Ekologiya va iqtisodiyot Maqsad
Ekologiya iqtisodiyotining iqtisodiy mexanizmlari
Download 79 Kb.
|
Ekologiya va iqtisodiyot Maqsad
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tabiiy resurslar kadastri.
- Tabiiy resurslarga to`lovlar
Ekologiya iqtisodiyotining iqtisodiy mexanizmlari
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning hozirgi sur’atlari tabiiy resurslar muammolarini keskinlashtirdi va shu sababdan iqtisodiyotga ekologik talablarni oshirish zarurati paydo bo`ldi. Bunday muammolarni bartaraf qilish ekologiya iqtisodiyoti mexanizmlarini qo`llash asosida amalga oshiriladi. Ekologiya iqtisodiyoti mexanizmlari ikki asosiy qismdan iborat: 1) doimiy harakatdagi institutlar — tabiiy resurslar kadastri, moddiy-texnik ta’minot, tabiiy resursdan foydalanganlik uchun to`lovlar, atrof muhitni ifloslantirganlik uchun to`lovlar, kreditlar berish va soliqqa tortish bo`yicha imtiyozlar, soliqdan ozod qilish; 2) iqtisodiy rag`batlantirish — ekologik sug`urta. Tabiat muhofazasi asosiy ishlab chiqarish fondlari, ekologik toza mahsulotlarga rag`batlantiruvchi baholarni joriy etish, ekologik nopok mahsulotlar bahosini pasaytirish, ekologik xizmatlar bankini shakllantirish, tabiatdan foydalanish bo`yicha shartnoma munosabatlarini takomillashtirish. Tabiiy resurslar kadastri. Tabiiy resurslar kadastri — iqtisodiy, ekologik, tashkiliy va texnik hududiy-adresli ko`rsatkichlarning tizimlashgan to`plami bo`lib, u tabiiy resurslarning miqdori va sifatini, undan foydalanuvchilarning tarkibi va kategoriyasini, resurslar holatining unga ta’sir ko`rsatuvchi omillar ta’sirida o`zgarish xarakterini, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish bo`yicha tavsiyalarni o`z ichiga oladi. Tabiiy resurslarning kadastri odatda resurslarning quyidagi turlari bo`yicha tuziladi: er kadastri, suv kadastri, o`rmon kadastri, foydali qazilma konlari kadastri, hayvonot dunyosi kadastri, o`simliklar dunyosi kadastri va muhofaza qilinadigan hududlar (milliy bog`lar, qo`riqxonalar, buyurtma qo`riqxonalar) kadastri. Tabiiy resurslarga to`lovlarga quyidagilar kiradi: tabiiy resurslardan foydalanish huquqi uchun to`lov; tabiiy resurslardan limitdan yuqori va nooqilona foydalanganlik uchun to`lov; tabiiy resurslarni takror ishlab chiqarish va muhofaza qilishga to`lov. Download 79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling