Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish fanidan test savollari
Download 57.11 Kb.
|
EKOLOGIYA VA TABIATNI MUHOFAZA QILISH FANIDAN TEST SAVOLLARI
EKOLOGIYA VA TABIATNI MUHOFAZA QILISH FANIDAN TEST SAVOLLARI Ekologiya fanining asoschisi kim? {= E.Gekkel ~ Ch.Darvin. ~V.Vernadskiy. ~ J.Lamark.} Ekologiya fani nimani o‘rganadi? {=Tirik organizmlar bilan tashqi muhit o‘rtasidagi aloqani o‘rganadi. ~Hayot haqidagi fan. ~Muhitni ifloslanishini o‘rganadigan fan. ~Insonning tabiatga ta’sirini o‘rganadigan fan.} Ekologiya fanining ilmiy-tadqiqot uslublari qaysilar? {=Tasviriy, taqqoslash, tajriba, modellashtirish. ~Tasviriy, tajriba, modellashtirish, matematik. ~Individ, populyasiya, biogosenoz. ~Modellashtirish, tasviriy, tajriba, fizikaviy.} Ekologiya faniga hissa qo‘shgan O‘rta Osiyo allomalari? {=Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino. ~Muhammad Muso al-Xorazmiy, Jayhoniy. ~Alisher Navoiy, Abu Nasr Farobiy. ~Sulton Balhiy, Mahmud ibn Vali.} “Bilingki, daryoning ko‘zlari yoshlansa uning boshiga g‘am, kulfat tushgan bo‘ladi. Odamlar, daryodan mehringizni darig‘ tutmanglar”. Ushbu satrlar qaysi allomaga tegishli? {=Muhammad Muso al-Xorazmiy. ~Abu Nasr Forobiy. ~Abu Rayhon Beruniy. ~Abu Ali ibn Sino.} Abu Rayhon Beruniyning “Saydana” degan asarida qancha dori-darmonlar qayd etilgan? {=1116 ta. ~700 ta. ~750 ta. ~1200 ta.} O‘zbekistonda “Hayvonlar ekologiyasi asoslari” nomi bilan birinchi yozilgan darslik kimning qalamiga mansub? {=D.N.Kashkarov. ~M.S.Gilyarrov ~V.N.Sukachev. ~G.Odum.} D.N.Kashkarov va YE.P.Korovinlar tomonidan yaratilgan ekologiya fani va uning vazifalari, uslublari o‘z aksini topgan ilmiy asarlar qaysilar? {=“Muhit va jamoa”, “Cho‘ldagi hayot”. ~“Hashoratlar ekologiyasi”, “Qizilqum cho‘lining biosenozlari”. ~“Hayvonot olamini qo‘riqlash va undan rasional foydalanish”, “Qarshi cho‘linnig umurtqali hayvonlari ekologiyasi”. ~“Farg‘ona vodiysining umurtqali hayvonlari”, “Payg‘ambar oroli sut emizuvchilari” } Ekologik muammolar anday guruhlarga bo’linadi? {=Regional, global, lokal ~Global, lokal ~regional, global ~ Regional, local } Ekologiyaning predmeti {=Populyasiya, turlar, biosenozlar, biogeosenozlar va biosfera ~Tabiatdagi salbiy o‘zgarishlar. ~Ekologik omillar. ~Inson va tabiat o‘rtasidagi munosabatlar.} Ekologiya fanining bo‘limlarini ko‘rsating? {=Autekologiya, populyasiyalar ekologiyasi, sinekologiya, biosfera. ~Sinekologiya, demekologiya, o‘simliklar ekologiyasi. ~Biosfera ta’limoti, hayvonlar ekologiyasi, tirik mavjudotlar ekologiyasi. ~Autoekologiya, sinekologiya, demekologiya, ijtimoiy ekologiya.} Muhitning edafik omili nima? {=tuproq qatlami ~o‘simlik qoplami ~sho‘rlanish darajasi ~hayvonot olami } Tirik organizmlar tarqalgan asosiy hayot muhitlarini ko‘rsating? {= Suv, tuproq, havo, tirik organizm. ~Yer yuzasi, Quyosh sistemasi. ~Tirik organizmlar, suv. ~Havo, tuproq, koinot.} Hayotni belgilab beruvchi omillar majmui nimalardan iborat? {=Harorat, suv, yorug‘lik. ~Mineral tuzlar, relef ~Relef, tuproq, suv. ~Harorat, mineral tuzlar, suv.} Ekologik omil deganda nimani tushunasiz? {=Muhitning tirik organizm hayotiga ta’sir etuvchi elementlari. ~Suv va uning barcha fizik va kimyoviy xususiyatlari. ~Havo va uning kimyoviy tarkibi. ~Tirik organizmlar: o‘simlik, hayvon va bakteriyalar.} Abiotik omillar majmuini ko‘rsating? {=Iqlim, tuproq, relef ~Edafik, fitogen, biotik. ~Mikrobiogen, zoogen, relef. ~Fiogen, zoogen, mikrobiogen.} Hayvonlar hayotida yorug‘likning ahamiyati nimada? {=Fazoda mo‘ljal olish, harakatlanish, oziqlanish. ~Tana haroratini boshqarish. ~Ko‘payish. ~Populyasiya sonini boshqarish.} Biotik omillar majmuini ko‘rsating? {=Fitogen, zoogen, mikrobiogen, mikogen. ~Orografik, fitogen, zoogen, mikrobiogen. ~Mikrobiogen, kimyoviy, edafik. ~Tarixiy, mikogen, yong‘in, zoogen. } Atropogen omil deganda nimani tushunasiz? {=Insonlarning tabiatga ta’siri. ~O‘simliklarning tabiatga ta’siri. ~Hayvonlarning tabiatga ta’siri. ~Zamburug‘larning tabiatga ta’siri. } “Fotoperiodizm” deb nimaga aytiladi? {=tirik organizmlarning quyosh yorug‘ligiga javob reakstiyasi ~o‘simliklarni suv bug‘latish moslanishlari ~hayvonlarda kechadigan diapauza jarayoni ~ortiqcha suv yo‘qotishdan qochish } O‘simliklarning namlik omiliga ko‘ra ekologik guruhlari? {=Gidrofitlar, mezofitlar, kserofitlar. ~Gidrofit, galofitlar, mezofitlar. ~Sukkulentlar, kalsifitlar, gidrofitlar. ~Gidatofitlar, psammofitlar, mezofitlar.} Qushlarning havo muhitiga moslashishi. {=Suyaklarning yengilligi, qanotlarning bo‘lishi. ~Yirik tana, tez uchadigan. ~Qanotlarga ega emas, tanasi suyri shaklda. ~Terisi shilliq, tanasi bo‘lak-bo‘laklardan iborat.} Moslashish darajalari to‘liq qatorini ko‘rsating? {=Molekulaviy, hujayraviy, organizm, senotik. ~Organ, to‘qima, hujayra. ~Organizm, hujayraviy, to‘qima. ~Biosferaviy, ekotizimli, jamoa.} O‘simliklarning hayotiy shakllari {=Daraxt, buta, chala buta, butacha, bir yillik, ikki yillik, ko’p yillik o‘t. ~Bir, ikki va ko‘p yillik o‘tlar. ~Chala buta, daraxt, buta, o‘t. ~Buta, bir va ikki yillik o‘tlar.} Gigrofil, kserofil va mezofil hayvonlar ma’nosi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan? {=namsevar, quruqsevar va oraliq ~issiqsevar, sovuqsevar va oraliq ~suvda, botqoqda va muhitda ~issiqsevar, yorug‘sevar } O’simliklarning namlik omiliga ko‘ra ekologik guruhlari {=Gigrofillar, mezofillar, kserofillar. ~Poykilotermlar, geterotermlar, gomoyoterm. ~Zoogen, zooterm. ~Bentos, zoobentos.} O‘simliklarni yorug‘lik olmiliga ko‘ra ekologik guruhlari {= Geliofit, ssiofit, fakultativ geliofit. ~Yorug‘sevar, issiqqa chidamli, soyasevar. ~Fakultativ geliofit, soyasevar, salqinga chidamli. ~Fotoperiodizm, geliofit, issiqsevar.} Ichimlik suvining kamayish sababi nimada? {=Toza ichimlik suv manbalarini ifloslantirilishi va kimyoviy zavodlarga toza suvni ko‘p ishlatilishi tufayli ~Ichimlik suvi manbalarini qurib qolishi ~Toza ichimlik suv manbalarini ifloslantirilishi sababli ~Ko‘p o‘rmonlarni qirqilib yuborilishi orqali } Biosfera qobig‘ining qalinligi taxminan qancha? {=10-20 ~20-30 ~30-40 ~ 40-50 } Atmosfera ifloslanishining necha foizi avtotransportlarga to‘g‘ri keladi? {= 40% ~ 20% ~30% ~50% } O’simliklar tushayotgan quyosh nurining taxminan necha foizini o’zlashtiradi? {=1-5 % ~ 1-10 % ~ 5-10 % ~ 10-15 % } «Yer kodeksi» qachon qabul qilingan? {=1998 ~ 1990 ~ 1995 ~ 1992 } Tuproq qanday tabiiy resurslar tarkibiga kiradi? {=Tugaydigan va qayta tiklanadigan ~ Tugaydigan ~ Tugamaydigan ~Tiklanmaydigan } Kim biogeosenozlar haqidagi tushunchani asoslab berdi? {=V.N.Sukachev ~ A.F.Middendorf. ~ K.Myobius. ~ G.F.Morozov.} Atmosferani ifloslovchi tabiiy omillarga nimalar kiradi? {=Vulqonlarning otilishi, chang-to‘zonlar, o‘simlik va hayvon qoldiqlari ~Chang- to‘zonlar va avtotransportlar ~Sanoat korxonalari va vulqonlarning otilishi ~O‘rmonlarga o‘t ketishi va maishiy chiqindilar } Biosenozning tarkibi {=O‘simliklar, hayvonlar, bakteriyalar, zamburug‘lar. ~Fitosenoz, zoosenoz, suv o‘tlari, hashoratlar. ~Mikosenoz, mikrobiosenoz, sut emizuvchilar. ~Hashoratlar, sodda hayvonlar, baliqlar. } Biosenozdagi ikkala organizm uchun keskin bo‘lgan munosabat? {=Raqobat. ~Mutualizm ~ Neytralizm. ~ Parazitlik. } Ishlov berilgan tuproqlarda gektariga taxminan qancha yomg’ir chuvalchangi to’g’ri keladi? {=350 kg ~ 500 kg ~300 kg ~400 kg } Urbanizatsiya nima? {=Shaharlar salmog‘ining ortishi, shahar turmush tarzining keng yoyilishi ~Ko‘chib yurish ~Qishloqlarning kengayishi ~Aholi turur joylarini qisqarishi} Ozuqa zanjiri deganda nimani tushunasiz? {=Har bir organizmni o‘zidan keyin turgan organizm uchun ozuqa bo‘lib xizmat qilishi tushuniladi. ~Organizmlarning ayrim bo‘g‘inlarni hosil qilishi. ~Ozuqa zanjiridagi organizmlarning bir-biriga munosabati. ~Anorganik moddalarning organik moddalarga aylanishi. } Soyasevar o’simlik keltirilgan javobni belgilang. {=yovvoyi xina ~ Qo’ng’irbosh ~ Qulupnay ~Arg’uvon } Adaptastiya nima? {=yashash sharoitiga moslashish ~ yorug‘likni sevish ~qorong‘ida yashash ~suv muhitiga moslashish } Ekotizim terminini va tushunchasini fanga qaysi olim kiritgan? {=.A.Tensli. ~ K.Myobius. ~ E.Gekkel. ~J.Lamark. } Yer yuzidagi eng katta ekotizimni ajrating? {=Biosfera. ~Ekosfera ~Noosfera. ~Litosfera. } Noosfera tushunchasini fanga kim kiritgan? {= Ye.Lerua. ~E.Gekkel. ~J.Lamark. ~V.Vernadskiy. } Ekologik piramida kim tomonidan tuzilgan? {= Ch.Elton ~I.A.Seversov. ~D.N.Kashkarov. ~Ye.P.Korovin} Ekotizimda moddalar aylanishini ta’minlovchi organizmlar? {=Produsentlar, konsumentlar, redusentlar. ~Parchalovchilar, bakteriyalar, zamburug‘lar. ~O‘simliklar, tuproq, toshlar. ~Sut emizuvchilar, sudralib yuruvchilar, hashoratlar.} Agroekotizimlar qatorini belgilang {=Bedazor, paxtazor, poliz ekinlari. ~Akvarium, xovuz, bug‘doyzor. ~Issiqxona, o‘rmon, tog‘. ~Cho‘l, mevazor, to‘qayzor. } Biosferani ta’rifi? {=Tirik organizmlar tarqalgan qobiq. ~Tirik organizmlar va suv muhiti. ~Tuproq va tuproqdagi organizmlar. ~Troposfera, atmosfera, ekzosfera. } Biosferadagi biologik (kichik) doiradagi moddalar aylanishini aniqlang? {=O‘simliklar, hayvonlar, zamburug‘lar ~Inson, hayvonlar, o‘simliklar. ~Mikroorganizmlar, yirtqichlar, qushlar. ~ O‘simlik, tuproq, atmosfera. } “Biosfera” terminini dastlab kim ishlatgan? {=V.Vernadskiy. ~J.Lamark. ~ V.Sukachev. ~Ye.Lerua. } Biosferaning yangi sifat holati nima? {=Noosfera. ~Litosfera. ~Troposfera ~Ionosfera. } Biosferaning eng yuqori chegarasi. {=Stratosfera. ~Ozon qavati ~Qushlar uchadigan balandlik. ~Jamolungma cho‘qqisi.} Biosferada moddalarning geologik (katta) doirada aylanishi {=Quruqlik bilan gidrosfera o‘rtasidagi aylanish. ~Avtotrof organizmlar o‘rtasidagi aylanish. ~Geterotrof organizmlar o‘rtasidagi aylanish ~Okeanda moddalarning aylanishi. } Biosferaning eng quyi chegarasini aniqlang? {=Gidrosferadagi hayot chegarasi. ~Suv o‘tlari o‘sadigan qatlam ~Quyosh yorug‘ligi tushadigan chuqurlik. ~Mariana cho‘kmasi.} Qaysi javobda antropogen faktor berilgan? {=inson, jamiyat ~ hayvon, mikroorganizmlar ~o‘simlik, suv o‘tlari ~bosim, jamiyat } Pessimum zona nima? {=optimum faktorning ko‘payishi yoki kamayishi ~sovuqqa chidamlik chegarasi ~ yuqori temperaturaga chidamligi ~yer ostida yashashga moslanish chegarasi } Ekologik muammo nima. {=Tabiat bilan jamiyat o‘rtasidagi muvozanatning o‘zgarishi. ~Tabiatning insonga aks ta’siri. ~Tabiatdagi o‘zgarishlar. ~Koinotni Yer sayyorasiga ta’siri.} Redustentlar to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni ko‘rsating? {= mikroorganizmlar, bakteriyalar ~viruslar, hashoratlar ~o‘simliklar, hayvonlar ~ mikroblar, hayvonlar } Atmosferaning necha foizini azot gazi tashkil etadi? {=78 % ~0.03 % ~20.59 % ~ 4 %} Ekologik muammolarning xillarini ajrating? {=Mahalliy, mintaqaviy, umumbashariy. ~ Mahalliy, hayotiy, milliy. ~Siyosiy, global, mahalliy ~ Mintaqaviy, umumbashariy. } Jamiyat va tabiat o‘rtasidagi munosabatlarning buzilishi qanday oqibatlarga olib keladi? {=Ekologik tanglik, ekologik halokat, ekologik inqirozga. ~Jonsiz tabiatning tanazzuliga. ~Urushlarga. ~ Organizmlarni muhitlarga moslashishiga. } Oqova suvlarni tozalashni qanday usullari mavjud? {=Mexanik, fizik-kimyoviy, biologik. ~Mexanik, fizik, biologik, sentrafugalash. ~Mexanik, fizik, biologik, geologik. ~Mexanik, fizik, kimyoviy, tarixiy.} O’simliklarda xlorofill to’planishi uchun qaysi omil zarur? {=yorug’lik ~namlik ~harorat ~antropogen omil } Simbioz hayot kechirish nima? {=birgalikda bir-biriga foyda keltirib yashash ~raqobatda yashash ~qarama-qarshi munosabatda bo‘lish ~kvartirantlik } Biosferada moddalarning kata doirada aylanishi berilgan javobni belgilang. {=quruqlik bilan dunyo okeanlari orasida boradigan jarayon ~moddalarning tirik organizmlar o’rtasida aylanishi ~quruqlikda tuproq bilan organism o’rtasida ~gidrosferada organism bilan suv o’rtasida moddalar aylanishi} “Tabiatni muhofaza qilish” termini dastlab qachon va qaerda tarqaldi? {=1913 yil, Shveysariya. ~1913yil, Angliya. ~1949 yil, Angliya. ~1970 yil, Germaniya. } Tugamaydigan resurslarni ajrating? {=Suv, shamol, quyosh. ~O‘simlik, hayvon. ~Yer osti qazilmalari. ~Havo, okean suvlari, energetik resurslar. } Tugaydigan tiklanmaydigan resurslarni ajrating? {=Yer osti qazilmalari. ~Tuproq, suv. ~Havo, suv. ~ Suv, o‘simlik va hayvonlar.} Tugaydigan tiklanadigan resurslarni ajrating? {=O‘simlik, hayvon, tuproq. ~Suv, havo, energiya ~ Yer osti qazilmalari. ~Tuproq, suv, havo. } Ozon qatlami atmosferaning necha km balandligida joylashgan? {=70 km ~30 km ~40 km ~60 km} Geliofit o‘simlik deb nimaga aytiladi? {=yorug‘sevar ~issiqsevar ~namlikda o‘suvchi ~qorong‘ida o‘suvchi} Asosiy issiqxona effektini paydo bo‘lishiga sababchi gazlar qaysilar? {=Karbonat angidrid, oltingugurt (II) oksidi, azot (IV) oksidi ~Karbonat angidrid, metan, azot (II)oksidi. ~Oltingugurt (II) oksidi, is gazi, karbonat angidrid. ~Oltingugurt (IV) oksidi, kislorod, azot (IV) oksidi.} Shaharlarda atmosferani ifloslovchi asosiy tarmoq qaysi? {=Transport. ~Qishloq xo‘jaligi. ~Sanoat. ~Kommunal-maishiy.} Atmosferani sun’iy ifloslanishida energetika sanoati necha foizni egallaydi? {=20 % ~40 % ~14 ~26 %} Tuproqda kechadigan eroziya turlarining to‘liq qatorini aniqlang? {=Antropogen eroziya, suv eroziyasi, shamol eroziyasi ~ Shamol eroziyasi, deflyasiya. ~ Suv eroziyasi, irrigatsion eroziya. ~Antropogen eroziya.} O’simlikni normal o’sishi va rivojlanishiga to’sqinlik qiluvchi, tuproqning yuza qatlamida natriy, kalsiy, magniy tuzlarining to’planishi nima deyiladi? {=sho’rlanish ~fotosintez ~fotonastiya ~eroziya} O‘zbekiston tuproqlarida eng ko‘p tarqalgan ifloslovchi birikmalarni ajrating? {=Pestisidlar ~Radioaktiv birikmalar. ~Kimyoviy birikmalar. ~Neft va fenollar.} O‘simliklarda latent davr nima? {=spora, urug‘, meva holidagi – tinim davri ~rivojlanayotgan, o‘sayotgan davri ~gullayotgan, meva hosil qiladigan davri ~hosilga kirish davri} Deflyatsiya nima? {=shamol eroziyasi ~suv eroziyasi ~kimyoviy eroziya ~tezlashgan eroziya} O‘zbekiston Respublikasida “Suv haqidagi va suvdan foydalanish to‘g‘risida” gi qonun qachon qabul qilindi? {=1993 yil 6 may ~1994 yil 6 may. ~1995 yil 26 dekabr. ~1996 yil 26 dekabr.} O‘zbekiston Respublikasida “Tabiatni muhofaza qilish” haqidagi qonun qachon qabul qilindi? {=1992 yil 9 dekabr. ~1993 yil 9 dekabr. ~1996 yil 9 dekabr. ~1996 yil 26 dekabr.} 1,5 ming yil avval o’rmonlar yer yuzining necha foizini tashkil etgan? {=47 % ~27 % ~50 % ~60 %} Sho‘rlanish qanday hosil bo‘ladi? {=Tuproqning yuza qatlamida natriy, magniy, kalsiy tuzlarining to‘planishi ~Tuproqning yuza qatlamida natriy, magniy, alyuminiy tuzlarining to‘planishi. ~Tuproqning yuza qatlamida kalsiy, natriy, mis tuzlarining to‘planishi. ~Yer osti suvlarining ko‘tarilishi va tuzlarning ko‘p miqdorda to‘planishi.} Etologik tuzilma nima? {=xulq-atvor, hatti-harakat ~jinsiy tuzilmasi ~generativ tuzilmasi ~tinim holati} Oqova suvlarni tozalash necha xil usulda olib boriladi? {=4 xil ~3 xil ~2 xil ~5 xil } Maishiy turmushdagi oqova suvlar, daryo va ko‘l suvlarini qanday kasallik tug‘diruvchilar bilan ifloslanish manbaiga olib keladi? {=Bakteriyalar, gelmentlar ~Bakteriyalar. ~Zamburug‘lar, gelmentlar ~Viruslar.} Har yili Orol dengizining qurigan tubidan necha tonna tuz va chang ko’tariladi? {=15-75 mln tonna ~50 mln tonna ~75 mln tonna ~15 mln tonna} Dunyo o‘simlik va hayvon turlari xilma-xilligini ko‘rsating? {=O‘simliklar 500 ming, hayvonlar 1,5 mln. ~O‘simliklar 550 ming, hayvonlar 1,6 mln. ~O‘simliklar 700 ming, hayvonlar 1,7 mln. ~O‘simliklar 1 mln., hayvonlar 2 mln.} 1985-yil Ozon qatlamini muhofaza qilish konvensiyasi qayerda tuzilgan? {=Venada ~Nyu-Yorkda ~Parijda ~Ashxabodda} BMT da atrof muhitni muhofaza qilishning umumjaxon partiyasi nechanchi yilda qabul qilingan? {=1982-y ~1972-y ~1983-y ~2000-y} O‘zbekiston Respublikasida “O‘simliklar dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish” to‘g‘risidagi qonun qachon qabul qilindi? {=1997 yil 26 dekabr. ~ 1993 yil 25 dekabr. ~1994 yil 28 dekabr. ~1998 yil 9 dekabr.} O‘zbekiston Respublikasi hududida qancha o‘simlik turi mavjud? {=4500 ga yaqin. ~4600 ga yaqin. ~4700 ga yaqin. ~5000 ga yaqin.} O’lkamizda baliq ovlash xo’jaliklari maydoni qancha? {=38 mln ga ~40 mln ga ~20 mln ga ~10 mln ga} Birinchi Xalqaro “Qizil kitob” qachon yaratilgan? {=1966 yil. ~1978 yil. ~1979 yil. ~1983 yil.} O‘zbekistonda “Qizil kitob” qachon ta’sis etildi? {=1983 yil. ~1978 yil. ~1980 yil. ~1984 yil.} Sukkulent o’simlikni belgilang. {=kaktus ~qulupnay ~arg’uvon ~saksovul} Ozbekistondagi sudralib yuruvchilarning endemic turlar soni nechta? {=30 ta ~58 ta ~424 ta ~8 ta} O‘zbekiston Respublikasida “Hayvonot olamini muxofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida” gi qonun qachon qabul qilingan? {=1997 yil. ~1992 yil. ~B. 1993 yil. ~1998 yil. } O‘zbekiston “Qizil kitobi” ga umurtqali hayvonlarning qancha turi kiritilgan? {=65 ~63 ~33 ~22} Qo‘riqxona nima? {=Inson xo‘jalik faoliyati butunlay ta’qiqlangan hudud. ~Tabiiy resurslardan qisman foydalaniladigan hudud. ~ Ayrim hayvonlar muhofazaga olingan hudud. ~ Inson xo‘jalik faoliyati hamda ilmiy maqsadda foydalaniladigan hudud.} O‘zbekistonda birinchi qo‘riqxona qachon tashkil topgan? {=1929 yil. ~1926 yil. ~1949 yil. ~1983 yil.} O‘zbekistondagi biosfera qo‘riqxonasini ajrating? {=Chotqol. ~Zomin. ~Nurota. ~ Hisor.} Buyurtmaxonani to‘g‘ri ko‘rsating? {=Qo‘shrabot. ~Yozyovon. ~Kitob. ~Zomin.} Qo‘riqxonani to‘g‘ri toping? {=Baday-to‘qay. ~Mingbuloq. ~Oqtog‘ ~Xubara.} O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining qaysi moddalarida atrof-muhit masalalari ko‘rilgan? {=50, 55, 100 ~50, 53, 54. ~50, 53, 58. ~50, 55, 105.} O‘zbekistondagi milliy bog‘ni aniqlang? {=Ugom-Chotqol ~Dengizko‘l ~Chotqol. ~Sayg‘oqli.} Abiotik omilni belgilang {=yong’in ~fitogen ~zoogen ~mikogen} Ekologik uzluksiz ta’lim bosqichlari to‘liq qatorini aniqlang. {=Oila, bog‘cha, maktab, o‘rta maxsus, oliy ta’lim, malaka oshirish, mahalla. ~Bog‘cha, o‘rta maxsus, mahalla, ishlab chiqarish. ~Maktabdan tashqari muassasa, malaka oshirish, mahalla. ~Bog‘cha, institut, mahalla.} Abiotik faktorlar to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni belgilang: 1.bosim; 2.bakteriyalar; 3. yorug‘lik; 4.mikroorganizmlar; 5.harorat; 6.odam; 7.hayvonlar. {=1,3,5 ~1,4,5 ~2,3,4 ~5,6.7} Ozon qatlamining yemirilish sabablari {=Xlorftormetan (freonlar) birikmalar. ~Ultrabinafsha nurlar. ~Zavod va fabrikalardan chiqadigan uglerod oksidlar. ~Avtotransportlardan chiqadigan gazlar. } Shovqinga ta’rif bering? {=Musiqaviy xususiyatga ega bo‘lmagan yoqimsiz va havfli ovoz. ~Korxonalar ovozi. ~Avtomagistral yo‘llaridagi shovqin-suron. ~ Rok, pop musiqalari.} Shovqinni o‘ta havfli turini ko‘rsating. {=130 DB dan 200 DB gacha shovqin. ~0-50 DB. ~60-90 DB. ~100-120 DB.} Biotik faktorlar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni ko‘rsating: 1. o‘simliklar; 2. suvning sho‘rlanish daralasi; 3. hayvonlar; 4.namlik; 5. yorug‘lik; 6. harorat;. {=1,3 ~1,2 ~2,3 ~3,4} “Qizil kitob”ga mansub turlar kategoriyalari {=Yo‘qolgan, noyob, yo‘qolib borayotgan, kamayib borayotgan turlar. ~Yo‘qolib borayotgan, kamayib borayotgan, yo‘qolish arafasida turgan turlar. ~Noyob, yo‘qolib borayotgan turlar. ~Endem, kamayib borayotgan.} O‘zbekistondagi davlat pitomnigi nomini ko‘rsating {=”Jayron”. ~Baday-to‘qay. ~Mingbuloq. ~Zarafshon.} Tuproq eroziyasining turlari {=antropogen. normal, tezlashgan. ~Suv, shamol, antropogen. ~Antropogen, tezlashgan, shamol. ~Suv, normal, deflyasiya.} Sun’iy radioaktivlikni keltirib chiqaruvchi omillar {=Yadro qurollarini sinash, atom elektr stansiyalar, rudalarni qazish. ~Antropogen, fizik, kimyoviy. ~Chiqindi, radioaktivlik. ~Fizik, kimyoviy.} Tuproqni ifloslantiruvchi manbalar {=Qishloq xo‘jaligi, sanoat korxonalari, maishiy chiqindilar. ~Sanoat korxonalari, maishiy chiqindilar, yerlarni xaydash. ~Maishiy chiqindilar, o‘simlik, xayvon qoldiqlari. ~Neft mahsulotlari, biogen moddalar.} Optimum zona deb nimaga aytiladi? {=Faktorning organizmga eng qulay ta’sir etish chegarasi ~Organizmlarni yorug‘likka chidash darajasi ~Organizmlarni bosimga chidamligi ~Qorong‘ulikda yashashga moslashishi} O’zbekiston umumiy yer fondining necha foizini sug’oriladigan yerlar tashkil etadi? {=10 % ~20 % ~30 % ~30 %} Ekologiya terminini kim va nechanchi yilda fanga kiritgan? {=E.Gekkel 1866 yil ~ D.Kashkarov 1988 yil ~ E.Korovin 1855 yil ~Ch. Elton 1912 yil} Qaysi javobda antropogen omil berilgan? {= Inson, jamiyat ~ Hayvon, mikroorganizmlar ~ O‘simlik, suv o‘tlari ~ Hayvon, jamiyat } Atmosfera qatlamlarini ketma-ketlikda keltirilgan to‘g‘ri javob qaysi? {= Troposfera, stratosfera, mezosfera, termosfera, ekzosfera ~ Stratosfera, ionosfera, mezosfera, ekzosfera ~ Strapauza, troposfera, ekzosfera ~ Troposfera, stratosfera, ekzosfera, termosfera } Troposferada 100 metrga ko‘tarilgan sari harorat qanday o‘zgardi? {= 100 ga tushadi ~ 0.60 ga pasayadi ~ o‘zgarish bo‘lmaydi ~ 0.60 ga ko‘tariladi } Resurs so‘zi qanday ma’noni anglatadi? {=Fransuzcha, yashash vositasi ~ Grekcha, qazilma ~ Lotincha, boylik ~ Inglizcha, yer osti boyligi} Atmosferada kislorodning asosiy qismi qanday hosil bo‘ladi? {= O‘simliklarda fotosintez jarayonida suv va karbonad angidridning birikishidan ~ Havoda azot oksidlarining parchalanishidan ~ Karbonad angidridning hosil bo‘lishidan ~ Fotosintez jarayonida sulfat oksidlarining parchalanishi} Bir kishi sutka davomida o’rtacha qancha havo bilan nafas oladi? {=25 kg ~20 kg ~30 kg ~40 kg} Termosfera qanday balandlikda joylashgan? {=80-800 km ~ 100-200 km ~ 300 km ~ 400 km } Atmosferaning iflosloslanishi qanday bo‘ladi? {= Tabiiy va sun’iy. ~ Faqat tabiiy. ~ Faqat sun’iy. ~Tabiiy, sun’iy va kimyoviy.} Biosferada oraliq modda qanday hosil bo’ladi? {=o’lik va tirik moddalarning birgalikdagi faoliyati tufayli ~o’lik moddalarning faoliyati tufayli ~tirik moddalarning faoliyati tufayli ~oraliq modda hosil bo’lmaydi} Ekosistema tushunchasini fanga kim kiritgan? {= A.Tensli ~ D.Kashkarov ~ E.Korovin ~ Ch. Elton} Sayyoramizdagi barcha tirik organizmlar yig‘indisini V.Vernadskiy nima deb atagan? {= Tirik modda ~ O‘lik modda ~ Organik modda ~ Anorganik modda} Biogeosenozlarning asosiy komponentlariga qaysilar kiradi? {= Tog‘ jinslari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi. ~ Tog‘ jinslari, osmon va bulutlar, yomg‘irlar ~ Faqat o‘simlik dunyosi. ~ Bulutlar, suv, atmosfera.} Suvning tabiatda aylanishini qaysi kuchlar ta’minlaydi? {= Quyoshning issiqlik energiyasi va og‘irlik kuchi ~ Og‘irlik kuchi ~ Issiqlik energiyasi va mexanik kuch. ~ Mexanik kuch.} Tabiiy chuchuk suvlarning hosil bo‘lishida nima asosiy rol oynaydi? {= Artezian quduqlar ~ Suv tozalash inshootlari ~ Yomg‘irlar. ~ Sanoat oqova suvlari. } O’simliklar nima hisobiga yashaydi? {=karbonat angidrid, suv, kislorod, mineral tuzlar ~karbonat angidrid, kislorod, mineral tuz ~mineral tuz, suv ~kislorod, karbonat angidrid} Tabiiy resurslar nechta katta guruhga bo‘linadi. {=2 ta ~1 ta ~3ta ~4ta } Biosfera qaysi qobiqlarni o‘z ichiga oladi. {= Atmosfera, gidrosfera va litosfera ~Litosfera va gidrosfera ~ Atmosfera va gidrosfera ~ Faqat litosfera} O‘zbekistonda ekologik yo‘nalishdagi ishlarning asoschilari kimlar. {=D.Kashkarov va E.Korovin ~ V.T.Zohidov ~ X.Solihboyev ~N.Severtsov } Tirik organizmlar jamoasi va ularning yashash muhitini o‘z ichiga olgan funksional sistema nima deb ataladi. {=Ekosistema ~Biosenozlar ~ Populyatsiya ~ Biosfera} Ekosistemadagi organizmlarning alohida to‘plami nima. {=Biosenoz ~ Fitosenoz ~ Zoosenoz ~ Ekosistema } Atmosfera havosi tarkibida 78% bo‘lgan tabiiy zarracha nima. {=N2 ~ O2 ~ H2 ~ CO2} Atmosferani ifloslovchi moddalar nechaga bo‘linadi va qanday? {= 2 ta, tabiiy va sun’iy ~ Faqat sun’iy ~ 1 ta fizikaviy ~ 3 ta, fizikaviy, kimyoviy, biologik } Konstitutsiyaning qaysi moddasida “Fuqarolar atrof-tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo’lishga majburdirlar” deb yozilgan? {=50-modda ~55-modda ~100-modda ~105-modda} V.N.Sukachov 1942 yilda qanday atamaga asos solgan. {= Biogeosenoz ~ Biosenoz ~ Fitosenoz ~ Zoosenoz } Noosferaning lug’aviy ma’nosi? {=fikrlovchi qobiq ~rivojlangan qobiq ~rivojlanmaydigan qobiq ~sun’iy qobiq} Dunyo bo’yicha qancha azot fiksatsiya qilinadi? {=20 mln.tonna ~30 mln.tonna ~25 mln tonna ~35 mln tonna} Xavfli kantserogen moddani belgilang. {=nitrozamin ~pestitsid ~gerbitsid ~freon} «Tabiatni muhofaza qilish» to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi qonuni qachon qabul qilingan? {= 1992 y ~ 1991 y ~ 1993 y ~ 1994 y } Qayta tiklanmaydigan resurslar qaysilar? 1. temir rudasi. 2. oltin. 3. o‘simliklar. 4. neft. 5. tuproq {= 1,2,4 ~ 1,2,3 ~1,3,4 ~ 2,3,4} Yer sharini suvdan iborat bo‘lgan qobig‘i qanday ataladi? {= Gidrosfera ~ Troposfera ~ Atmosfera. ~ Strotosfera } Atmosferada sodir bo‘ladigan jarayonlar qaysi energiya hisobiga bo‘ladi? {=Quyosh ~ Toshko‘mir ~ Fotosintez ~ Issiqlik} Iqlim qanday resurs hisoblanadi? {=tugamaydigan ~tugaydigan ~tiklanmaydigan ~tiklanadigan } Atmosferada uchraydigan inert gazni belgilang. {=geliy ~azot ~kislorod ~karbonat angidrid} Tabiat yodgorligini belgilang. {=Vardanzi ~Zomin ~Chotqol ~Ugom-Chotqol} Yer sharining quruqlik maydoni qancha? {= 149 mln.km2 ~ 100 mln.km2 ~ 169 mln.km2 ~ 150 mln.km2} Tuproq deb nimaga aytiladi? {= Yer qobig‘ining yuza qismidagi g‘ovak, zarrachalardan iborat hosildor qismiga ~ Yer qobig‘ining chuqur qismidagi ona jinsiga ~ Yer qobig‘ining yuza qismidagi mineral o‘g‘itlar qismiga. ~ Yerning qoplami.} O’simlikka tushayotgan quyosh nurining necha foizi suv bug’latishga sarf bo’ladi? {=75 % ~50 % ~20 % ~1-5 %} Ko’pchilik tirik organizmlar hayoti necha gradus oralig’ida o’tadi? {=0-50 ~0-70 ~0-55 ~0-60} Geotermal energiya qanday energiya hisoblanadi? {= Yer osti issiq suvlari ~Atom energiyasi ~ Suvni ko‘tarilish va tushish energiyasi ~ Suv energiyasi} Landshaft deb nimaga aytiladi? {= Geologik zamini, rel’efi, iqlimi, tuproqlari, o‘simliklar turkumiga va o‘z chegaralariga ega bo‘lgan hudud ~ Kishilarni moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish manbai bo‘lgan atrof tabiiy muhit ~ Hayvonot dunyosi, gidrologik rejimining bir xilligi bilan ajralib turadigan va ma’lum chegaralarga ega bo‘lgan hudud tushuniladi ~ Yerning umumiy ko‘rinishi.} Landshaft so‘zi qaysi tildan olingan va qanday ma’noni bildiradi? {=Nemischa yer manzarasi ~ Lotincha boy ~ Fransuzcha, yashash vositasi ~ Grekcha, qazilma} Qaysi jarayonlar tuproq eroziyasiga olib keladi? {= Yerlarni noto‘g‘ri haydash, bostirib sug‘orish, qayta sho‘rlanish, zaharli kimyoviy moddalar solish, o‘rmon va to‘qaylarni qirqib yubirish, yaylovlarda chorva mollarini boqish normasiga amal qilmaslik, Dehqonchilik yuritishning noto‘g‘ri usullaridan foydalanish, gidrotehnika tadbirlarining noto‘g‘ri yo‘lga qoyilishi ~ Yerlarni noto‘g‘ri haydash, bostirib sug‘orish, qayta sho‘rlanish, zaharli kimyoviy moddalar solish ~ O‘rmon va to‘qaylarni qirqib yubirish, yaylovlarda chorva mollarini boqish normasiga amal qilmaslik ~ Dehqonchilik yuritishning noto‘g‘ri usullaridan foydalanish, gidrotehnika tadbirlarining noto‘g‘ri yo‘lga qoyilishi} Atmosfera qanday qobiq? {= Havo qobig‘i ~ Ozon qatlami ~ Havo bosimi ~ Ekzosfera, termosfera } Ozon tuynuklari qanday hosil bo‘ladi? {= Atmosferaga ko‘plab freon, oltingugurt gazi, sulfat oksidi, CO2 , azot ksidi, kosmik kemaning fazoga chiqishidan ~ Havoda azot oksidlarining parchalanishidan ~ Karbonat angidridning hosil bo‘lishidan ~ Havodagi turli xildagi zararli changlardan. } Atmosfera havosiga chiqindi gazlarni chiqaruvchi asosiy manba nima? {=Transport vositalari va sanoat korxonalari ~ Transport vositalari ~ O‘rmon yong‘inlari ~ Sanoat korxonalari} Kislotali yomg‘irlar qanday sodir bo‘ladi? {= Qazilma yoqilg‘i yondirilganda chiqindi gazlar tarkibida oltingugurt va azot qo‘sh oksidlarining birikishi bilan ~Yog‘in sochin miqdori ko‘payib, havo o‘zgarishi bilan ~ Muzliklarning erishi, suv sathining ko‘tarilishi bilan ~ Metiotitlarning yerga urilishi ta’siridan.} Havodagi ozon miqdori qaysi faslda ko‘payadi? {= Bahor ~ Qish ~ Kuz. ~ Yoz. } Fotokimyoviy smog nima? {= Sanoat va transport chiqindi gazlarining quyosh nurlari ta‘sirida reaksiyaga kirishib, xavfli birikmalarni hosil qilishi ~ Yer atmosferasi haroratining o‘sishi ~ Karbonat angidridning hosil bo‘lishi va havoda azot oksidlarining parchalanishi ~ Xavfli biriklarni hosil qilish.} Suv resurslarini muhofaza qilish maqsadida qanday qonun qabul qilingan? {= 1993 yil 6 mayda «Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida» O‘zbekiston Respublikasi qonuni ~1992 yil 3 iyulda O‘zb Res «Davlat sanitar nazorat qonuni» ~ 1994-yil 7 aprelda O‘z R.V.M. ning «Suv manbalarining suvni muhofaza qilish zonalari haqida» 174-sonli qarori ~ 1990-yil 8 iyulda «Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida» O‘zbekiston Respublikasi qonuni} Suv tarkibidagi mikroelementlarning yetishmasligidan qanday kasalliklar kelib chiqadi? 1. Kamqonlik; 2. Bo‘qoq; 3. Ichburug‘; 4. Karies; 5. Filyuroz 6. Tif {= 1,2,4,5 ~ 1,2,3,4 ~ 1,4,5,6 ~ 1,3,5,4} Suvning ifloslanishidan qanday kasalliklar kelib chiqadi? 1. Oshqozon-ichak 2. Teri raki 3. Sariq kasalligi 4. O‘pka raki 5. Ichburug‘ 6. Tif {=1,3,5,6 ~ 1,2,4,5 ~ 2,3,4,5 ~ 4,5,6 } Atmosferaning ifloslanishidan qanday kasalliklar kelib chiqmoqda? 1. ekzema 2.tif 3. surunkali bronxit 4. ichburug‘ 5. jigar serrozi {= 1,3,5 ~ 1,2,4 ~ 2,4,5 ~ 3,4,5} Respublikamizda nechta qo‘riqxona bor? {= 9 ta ~ 10 ta ~ 8 ta ~ 6 ta} Qashqadaryo hududida qanday qo‘riqxona joylashgan? {= Kitob geologic ~ Miroqi ~ Hisor ~ Konli } Tugunak bakteriyalar yiliga qancha azot to’playdi? {=350 kg ~400 kg ~500 kg ~200 kg} Madaniy landshaft – bu…… {= Inson faoliyatining ta‘sirida ma‘lum darajada o‘zgartirilgan tabiiy komplekslar ~ Yer yuzasining real xolatida mavjud bo‘lgan qismi. ~ Tabiiy hududiy kompleks ~ Inson faoliyati natijasida ayrim joylarda o‘zgartirilgan landshaft} «Qizil kitob»ga kiritilgan hayvonlarni ko‘rsating? 1. Qor barsi; 2. Buxoro bug‘usi; 3. Menzbir sug‘uri; 4. Tulki; 5. Bo‘ri; {=1,2,3 ~ 1,3,4 ~ 2,3,4 ~ 3,4,5} Hayvonot olami qanday resurs hisoblanadi? {=tugaydigan, tiklanadigan ~tugaydigan ~tugamaydigan ~tugaydigan tiklanmaydigan} Foydali qazilmalarni muhofaza qilishda, ulardan oqilona foydalanishning asosiy vazifalarini ko‘rsating? {= Yoqilg‘i energetika resurslaridan tejamkorlik bilan foydalanishga erishish. ~ Foydali qazilmalarni qidirib topish, qazib olish, tashish va tabiiy komplekslarga ta‘sirini kamaytirish. ~ Mineral resurslardan tejab qayta foydalanish. ~ Foydali qazilmalarni qazib olish.} Halqaro «Qizil kitob» qachon e‘lon qilindi? {= 1966 y ~ 1960 y ~ 1962 y ~ 1963 y} Oqova suvlarini tozalash necha xil yo‘l bilan olib boriladi va qanday? {= 4 xil; mexanik, fizik, ximik va biologik ~ 3 xil; mexanik, fizik, ximik ~ 2 xil; biologik, ximik ~ faqatgina 1 usulda kimyoviy}. Dunyo issiqxonasi deganda nimani tushunasiz? {= Atmosferadagi CO2 miqdorining oshishi ~ Atmosferadagi NO2 miqdorining ortishi ~ Atmosferadagi sulfat oksidlarining miqdori ortishi ~ Atmosferadagi NO miqdorining ortishi.} Tabiatni muhofaza qilish» termeni dastlab nechanchi yilda va qayerda o‘tkazilgan s‘ezddan so‘ng tarqaldi? {= 1913 yilda, Shveytsariyada ~ 1913 yilda, Londonda ~ 1914 yilda, Londonda ~ 1914 yilda, Rimda} Inson bu………… {= Tirik organizmlar turkumiga kiruvchi murakkab ijtimoiy va mehnat faoliyatini yurgizuvchi individ ~ Butun borliq olam va uning xilma-xil shakllari ~ Insonlarning tarixan qaror topgan birgalikdagi faoliyatlari majmuiga ~ Evolutsion rivojlanish mahsuli.} Tuproq asosan tuzilishiga ko‘ra necha qatlamga ajratiladi? {=3 ~ 1 ~ 2 ~ 4} Tabiatni muhofaza qilish fanining asosiy vazifalari nimalar? {= Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, chiqindisiz ishlab chiqarishni joriy qilish, atrof muhitni ifloslanishidan saqlash, salbiy o‘zgarishlarni bashorat qilish ~ Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish ~ Chiqindisiz ishlab chiqarishni joriy qilish ~ Atrof muhitni ifloslanishidan saqlash, salbiy o‘zgarishlarni bashorat qilish} Jamiyat bu………… {= Insonlarning tarixan qaror topgan birgalikdagi faoliyatlari majmui ~ Kishilarning moddiy va ma‘naviy ehtiyojlarini qondirish manbai bo‘lgan atrof tabiiy muhit ~ Inson va yashab turgan muhit o‘rtasidagi o‘zaro ta‘sir muammosi ~ Tirik organizmlar turkumiga kiruvchi borliq} Noosfera qanday qobiq? {= Aql, zakovat qobig‘i ~ Hayot qobig‘i ~ Issiq qobiq ~ Tosh qobig‘i} Tabiat bu……….. {= Kishilarning moddiy va ma‘naviy ehtiyojlarini qondirish manbai bo‘lgan atrof tabiiy muhit ~ antropogen ta’sirda shakllangan muhit ~ Inson yashab turgan muhit ~ Butun borliq, olam va uning xilma-xil shakllari, kishilarning moddiy va ma‘naviy ehtiyojlarini qondirish manbai bo‘lgan atrof tabiiy muhit } Suv eroziyasi asosan qaerda kuzatiladi? {=sug’oriladigan qiyaliklarda ~ Tog‘ oldi va tog‘ rayonlarida ~ Okeanlarda ~ Ochiq dengizlarda} Tuproqlarning sho‘rlanishi nima? {= Mineral o‘g‘itlarning miqdorini oshib ketishi ~ Nam ko‘p joylarda kuzatiladi ~ Sug‘orishni noto‘g‘ri olib borganda yer osti suvlari sathining ko‘tarilishi ~ Tuproq resurslaridan noto‘g‘ri foydalanish} Kiota bayonnomasi qachon imzolandi? {= 1998 yilning noyabrida ~ 1999 yilning avgustida ~ 1993 yilning dekabrida ~ 1998 yilning fevralida.} Shamol eroziyasi asosan qaerda kuzatiladi? {= Tekisliklarda ~ Tog‘ oldi va tog‘li rayonlarda ~ Dengizlarda ~ Adirlarda} Konstitutsiyaning qaysi moddasida tuproq va boshqa tabiiy resurslar umummilliy boylik ekanligi aytilgan? {=55-modda ~50-modda ~53-modda ~100-modda} Atmosferaning eng xavfli ifloslanishi qaysi? {= Radioaktiv ifloslanishdan ~ Sanoat korxonalaridan ~ Kosmik fazolardan ~ Avtomobillardan } Toza atmosfera havosi tarkibida asosiy gazlar miqdori (% hisobida) to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni toping? {= N-78,09; O2-20,95; CO2 -0,03; Ar -0,93; ~ H2S -0,1; CH4-0,1; N-78,1; SO2- 1,5 ~ N-61,0; O2-19,0; CO2-10,0; Ar-1,0 ~ N-78,1; O2-20,5; SO2- 1,0; CO2 -0,5 } Ekologik halokat nima? {= Ekosistemalarning qayta tiklanmaydigan darajada buzilishi natijasida o‘ta salbiy iqtisodiy oqibatlari ~ Atrof muhit ifloslanishi ~ Ekologik muammolarning keskinlashuvi ~ Tabiatning ifloslanish darajasining yuqori bosqichi.} Qo‘riqxona deb nimaga aytiladi? {= Insonning har qanday xo‘jalik faoliyati ta’qiqlangan tabiat kompleksi asl holida saqlanadigan hududlarga aytiladi ~ Noyob va yo‘qolib borayotgan turlarning muhofazasiga aytiladi ~ Yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan o‘simlik va hayvonot dunyosi muhofazasiga aytiladi ~ Muhofaza olingan va ”Qizil kitobga ” kiritilgan o‘simlik va hayvonot dunyosi muhofazasiga aytiladi} Nima uchun sayyoramiz o‘rmonlari qisqarib bormoqda? {= O‘rmonlarni o‘tin va qurilish materiali maqsadida kesilishi orqali ~ O‘rmon yong‘inlari tufayli ~ Daraxtlarni qurilish materiallari uchun kesilishi sababli ~ Yangi yerlarni ochilishi tufayli} Arid oblast qanday oblastlar hisoblanadi? {= Qurg’oqchil oblastlar ~Nam oblastlar ~Issiq oblast ~Sovuq oblastlar} Gidrofit o’simlikni belgilang. {=g’inchak ~suv o’tlar ~kaktus ~B va C} Ozon qatlamini himoya qilish (Vena) konvensiyasi nechanchi yil tashkil etilgan? {=1985-y ~1989-y ~1992-y ~1987-y} Yovvoyi tabiatni muhofaza qilish jahon fondiga qachon asos solingan? {=1963-y ~1970-y ~1965-y ~2000-y} “Atmosfera havosini muhofaza qilish haqidagi” qonun qachon qabul qilingan? {=1996-y 27-dekabr ~1994-y 22-sentabr ~1991-y 20-noyabr ~1994-y 6-may } O’zbekistonda chop etilgan yangi “Qizil kitob” da sutemizuvchilarning nechta turi kiritilgan? {=24 ~51 ~16 ~18} O’zbekiston Qizil kitobining 2-jildi qachon e’lon qilindi? {=1984-y ~1983-y ~2000-y ~1980-y} Bodhiz qo’riqxonasida qaysi hayvon asralmoqda? {=qulon ~sayg’oq ~qor barsi ~sobol} Fotosintez orqali haodagi karbonat angidrid har necha yilda bir marta yangilanib turadi? {=7 yilda ~5800 yilda ~5.8 mln yilda ~10 yilda} O’zbekiston o’rmonlari o’zining xususiyatlari bilan qanday o’rmonlarga ajratiladi? {=tog’, cho’l, to’qayzor, vodiy o’rmonlari ~tog’, cho’l, vodiy o’rmonlari ~ cho’l, to’qayzor o’rmonlari ~ to’qayzor, vodiy o’rmonlari} Suv va shamol bilan bog’liq ravishda insonning xo’jalik faoliyatini noto’g’ri yurgizilishi tufayli yuzaga keladigan erroziyani belgilang. {=antropogen ~suv erroziyasi ~shamol eroziyasi ~kimyoviy erroziya} “Suv va suvdan foydalanish to’g’risida” O’zbekiston Respublikasi qonuni qachon qabul qilingan? {=1993-y 6-may ~1992-y 7-aprel ~1992-y 3-iyul ~1995-y 6-may } Oqava suvlarni tozalashning kimyoviy usulini belgilang. {=suvni xlorlash, ozonlash ~suvda erimaydigan jismlarni panjarada ushlab qolish ~ xlorella yordamida tozalash ~ionlar, kationlardan foydalanish} Oqova suvlarni suv o’tlar (xlorella) dan foydalanish suvni tozalashning qaysi usulga kiradi {=biologic ~kimyoviy ~fizik ~mexanik} Suv yer sayyorasining necha foizini tashkil etadi? {=70 % ~80 % ~60 % ~75 %} Havoda oltingugurt oksidi ko’p bo’lishi natjasida qaysi kasalliklar kelib chiqadi? {=bronxit, gastrit ~teri kasalliklari ~ jigar kasalliklari ~ko’z kasalliklari} Atmosferada kislorodning miqdori qancha? {=20,95 % ~0,03 % ~78,08 % ~4%} Sanoat va transportdan chiqqan gazlar transpiratsiyani necha barobarga kamaytiradi? {=3 barobar ~5 barobar ~2 barobar ~6 barobar} Troposferanin qalinligi qancha? {= yer sirtidan 0-15 km gacha ~15-50 km ~50-8- km ~80-800 km} Yerning havo qobig’ini belgilang. {=atmosfera ~gidrosfera ~litosfera ~biosfera} Angren toshko’mir konining zaxirasi qancha? {=1885 mln tonna ~5 mln tonna ~175 mln tonna ~3500 mln tonna} Tugamaydigan tabiiy resursni belgilang {=atmosfera havosi, shamol energiyasi ~hayvonot olami ~tuproq, o;simliklar olami ~yer osti boyliklari} Yer osti boyliklari qanday resurs hisoblanadi? {=Tugaydigan, tiklanmaydigan ~Tugaydigan, tiklanadigan ~Tugamaydigan ~Tugamaydigan, tiklanadigan} Noosferaning lug’aviy ma’nosi nima? {=fikrlovchi qobiq ~tirik qobiq ~shahar ~havo qobig’i} Eng kichik viruslarning kattaligi qancha? {=20 nm ~30 nm ~33m ~50 nm} Ma’lum maydondagi madaniy va begona o’tlar majmuyi nima deb ataladi? {= Agrofitotsenoz ~Agroekotizim ~noosfera ~biosfera} Assimilyatsiya jarayonida to’plangan energiyani boshqa organizmlarga beruvchilar nima deb ataladi? {=produsentlar ~redusentlar ~konsumentlar ~geterotroflar} Fotosintez qiluvchi organizmlar yorug’lik energiyasini qanday energiyaga aylantiradi? {=bog’langan kimyoviy energiya ~erkin kimyoviy energiya ~issiqlik energiyasi ~mexanik energiya} Moddalar aylanishiga ega bo’lgan har qanday tirik organizmlar yig’indisi va abiotic muhit nima deb ataladi? {=ekotizim ~biosfera ~noosfera ~agrosenoz} Daraxt tanasida yashovchi turlar nima deb ataladi? {=epifit turlar ~epifil turlar ~konsumet ~redusent} Daraxt barglariga yopishgan holda yashovchi turlar nima deb ataladi? {=epifil turlar ~epifit turlar ~konsument ~redusent} Muayyan tashqi muhit sharoitida o’simliklar, hayvonlar, ayrim zamburug’lar va mikroorganizmlarning birgalikda yashashi nima deb ataladi? {=biogeosenoz ~ekositema ~noosfera ~agrosenoz} O’simliklar jamoasida fotosintezning foydali ish koeffesienti qanchaga teng? {=5% ~10 % ~12 % ~20 %} Ekotizimning hayoti nimaga bog’liq? {=energiya oqimiga ~tuproq omiliga ~namlik omiliga ~inson omiliga} Populyatsiyaning soni nimaga bog’liq? {=yosh va jinsiy tarkibga ~abiotik omillarga ~biotik omillarga ~yoshiga} Karam kapalagi qo’ygan tuxumining qancha qismi kapalakka aylanadi? {=0,32 % ~50 % ~40 % ~20 %} Qaysi hayvonlar populyatsiyasining dinamikasi ozuqa yetarli bo’lishiga bog’liq? {=olmaxon, quyon ~molluskalar ~toshbaqalar ~sherlar} Unchalik kata bo’lmagan maydonni egallagan biron tur organizmlar yig’indisiga qanday populyatsiya deyiladi? {=lokal ~geografik ~ekologik ~global} Cho’lda va tundrada yashovchi dala sichqonlari populyatsiyasi qanday populyatsiyaga misol bo’ladi? {=geografik ~lokal ~ekologik ~global} Poykilokserofit organizmni belgilang. {=lishaynik va moxlar ~tuya ~midiya ~qisqichbaqa} Qurg’oqchil sharoitda yashovchi organizmlar nima deb atladi? {=kserofit ~gidrofit ~gigrofit ~mezofit} Yog’ingarchilikning yillik miqdori bug’lanishning yillik miqdoridan ortiq bo’lgan joylar nima deb ataladi? {=gumid oblast ~arid oblast ~suvli oblast ~quruq oblast} Sukkulent o’simlikni belgilang. {=kaktus ~g’ichchak ~suv nilufari ~nayzabarg} Tashqi muhit sharoitining pasayishig javoban faol ravishda tanadan issiq ajralishi nima deyiladi? {=kimyoviy termoregulyatsiya ~fizik termoregulyatsiya ~fiziologik termoregulyatsiya ~gomeostaz} Tanadan issiq ajratishining ajratishi, ya’ni ortiqcha bo’lsa tashqariga chiqarib yuborish yoki uni ushlab qolish nima deyiladi? {=fizik termoregulyatsiya ~kimyoviy termoregulyatsiya ~fiziologik termoregulyatsiya ~gomeostaz} past harorat ta’sirida yashovchi o’simliklar nima deb ataladi? {=psixrofil o’simliklar ~termofil o’simliklar ~mezofil o’simliklar ~gidrofil o’simliklar} Yuqori harorat ta’sirida yaxshi o’sib rivojlanadigan o’simliklar nima deb ataladi? {=termofil o’simliklar ~psixrofil o’simliklar ~mezofil o’simliklar ~gidrofil o’simliklar} Dengiz, ocean suvlari tubida yashaydigan jonivorlar o’z tanasidan nur chiqarish qobiliyatiga ega. Bu hodisa nima deb ataladi? {=biolyuminestsensiya ~fotosintez ~fotoperiodizm ~fotonastiya} Fakultativ geliofit o’simlikni belgilang. {=qo’ng’irbosh ~yovvoyi xina ~tog’gunafsha ~plaun} Odam qancha to’lqin uzunligidagi nurlarni ko’ra oladi? {=0,40-0,75 mkm ~0,75-0,80 mkm ~0,60-0,70 mkm ~0,80 mkm} Molekulyar darajadagi moslanishni belgilang. {=termofil mikroorganizmlarning oqsillarini yuqori harorat ta’siriga chidamliligi ~kuchli yorug’lik ta’sirida xloroplastlarning hujayra devoir ostida ma’lum bir tartibda joy olishi ~Hayvonlarning ter bezlari orqali tanasini sovutishi ~o’simliklarni transpiratsiya orqali barg yuzasini sovutishi} Yirtqichlarning o’ljani izidan yurishi qanday moslanishga misol bo’ladi? {=xulqiy moslanish ~namlik omiliga moslanish ~fiziologik moslanish ~morfologik moslanish } Plankton organizmlarning suvda osilgan holda yashashi qanday moslanish? {=morfologik moslanish ~namlik omiliga moslanish ~fiziologik moslanish ~xulqiy moslanish } Muhit omilining organizmga qulay ta’sir etuvchi kuchi nima deyiladi? {=optimum ~minimum ~maksimum ~kritik nuqta} Topografik abiotic omilni belgilang. {=rel’yef sharoiti ~yorug’lik ~harorat ~namlik} Birgalikda yashayotgan o’simliklarning bir-biriga ta’siri nima deb ataladi? {=fitogen ~zoogen ~mikogen ~mikrobiogen} Mikroorganizmlarning o’zaro ta’siri nima deyiladi? {=mikrobiogen ~mikogen ~zoogen ~fitogen} Zamburug’larning o’zaro ta’siri nima deyiladi? {=mikogen ~zoogen ~fitogen ~mikrobiogen} Ekologik omillarni ta’riflashda qaysi rus omillarining xizmatlari kata? {=D.N.Kashkarov, V.V.Alyoxin ~D.N.Kashkarov, V.N.Sukachev ~V.V.Alyoxin, V.N.Sukachev ~N.P.Naumov, V.V.Alyoxin} Orol v Orolbo’yi muammosi qaysi ekologik muammo guruhiga mansub? {=regional ~lokal ~mahalliy ~global} Fiziologik moslanish qanday yuz berishini belgilang. {= metabolitik suv hosil qilish orqali ~tana ustida chig’anoq, qalqon, sovutlar hosil qilish orqali ~suvni izlab topish ~yashaydigan joyni tanlash} Daryo va ko’l bo’ylari, botqoqlik va sernam yerlarda uchraydigan organizmlar nima deb ataladi? {= gigrofitlar ~gidrofitlar ~mezofitlar ~kserofitlar} Hayvonlarning metobolizm hodisasi orqali suvga bo’lgan talabini qondirish yo’lini belgilang. {=tanasidagi moylar, oqsillar va karbonsuvlarning parchalanishi orqali ~bevosita suv ichish orqali ~o’simliklar bilan ovqatlanish orqali ~to’g’ri javob yo’q} Uzoq va yaqin masofalarga ko’chib yurish nima deyiladi? {=migratsiya ~fotosintez ~fotonastiya ~fotolyuminisensiya} Gidrofit o’simlikni belgilang. {=elodeya ~sho’ra ~saksovul ~agava} Mezofit o’simlikni belgilang. {=makkajo’xori ~yantoq ~pista ~kaktus} Faqat kechasi faol harakat qiluvchi hayvonni belgilang. {= ukki ~askarida ~ko’rsichqon ~kovakichlilar} Fototaksis nima? {=yoritilgan tomonga harakatlanish ~suv mavjud tomonga harakatlanish ~anorganik moddalardan organic modda sintezlash ~tanasidan nur taratish} Doimo qorong’I joyda yashashga moslashgan hayvonni belgilang. {=ko’rsichqon ~ukki ~ko’rshapalak ~boyo’gli} Uzoq muddatda yorug’lik ta’sir ettirilganda hayvonlarda qanday o’zgarish yuz beradi? {=jinsiy balog’atga yetish tezlashadi ~jinsiy balog’atga yetish sekinlashadi ~mahsuldorlik oshadi ~mahsuldorlik kamayadi} Qaysi o’simliklar urug’I -70 gradus sovuqqa bardosh bera oladi? {=tilog’och, qarag’ay ~yantoq, saksovul ~yantoq, izen ~qarag’ay, shuvoq} Oqova suvlarni tindirish va filtrlash suvni tozalashning qaysi metodi hisoblanadi? {=mexanik tozalash metodi ~fizik tozalash metodi ~kimyoviy tozalash metodi ~biologik tozalash metodi} “Tabiatni muhofaza qilish haqidagi qonun qachon qabul qilingan? {=1992-y 9-dekabr ~1991-y 9-dekabr ~1998-y 10-dekabr ~1990-y 10-dekabr} Hisor tog’-archazor qo’riqxonasi qachon tashkil etilgan? {=1983-yil ~1960-y ~1971-yil ~1975-y} Hisor tog’-archazor qo’riqxonasida qushlarning nechta turi bor? {=24 ta kamyob tur ~870 dan ortiq tur ~30 tur ~250 tur} Hisor tog’-archazor qo’riqxonasi qayerda joylashgan? {=Qashqadaryo viloyatining Kitob-shaxrisabz tumanlari hududida ~Jizzax viloyatining Zomin tumanida ~Qoraqolpog’istonning Beruniy va Kegeliy tumanlarida ~Jizzax viloyatining Forish tumanida} Cho’l o’rmonlarining asosiy o’simligi nima? {=saksovul ~juzg’un ~sho’ra ~qora boyalich} 2009-yilda chop etilgan “Qizil kitob” ga nechta o’simlik turi kiritilgan? {=321 ta ~301 ta ~163 ta ~3 ta} Tuproqning hosildorligi nimaga bog’liq? {=tuproq tarkibidagi gumusga ~tuproqda yashovchi hayvonlarga ~tuproq tarkibidagi mineral moddalarga ~tuproq tarkibidagi mikroorganizmlarga} Tuproqning eng ustki qatlami nima deb ataladi? {=gumus (chirindili) qatlam ~gorizont ~ona jins ~mineral qatlam} Tuproq qanday resurs? {=tugaydigan va tiklanadigan ~tugamaydigan ~tugamaydigan va tiklanmaydigan ~tugaydigan va tiklanmaydigan} Insonning tuproqqa ijobiy ta’sirini belgilang. {=tuproqqa tabiiy o’g’itlar berish ~shaharlar qurilishi ~kimyoviy moddalarni me’yordan ortiq ishlatish ~o’rmonlarning qirib yuborilishi} "Suv eng qimmatbaho boylik bo‘lib, usiz yashash mumkin emas"-bu fikr kimga tegishli? {=A.P.Karpinskiy ~E.Gekkel ~V.N.Sukechev ~Ibn Sino} Biotik omilni belgilang. {=fitogen omil ~kimyovil omil ~fizikaviy omil ~relyef omillari} Termofil o’simliklar hujayrasiga tegishli belgini aniqlang. {=issiqlikka chidamliligi ~poyasining yer bag’irlab o’sishi ~novdaning yotiq yo’nalishi ~po’kak qavatining yaxshi rivojlanishi} Inson uchun qancha detsibel shovqin zararsiz hisoblanadi? {=20-30 detsibel ~60-70 detsibel ~10-50 detsibel ~100 detsibel} Plankton organizmni belgilang. {=mayda qisqichbaqasimonlar ~krab ~kitsimonlar ~boshoyoqli molluskalar} Oson eruvchi tuzlarga boy bo’lgan tuproqlarda o’suvchi o’simliklar nima deb ataladi? {=galofitlar ~psammofitlar ~kaltsefitlar ~indikator turlar} Qumli tuproqlarda o’suvchi o’simliklar nima deyiladi? {=psammofitlar ~galofitlar ~kaltsefitlar ~indikator turlar} Tuproq ostida yashovchi hayvonlarga qaysi omilning ahamiyati unchalik kata emas? {=yorug’lik ~namlik ~harorat ~relyef omili} Tabiiy landshaftni belgilang. {=tog’dagi archazor ~yaylov ~ekinzor ~suv ombori} Sanoat landshaftini belgilang. {=Zavodlar ~shaharlar ~qishloqlar ~ekinzorlar} Tuproqning ma’lum kimyoviy elementlarga boyligini ko’rsatuvchi o’simliklar nima deb ataladi? {=indicator turlar ~psammofitlar ~kaltsefitlar ~galogitlar} Xitin qobiqqa ega hayvonni belgilang. {=qisqichbaqa ~molluska ~zuluk ~skat} Suvda faol harakatlanadigan, suv oqimiga qarshilik ko‘rsata oladigan, katta masofalarni suzib o‘ta oladigan organizmlar nima deb ataladi? {=nekton ~plankton ~bentos ~gidrobiont} Plankton organizmlarda suv qa’rida sayyor harakatlanishni ta’minlaydigan maxsus moslamalarni belgilang. {=uzun o‘simtalar, gazli va yog‘li kiritmalar ~muskullarning kuchli rivojlanganligi, tanasining suyri shaklda bo‘lishi ~terining tangachalar bilan qoplanganligi va shilimshiq modda ajratishi ~chig’anoq va xitin qobiqning mavjudligi} Qisqichbaqa, krab, omar qanday organizmlar? {=bentos ~plankton ~nekton ~ìndikator tur} Atmosferada suv bug’lari necha foizni tashkil etadi? {=3-4 % ~0,03 % ~20,95 % ~78,09 %} Oqova suvlarni tozalashning kimyoviy usulini belgilang. {= suvni xlorlash va ozonlash ~elektroliz ~suvda erimaydigan jismlar panjarada ushlab qolish ~suv o’tlari yordamida tozalash} Xalqaro “Qizil kitob” qaysi tashkilot tomonidan tashkil etilgan? {=Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi ~Ramsar konvensiyasi ~Birlashgan millatlar tashkiloti ~to’g’ri javob berilmagan} Download 57.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling