Ekologiya va iqtisodiyot Maqsad
Download 79 Kb.
|
Ekologiya va iqtisodiyot Maqsad
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ekologiya va iqtisodiyotning o`zaro bog`liqligi
Aim.uz Ekologiya va iqtisodiyot Maqsad: bo`lajak iqtisodchi mutaxassislarda ekologik vaziyatning iqtisodiy holatga ko`rsatadigan ta’siri to`g`risida ma’lumot berish va ularda barqaror rivojlanish to`g`risidagi dunyoqarashni shakllantirish. Reja: 1. Ekologiya va iqtisodiyotning o`zaro bog`liqligi. 2.Ekologik - iqtisodiy barqaror rivojlanish konsepsiyasi. 3.Ekologiya iqtisodiyotining iqtisodiy mexanizmlari. Ekologiya va iqtisodiyotning o`zaro bog`liqligi Er yuzida inson paydo bo`lganidan boshlab hozirgacha u o`zining iqtisodiy sharoitini tabiiy ne’matlar hisobiga yaxshilab kelmoqda. Moddiy ne’matlardan joydalanish jarayonida u ilgarigi vaqtlarda bilib-bilmay isrofgarchaliklarga yo`l qo`ygan, buning uchun uni tabiat jazolagan ham. Masalan, eramizdan ilgari kishilar yirik hayvonlarni ko`plab ovlagani tufayli tabiatda bu hayvonlar kamayib qolib, ocharchilik vujudga kelgan va odamlar o`rtasida o`lim ko`payib aholi soni ikki baravarga kamayib qolgan. Bu va shunga o`xshash holatlar odamlarning ongi va fikrlash qobiliyatini o`stirib, tabiiy resurslardan foydalanishda ehtiyotkorlik belgilarini shakllantirgan. Aholining moddiy iste’mol ehtiyoji cheksiz, chunki dunyo aholisi soni muttasil o`sib bormoqda. Er yuzidagi 6,5 mlrd. odamning o`rtacha 70 yillik umri davomida tabiatdan oladigan noz-ne’matlarini hisob-kitob qiladigan bo`lsak, quyidagi raqamlar kelib chiqadi: 1.Oziq-ovqat 45000 kg. x 6,5 mlrd. q 292x5Q11 kg. 2.CHuchuk suv: jami 1 kunda 230 l. x 363 kun q 83 490 l. x 70 yil q 5 844 300 l. 5 844 300 l. x 6,5 mlrd. q 37987 x 95 Q10l. sh.j. ichimlik uchun 1 kunda 2,5 l. x 363 kun q 907,5 l. x 70 yil q 63525 l. 63 525 l. x 6,5 mlrd. q 412912 x 5Q8l. Yuqoridagi raqamlardan ko`rinadiki, Er yuzining har bir aholisi hayoti uchun giper raqamlarga teng miqdorda oziq - ovqat va suv resurslari talab qilinadi. Holbuki bu resurslar bitmas tuganmas emas. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, talab, ehtiyoj va moddiy ne’matlar zaxirasi o`rtasida katta farq mavjud. Bu, bir tomondan, makroiqtisodiyot bilan makroekologiyani birlashtiradi, ya’ni xo`jalikni hisob-kitob bilan yurgizishni taqozo qiladi, ikkinchi tomondan esa, birlamchi tabiiy resurslarning o`rnini bosaoladigan sun’iy materiallarni izlab topish va ulardan foydalanish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Bu muammoning echilishida iqtisodiyotning ahamiyati beqiyos kattadir. Iqtisodiyotning tabiiy resurslar bilan ta’minlanganligi ko`p vaqt mobaynida tabiat qonunlari, ayniqsa ekologik qonuniyatlarga bog`liqligi tan olinmadi. Iqsodiyotdagi «eng kam mablag` sarflab yuqori daromadga erishish» tamoyiliga asoslangan barakasiz (ekstensiv) rivojlanish natijasida ekologik inqiroz yuz berdi. Uning salbiy oqibatlari havo va suvning ifloslanishi, tuproq tabiiy unumdorligining pasayib ketishida namoyon bo`ldi. Aniqlanishicha, tuproq unumdorligining 1 % ga kamayishi natijasida hosildorlikning o`rnini qoplash uchun 10 % sarf-xarajat talab qilinadi. Mutaxassislar hisob-kitoblariga ko`ra o`tgan asrning ikkinchi yarmida insonning tabiiy muhitga etkazgan zarari va u orqali aholi sog`ligiga etkazilgan moddiy zarar jahonning yillik byudjetidan ortiq. Bu erda gap faqatgina chiqindilardan muhitga taralayotgan zararli moddalardan insonlar sog`ligini asrash hamda chiqindilar bilan katta maydonlar bandligi ustida ketayapti, xolos. Holbuki, qurib ishga tushirilgan harbir korxona ma’lum darajada iqtisodiy foyda keltirishi bilan birga u muhitga ko`p miqdorda gazsimon, suyuq yoki qattiq chiqindilar chiqarib muhitning ekologik holatini yomonlashtiradi. Ammo bu zararni pulga chaqish qiyin. U faqatgina kishilarning sog`ligi yomonlashishida, dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarining pasayishida namoyon bo`lishi mumkin. Aholining sog`ligini saqlash, tuproq unumdorligi va chorvachilikni qayta tiklash ma’lum miqdorda sarf-xarajatni talab qiladi. Download 79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling