelishiga olib keladi”. 1962 yil iyul’ oyida Amerika Ko’shma shtatlarida 400 km. Balandlikda katta kuvvatdagi vodorod bombasi portlatildi. Buning natijasida yerning yonida kuchli nurlanishga ega bo’lgan yangi poyasi hosil bo’ldi. yer atrofidagi kosmik fazoning tarkibini o’zgartirishga olib keldi. Buning ta’siri tufayli radioastronomlarning ishi kiyinlashdi, ilmiy ish bilan shug’ullanayotgan yer yo’ldoshlarini kosmosda radiatsion nurlarning ko’payishiga, kasmanavtlarning
nurlanishiga sababchi bo’ldi. Bu radiatsion poyalarini o’rganish kiyinlashdi. Bu radiatsion poyasini yo’kotish uchun o’n yil vakt yo’kotildi. A.V.Sidorenko atrof-muxitni muxofaza kilish va tabiiy resurslardan unumli foydalanish muammolariga e’tibor karatib, shunday deb yozadi; “SHaharlarning havo basseynlarining avtamabil’ transportlarining harakatlari tufayli ifloslanishini, texnika xizmatining sifatini oshirish, dvigateldan chikadigan tashlandik gazlarning tarkibidagi karbonat angidirid gazini neytrallantiradigan moslamalarni o’rnatish yuli bilan, dvigvtellarntng kanstruksiyalarini takomillashtirish, yonilg’ilarning yangi turlarini ishlatish, gaz ballonlar bilan ishlaydigan avtomobillarni yaratish usullarini ishlab chikish yo’li bilan tartibga solish mumkin”.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. I.A.Karimov. O’zbekiston XXI asr busagasida xavsizlikka taxdid, barkarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari.T. 2. I.A.Karimov. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. T.2008 3. Baratov P. Tabiatni muhofaza qilish. T. O’qituvchi. 1983 y. 4. Egamberdiyev R. Ekologiya. T. 1993 y. 5. Ekologiya. Oxrana prirodo. Ekologicheskaya bezopasnost. Pod. obh. red. prof. Nikitina A.T., prof. MNEPU Stepanova S.A. M.: Izd. MNEPU «Nov». 2000. 6. Ergashev A. “Umummiy ekologiya” T. O’qit. 7. Ergashev A. Ergashev T. Ekologiya, biosfera va tabiatni muxofaza qilish. Toshkent “yangi asr avlodi” 2005 y. T. O’qituvchi .1994. 8. G'ulomov P. Inson va tabiat. T. O'qituvchi. 1990. 9. Isachenko A.G. Optimizatsiya okrujayuhey sredo’. M.: Vo’sshaya shkola. 1990.
10. Nigmatov A.N. O’zbekiston Respublikasining ekologiya huquqi. T.: TDYuI nashriyoti.2004. 11. O’zbekiston «Ekologiya xabarnomasi» jurnali sonlari. 12. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T. O’zbekiston 1992. 13. Otaboyev S. Nabiyev M. Inson va biosfera. T. O’qituvchi . 1995. 307 b. 14. Reymers N.F. Prirodopolzovanie. Slovar-spravochnik. M.: Vo’sshaya shkola. 1999. 15. Shodimetov Yu. Ijtimoiy ekologiyaga kirish. T. O’qituvchi. 1994. 16. Tilovov T. Ekologiyaning dolzarb muammolari. Qarshi. “Nasaf” 2003 y. 17. To’xtayev A, Xamidov A, Ekologiya asoslari va tabiatni muhofaza qilish. T. O’qituvchi .1994. 18. To’xtaev A. Ekologiya. T., “O`qituvchi” 1998 y. 19. Usmonov M.B., Rustamboev M.X., Xolmuminov J.T. va boshk. Ekologiya xukuki. T.: “Uzbekiston yozuvchilar uyushmasi” 2001 y. 20. Xolmurodov N. Surxondaryo tabiati va uning muxofazasi. T. “Chinor” 1998 y. 21. Yasamanov N.A. Osnovo’ geoekologii. M.: Akademiya. 2003. – 352 s. Download 1.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling