Ekologiya va suv huquqi manbalari


-BOB. Ekologiya sohasida davlat boshqaruvi


Download 16.51 Kb.
bet2/2
Sana31.01.2023
Hajmi16.51 Kb.
#1145180
1   2
Bog'liq
Ekologiya va suv huquqi manbalari

2-BOB. Ekologiya sohasida davlat boshqaruvi


1. Ekologiya sohasida davlat boshqaruvi tushunchasi, xususiyatlari va tizimi.

Ekologiya sohasida davlat boshqaruvi deb vakolatli davlat organlarining tabiiy resurslardan foydalanish va atrof tabiiy muhitni muhofaza etish bo`yicha ijro etish va farmoyish berish faoliyati tushuniladi.

Davlat boshqaruv organlarining ijroiya faoliyati ushbu organlarning ijroya hokimiyatiga taalluqliligidan kelib chiqib, qonun va vakillik organlarining qarorlarini amalga oshirishga qaratilgan.

Ekologiya sohasida davlat boshqaruvi organlarining farmoyish berishi ularning ijtimoiy munosabatlarini tartibga solishda vakolat doirasidagi yuridik va jismoniy shaxslarga majburiy kirsatmalar berish huquqidan kelib chiqadi. Ushbu majburiy kirsatmalar ko`p marotaba qo`llanadigan, ya'ni ular tomonidan qabul qilingan me'yoriy shujjatlarda belgilanadi, yoki bir marotaba qo`llanadigan, ya'ni ma'lum bir yoki bir necha subyektga taluqli, masalan, huquqbuzarlikni to`xtatish bo`yicha ko`rsatmalardan iborat bo`ladi.

Ekologiya sohasida davlat boshqaruvi organlarining ijroya etish va farmoyish berish faoliyati atrof tabiiy resurslar to`g`risidagi qonun hujatlarining bajarilishini ta'minlashga qaratilgan.

Ekologiya soshasidagi davlat boshqaruvi quyidagi tamoyillarga asoslangan:

boshqarishning qonuniylikka asoslanishi, ya'ni davlat boshqaruv organlarining ekologik munosabatlarni tartibga solishda faqat qonun hujatlarida belgilangan vakolat doirasida hamda huquqlari asosida faoliyat yuritishi;

tarmoq va hududiy boshqarishni muvofiqlashtirishga, ya'ni ekologik munosabatlarni tartibga solishda davlat organlarining faoliyati ham hududning rivojlanishini, ham har bir tabiiy resurslardan foydalanishning oqilonaligi va ularni muhofaza etishning ta'minlanishiga qaratiladi. Bundan tashqari, ekologiya sohasida davlat boshqaruvi organlari ham hududiy ham tarmoq bo`ysunishda shakllantiriladi, masalan, ushbu organlarning hududiy bo`linmalari respublika tarmoq organlari (Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasi, qishloq va suv xo`jaligi vazirligi)ga hamda mahalliy davlat hokimiyati organlariga bo`ysunadilar;

ekologiya masalalarini hal qilishda har tomonlama yondoshishga, ya'ni tabiiy resurslardan foydalanishni tashkil etishda ushbu foydalanishning oqilonaligi va atrof tabiiy muhitni muhofaza etishda respublika xalq xo`jaligi va aholini tabiiy resurslarga bo`lgan ehtiyojlarini qondirishni ta'minlash;

ekologiya sohasida davlat boshqaruvini tashkil etishda tabiiy resurslardan foydalanish va nazorat qilishni ajratish, ya'ni ekologiya sohasida tabiiy resurslardan bevosita foydalanuvchilar nazorat qilish vakolatiga ega bo`lmasligida, ekologiya sohasida davlat boshqaruvi organlarini shakllantirish hamda ularni faoliyatlarini tashkil qilishda foydalanish va nazorat qilish vakolatlarini tartibga solishda ifodalanadi. Masalan, qishloq va suv xo`jaligi vazirligi huzurida o`rmon xo`jaligi bosh boshqarmasi o`rmondan foydalanishni tashkil qiluvchi davlat organidir va uning korxona, tashkilotlari, o`rmon xo`jaliklari o`rmondan asosiy foydalanuvchilar bo`lib hisoblanadi. Shuning uchun ushbu organ o`rmondan foydalanish ustidan davlat nazoratini olib borish vakolatiga ega emas.

Ekologiya sohasida davlat boshqaruvi ma'lum bir shakllarda va uslublarda amalga oshiriladi. Ushbu boshqaruvning shakllari bo`lib, huquq ijod qilish, ijroiya va huquqni muhofaza qilish faoliyati hisoblanadi.

Ekologik munosabatlarni tartibga solishda davlat boshqaruv organlari boshqarish uslublarini, ya'ni ijtimoiy munosabatlar subyektlariga davlat ta'sir kirsatish usullarini qo`llaydilar. Ular tarkibiga ruxsat berish, man qilish, rozilik berish, majburiy kirsatmalar berish kiradi.

Davlat boshqaruvining ruxsat berish uslubi asosan tabiiy resurslardan foydalanishni tashkil etishda qo`llaniladi. Tabiiy resurslardan maxsus foydalanish faqat vakolatli davlat organlarining ruxsati asosida vujudga keladi.

Rozilik berish (sankiyalash) uslubi deb davlat organlarining foydalanuvchilar tomonidan tayyorlagan me'yorlarni hamda foydalanishga oid boshqa qoida va tartiblarni tasdiqlashi va rozilik berishi tushuniladi. Masalan, atmosferaga ifloslantiruvchi moddalarni tashlash bo`yicha yo`l qo`yiladigan doiradagi normativlari tabiatni muhofaza qilish organlari tomonidan tasdiqlangandan so`ng, mazkur zararli moddalarni atmosferaga chiqarib tashlash mumkin (“Atmosfera havosini muhofaza qilish to`g`risida”gi qonunning 8-moddasi), yoki qishloq xo`jalik korxonalari tuman hokimi tomonidan tasdiqlangan ichki yer tuzilish sxemalariga muvofiq yerdan foydalanishni amalga oshiradilar (Yer kodeksining 13-moddasi).



Ekologiya sohasida boshqaruvni taqiqlash uslubi atrof muhitni muhofaza qilishni tashkil etishda keng qo`llaniladi va tabiiy resursdan foydalanish yoki tabiiy hududlarda ma'lum bir faoliyatni amalga oshirishni taqiqlash orqali man etishda ifodalanadi. Masalan, suvdan umumiy foydalanishning turi bo`lgan cho`milish aholini xavfsizligini ta'minlash maqsadida ma'lum suv obyektlarida man etilishi mumkin yoki suv muhofaza zonalarida daraxt va butazorlarni kesish, yoqish va moy quyish shaxobchalarini joylashtirish va ishlatish, zaxarli ximikatlarni ko`llash, chorvachilik fermalarini joylashtirish va boshqalar taqiqlanadi.
Download 16.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling