Тo‘rtinchi guruh – odamlarning o‘zaro munosabatlari, ishchining ish joyi va mehnat natijalariga bo‘lgan munosabatlari bilan bog‘liq ijtimoiy omillarni o‘z ichiga oladi. Ishlab chiqarish korxonalarida eng kop tarqalgan salbiy omillardan biri chang hisoblanadi. Chang deb, zarrachlarning diametri mm ning bir necha ulushidan milimikronlargacha kattalikka ega bolgan qattiq zarrachalarning havo muxitida muallaq holda bo‗lishiga aytiladi va ularni aerozollar deb nomlash ham mumkin. Changlar tabiatda hosil bolishiga qarab ikki xil bo‗ladi: tabiiy va sun‘iy. Tabiiy changlar – tabiatda hosil bo‗ladigan changlar (shamollar ta‘sirida hosil bo‗ladigan changlar, vulkon changlari va boshqalar). Sun‟iy changlar – inson faoliyati natijasida (biron bir buyumga ishlov berish natijasida) hosil boladi. Sanoat changlari kelib chiqishi bo‗yicha quyidagicha bo‗lishi mumkin: - Organik— o‗simlik changlaridan tashkil topgan (paxta, daraxt, tamaki, o‘simlik va boshqalar) va hayvon mahsulotlarini qayta ishlash natijasida hosil bo‗ladigan chanlarg (suyak, jun, teri va boshqalar);
- Noorganik— mineral birikmalardan va metal changlaridan tashkil topgan (kvars, silikat changi va boshqalar);
- Aralash changlar (organik va noorganik changlar).
Do'stlaringiz bilan baham: |