Ekologiya sug`urtasi bo`yicha to`lovlar turi, shakllari va manbalari
Sug`urta to`lovlari sug`urtachilarga shartnomada ko`rsatilgan miqdorda quyidagi xarajatlar uchun beriladi:
ishlab chiqarishdagi avariyadan kelib chiqqan zararni qoplash;
atrof muhitning yomonlashuvidan kelib chiqqan zararni to`lash;
muhitni tozalash, odamlarning hayoti va mulkini qutqarib qolish bilan bog`liq bo`lgan xarajatlarni qoplash.
X u l o s a l a r
1. Ekologiya va iqtisodiyot uzviy bog`langan sohalar bo`lib, ekologik vaziyatning yomonlashuvi insonlar sog`ligiga putur etkazish bilan ularning ishlab chiqarish qobiliyatini pasaytiribgina qolmay, balki davolanish ishlariga qo`shimcha xarajatlarni ham talab qiladi. Shuningdek, tabiiy resurslarni pala-partish o`zlashtirish ularning kamayishi yoki tugab qolishga olib keladi. Barcha hollarda ham sodir bo`lgan vaziyatdan iqtisodiyot zarar ko`radi.
2. Ekologik talafotlarning oldini olish va ulardan ko`rilgan zararning o`rnini qoplash respublika hukumatining tizimli faoliyatiga kiradi. Buning uchun ekologik jamg`armalar va sug`urta tizimi yo`lga qo`yilgan bo`lib, ular maxsus meyoriy hujjatlar asosida harakat qiladi.
Nazorat uchun savollar:
1. Ekologiya va iqtisodiyotning o`zaro ziddiyatini qanday tushunasiz?
2. Ekologiya va iqtisodiyotning o`zaro bog`liqligini qanday tushunasiz?
3. Ekstensiv rivojlanish tushunchasini izohlab bering.
4. Barqaror rivojlanish tamoyillari nimalardan iborat?
5. Tabiiy resurslar kadastrini qanday tushunasiz?
6. Ekologiya jamg`armasining manbaasi nima?
7. Imtiyozli ekologiya solig`i qanday korxonalarga beriladi?
8. Ekologiya sug`urtasi qaysi hollarda to`lanadi?
Adabiyotlar
1.Jumaev T.J. — Ekologiya iqtisodiyoti (darslik). Toshkent. «Adab. jamg`armasi», 2004.
2.Rafiqov A.A. va boshq. — Ekologiya (o`quv qo`l.). Toshkent. «Adab. jamg`armasi», 2004.
Aim.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |