Ekologiya va s u V
Download 0.74 Mb. Pdf ko'rish
|
6Zz9YS92VHEFgKIdpbqcLsw1EPgG5Gr0hexjKD4C
B.Sh.Ismoilxo‘jaev, b.f.d. professor,
J.B.M irzaqobulov, stajor o ’qituvchi Taqrizchilar: e .I . Chembarisov, ISMITI yetakchi ilmiy xodimi,g.f.d., professor A.Axatov q/x.f.n., Tuproqshunoslik va dexqonchilik kafedrasi dotsenti, © TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XO‘JALIGINI MEXANIZATSIYALASH MUXANDISI.AMI INSTITUTI (TIQXMMI), 2019 y. Kirish Respublikada atrof-muhitni muhofaza qilish amaliyotida aholining yashashi uchun sog'lom shart-sharoit vujudga keltirish va tabiatdan foydalanish samaradorligini oshirish tabiatni muhofaza qilish asosida ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishning ekologik xavfsizligiga erishish g'oyat muhim va dolzarb muammodir. Bu muammo yechimini topish ekologik ekspertiza juda katta ro'l o'ynaydi. U amaliyotda faqat ekologiya asoslangan xo'jalik qarorlarini amalga oshirishni ta’minlaydi, iqtisodiyotni rivojlantirishda ekologik xavfsizlik va aholi salomatligini muhofaza qilish talablarni bajarish, mamlakatda atrof-muhitni muhofaza qilish strategiyasini murakkab muammolarni yechimni topishda, ilmiy asoslangan ekologik ekspertiza yondashuvlarga asoslanish va ulardan amaliyotda foydalanish malakalarga ega bo'lish, zamonaviy mutaxassislarga ekologik oqibatlarini hisobga olgan holda to'g'ri qaror qabul qilishlariga imkon beradi. Ushbu uslubiy qo'llanma “Ekologik ekspertiza” fanidan amaliy mashg'ulotlarni bajarish bo'yicha Namunaviy o'quv dasturi va ishchi dasturiga, shuningdek, Oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligining me’yoriy ko'rsatmalariga asoslanib, 5A450207 - Suv resurslaridan mukammal foydalanish va boshqarish; 5A630201 - Suv xo'jaligida ekologiya xavfsizligi magistratura yo'nalishida ta’lim olayotgan talabalar uchun tuzib chiqilgan. Amaliy mashg'ulotlarni bajarishdan asosiy maqsad magistratura yo'nalishi bo'yicha ta’lim olayotgan talabalarning fanni ma’rnza qismida olgan nazariy bilimlarini amaliy mashg'ulot rejasiga qaratilgan mavzular orqali mustahkamlashdan iborat. Talaba amaliy mashg'ulot da ko'rsatilgan mavzular bo'yicha tavsiya etilayotgan adabiyotlar, ilmiy maqolalar va boshqa tegishli manbalar bilan tanishib tahlil qiladi hamda berilgan topshiriq va ishlarni bajaradilar. Buning natijasida talabalarda ma’ruza darsidan olgan nazariy bilimlari amaliy mashg'ulot darsida yanada mustahkamlanadi va fikrlash ko'nikmalari rivojlanadi. Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling