Biosenoz va uning tuzilmasi Reja: Biosenoz tushunchasi. Tabiiy jamoalarning xususiyatlari


Download 18.91 Kb.
Sana16.05.2020
Hajmi18.91 Kb.
#106808
Bog'liq
Biosenoz tushunchasi1


Biosenoz va uning tuzilmasi

Reja:

1. Biosenoz tushunchasi. Tabiiy jamoalarning xususiyatlari.
2. Biosenozning tur tuzilmasi.
3. Biosenozning joy va ekologik tuzilmasi.
 Har qanday tirik organizm ko’plab boshqa oragnizmlar orasida yashaydi va bu organizmlar bilan  turli xil munosabatlarga kirishadi. Bu munosabatlar organizmlar uchun foydali ham zararli ham bo’lishi mumkin. Organizmlarni o’rab turgan tirik muhit biotsenotik muhit deyiladi. Har qanday tur boshqa turlar bilan tasodifiy guruhlar hosil qilmasdan, balki bir biriga moslashgan turlargina birga yashaydi. Birga yashaydigan va o’zaro boglangan organizmlar guruhlari Biosenozlar deb ataladi. Biosenozdagi organizmlarning abiotik omillarga extiyoji bir biriga yaqin bo’ladi.

Tirik organizmlar tabiiy jamoalari o’zining tuzilish va faoliyat ko’rsatish, rivojlanish qonunyatlariga ega. Organizm usti tuzilishiga ega bo’lgan tabiiy jamoalar quyidagi xususiyatlari   bilan ayrim olingan organizmlardan farq qiladi.

1. Jamoalar hamma vaqt atrof muhitda mavjud bo’lgan tayyor qismlardan yuzaga keladi va tuziladi. Ayrim olingan individ esa embrion xujayralarining asta sekin mutaxasislashuvi natijasida yuzaga keladi.

2. Jamoaning qismlari almashinib turishi mumkin. Jamoada bir tur uxshash ekologik extiyojlarga ega ikkinchi to’rni o’rnini egallashi mumkin. Bunda jamoada xech qanday yo’qotish bo’lmaydi. Ayrim olingan organizm qismlarini esa almashtirib bo’lmaydi.

3. Agar ayrim organizmda organlar faoliyatida doimiy muvofiqlik mavjud bo’lsa, jamoalar qarama-qarshi jarayonlar muvozanati asosida qaror topgan. Masalan, o’lja va yirtqich bir-biriga qarama qarshi kuchlar, lekin ular birga, bitta tabiiy jamoada yashaydi.

4. Jamoalar bir to’rning ikkinchi tur tomonidan miqdoriy boshqarilishiga asoslangan.

5. Organizm o’lchamlari genetik dastur bilan chegaralangan. Organizm usti sistemalarning o’lchami esa tashqi sabablar bilan chegaralangan. Jamoalar shartli chegaraga ega.

Abiotik muhitning Biosenoz egallab turgan qismi biotop deb ataladi.



Biosenozning tur tuzilmasi.

 Biosenozda turlarning xilma-xilligi va ularning o’zaro nisbati Biosenozning tur tuzilmasini tashkil qiladi. Tur tuzilmasiga qarab turlarga boy va kambag’al Biosenozlar farq qilinadi. Kutblarga yaqin, issiqlik yetishmaydigan joylardagi, suv yetishmaydigan jazirama cho’llardagi Biosenozlar, ifloslangan suvlardagi Biosenozlar odatda kambag’allashgan bo’ladi. Chunki bunday Biosenozlarda bir qancha omillar cheklovchidir. Abiotik muhit optimalga yaqin joylardagi Biosenozlar turlarga boy bo’ladi.

Biosenozlarning tur tarkibi ular hayotining uzoqligiga ham bog’liq. Yosh, endi tarkib topayotgan Biosenozlar  kamroq turlarga ega. Inson tomonidan yaratilgan sun’iy Biosenozlar ham kambag’aldir. Lekin eng kambag’al Biosenozlar ham kamida bir necha unlab turlarni o’zida birlashtiradi. Deyarli  barcha Biosenozlar o’z tarkibida mikroorganizmlar, o’simliklar va hayvonlarni oladi. Kam xollarda Biosenozlar o’simliksiz (masalan, g’orlarda, suvning chuqur qatlamida) yoki faqat mikroorganizmlardan iborat bo’ladi. (anaerob muhitlarda va h.o.).
          Biotopdagi sharoit qanchalik xilma-xil bo’lsa, Biosenoz turlarga shuncha boy bo’ladi. Ko’pincha Biosenozda o’simliklar qancha xilma-xill bo’lsa bu yerda boshqa organizmlar ham shuncha ko’p bo’ladi. Biosenozdagi Har bir tur boshqa to’rning yashashi uchun sharoit yaratadi. Masalan, yurmonqoziqning yangi yerga ko’chib kelishi uning yirtqichlari va parazitlari, uning inida yashagan mayda organizmlarning ham yashashi uchun sharoit yaratadi. O’simliklarning turli tumanligi hayvonlar uchun xilma-xil yashash sharoitlari yaratadi, mikroekologik sharoit shunchalik xilma-xil bo’ladi va ko’proq hayvonlarni birlashtiradi.

Biosenozda turlarning miqdoriy nisbatlari ham muhim ahamiyatga ega. Biosenozdagi bir xil o’lchamga ega turlar soni jihatdan bir - biridan keskin farq qiladi. Ba’zilari kamroq bo’lsa, ba’zilarining soni juda ko’p bo’lib, landshaft kiyofasini belgilaydi. Har qanday Biosenozda Har bir o’lcham bo’yicha eng ko’p sonli turlarni ajratib ko’rsatish mumkin. Soni jihatdan ustun turadigan turlar dominant turlar deb ataladi. Dominant turlar Biosenozning yadrosini tashkil qiladi. Barcha dominant turlar ham Biosenozga bir xil ta’sir utkazmaydi. Ular orasida o’zining hayot faoliyati bilan boshqa barcha turlar uchun sharoit yaratadigan turlar bor. Bunday turlar edifiqator turlar deb ataladi. Quruqlik Biosenozlarida o’simliklarning aniq turlari edifiqator turlar hisoblanadi. Masalan, archa o’rmonlarida archa va h.o. Edifiqator turlarning Biosenozdan yo’qotilishi fizik muhitning, birinchi  navbatda mikroiqlimning o’zgarishiga olib keladi. Kam xollarda edifiqator tur hayvon bo’lishi mumkin. Masalan, sug’urlar koloniyasi bilan band joylarda aynan sug’urlarning yer qazish faoliyati mikroiqlimni ham, landshaft kiyofasini ham, o’simliklarni o’sish sharoitini ham belgilaydi.

 Uncha ko’p bo’lmagan dominant turlardan tashqari Biosenoz tarkibiga ko’plab soni kam yoki noyob turlar bo’ladi. Bu turlar ham Biosenoz hayotida muhim rol o’ynaydi. Ular Biosenozning  turlarga boylikligini  ta’minlaydi, biosenotik aloqalar xilma-xilligini oshiradi va dominant turlarni almashinishi uchun zaxira bo’lib xizmat qiladi. Bir so’z bilan aytganda bu turlar Biosenozning barqarorligini ta’minlaydi.

Yashash muhiti sharoitlarining o’ziga xosligi qanchalik yuqori bo’lsa, turlar soni shunchalik kam bo’ladi va ayrim turlarning soni yuqori bo’ladi. Turlarga juda boy Biosenozlarda deyarli barcha turlar kam sonli bo’ladi.

Biosenozda ayrim olingan turlarning ahamiyatini yoki o’rnini aniqlash uchun turli ko’rsatkichlardan foydalaniladi. Bo’lar: turning serbligi yoki ko’pligi - bu maydon birligidagi shu tur individlari soni; uchrash chastotasi- individlarning Biosenozda tekis yoki notekis taqsimlanganligi ifodalaydi; dominantlik darajasi- ma’lum tur sonining Biosenozdagi barcha tur individlarining umumiy soniga munosabatini bildiradi.  Masalan, 200 ta tutilgan kushdan 80 tasi mayna bo’lsa, maynaning dominantlik darajasi 40% ga teng.

Albatta, barcha Biosenozlarda individlar soni jihatidan eng kichik organizmlar, ya’ni bakteriyalar va boshqa mikroorganizmlar ustun bo’ladi. Shuning uchun turli o’lchamdagi turlarda dominantlik darajasi alohida hisoblanadi. Dominantlik darajasi butun Biosenoz bo’yicha emas, balki guruhlar bo’yicha aniqlanadi. Bu guruhlar sistematik (qushlar, xasharotlar va x.o), ekologo-morfologik (daraxtlar, utlar) yoki bevosita o’lchamiga qarab, (mikrofauna, mezafauna, mikroorganizmlar va x.o) ajratilishi mumkin.



Biosenozning joy va ekologik tuzilmasi.

          Biosenozlarning joy tuzilmasi asosan o’simliklar tomonidan belgilanadi. Biosenozning o’simliklardan iborat qismi fotosenoz deyiladidi. . Turli balandlikdagi o’simliklar mavjud bo’lganda fotosenoz pog’onalar va kavatlardan iborat bo’ladi. Masalan, o’rmonda 5-6 ta pog’ona bo’lishi  mumkin.     1- yuqori pog’onani baland daraxtlar, 2- pog’onani pastrok daraxt, 3- pog’onani butalar, 4- pog’onani baland utlar, 5- pog’onani past utlar, 6- pog’onani eng past o’simliklar tashkil qiladi. Turli Biosenozlarda pog’onalar soni turlicha bo’ladi. Utloklarda ham pog’onalar mavjud, lekin ba’zan kuchsiz ifodalangan bo’ladi.

Pog’onalarning kengligi bir necha metrdan (daraxtlardan iborat pog’onada) bir necha sm gacha (yusinlardan  iborat pog’ona) bo’lishi mumkin. Har bir pog’onada o’ziga xos ekologik vaziyat  vujudga keladi. Biosenozdagi hayvonlar ham o’simliklar hosil qilgan pog’onalarda moslashgan bo’ladi.

Turli Biosenozlar o’zidagi turli ekologik guruhga mansub organizmlarning nisbati bilan Harakterlanadi. Biosenozdagi turli ekologik guruhlarning nisbati Biosenozning ekologik tuzilmasini hosil qiladi. Biosenozdagi ekologik guruhlarga yirtqichlar, fitofaglar, saprofaglar va h.o.lar kiradi.

Cho’l, chala cho’l, dasht Biosenozlarida fitofag hayvonlar saprofaglardan ustun bo’ladi. O’rmon Biosenozlarida saprofaglar, odatda ko’proq. Biosenozdagi gigrofit, mezofit, kserofit o’simliklarning, gigrofil, mezofil, kserofil hayvonlarning nisbati ham Biosenozning  ekologik tuzilmasini ifodalaydi.

Biotsenoz. Jamoaga nisbatan biotsenoz biotizimda chegaralanmaganligi bilan farq qiladi. Boshqacha aytganda, biotsenoz-bu sodda (elementar) tabiiy turkumdir.

Biotsenozni turli ko’rinishdagi organizmlar (o’simlik, hayvonot, mikroorganizmlar) yig’indisining yashash sharoitlari ma‘lum darajada bir xil bo’lgan biotop sifatida aniqlash mumkin (yunoncha «bios»-hayot, «tsenoz» -jamoa, «tapos»-joy).


L.B.Ruxin (1962) bo’yicha «biotsenoz» - bu uzoq davr mobaynida oziqlanish, o’sish va ko’payish maqsadlarida birgalikda ma‘lum hududda (joyda) yashash uchun (biotip) tashkil topgan tizim. O’lik organizm qoldiqlaridan tashqil topgan «qabriston» (yunoncha «tanatos» - o’lik) tanatotsenoz deb ataladi.

«Biotsenoz» atamasini 1877 yil G.K.Mebius tomonidan ilmiy amaliyotga tadbiq etilib, uni hayotning ma‘lum bir maydonida organizmlar majmui sifatida qaraladi.

L.B.Ruxin biotsenozlarni jo’g’rofik tumanlarga, provintsiya, viloyat va mintaqalarga guruhlash mumkin deb hisoblaydi. Maydon bo’yicha biogeografik mintaqa eng yirik hisoblanib, ularning paydo bo’lishida iqlim hal qiluvchi ahamiyatga ega.

5 Ekologik tizim (ekotizim) ta‘rifi. Ekotizimlarning biotizimlardan farqini organizmlar va muhitning birgalikda yig’indisi holatida tasavvur qilish mumkin.

Ekologik tizim - bu birgalikda yashovchi har xil turdagi organizmlar va ular yashashining shart-sharoitlaridir, o’zlarini o’rab turgan tabiiy muhit bilan aloqada bo’ladilar.
Yuqorida qayd etilganidek, ekotizimning alohida yashovchi organizmlarini – muhitni «populyatsiya» - muhiti, «tur-muhit» kabi turlarini autekologiya, ekotizimning turini esa sinekologiya o’rganadi.

Ekotizim xuddi biotizim singari ierarxik, shaklda mavjuddir. Biroq ularning barchasi shartli, ya‘ni yonma-yon darajalar bilan funktsional o’zaro bog’langan. Shunday ekan, tabiatda genlar xo’jayradan tashqari ko’p xo’jayrali organizm tarkibidagi organlar, organdagi xo’jayralardan tashqari yashay olmaydi (moddalarning aylanish va energiyaning paydo bo’lishi bundan istisno). Shu sababli kishilik jamiyati jahon tabiati bilan uzviy bog’langan. Shunday qilib, bio- va ekotizim bir vaqtda ham diskretli, ham uzluksiz hisoblanadi.

Mualliflar ekotizimning muhim belgilaridan biri uning beo’lchovligi deb hisoblaydilar. Shu nuqtai nazardan qaraganda, ekotizimga misol tariqasida (mikroblari bilan tomchi suv ham) suv tomchisini ko’l, o’tloq, cho’l, o’rmon, sabzavotlar juyaklari bilan, biofiltr, kosmik kema kabinasi va boshqalarni keltirish mumkin. Shunday ekotizimlar tabiiy va sun‘iy (inson tomonidan o’zgartirilgan) bo’lishi mumkin.

Ekotizimlarda ichki ham tashqi modda va energiya almashinuvi sodir bo’ladi. Ularga aniq oziq zanjiri hamda oziq (trofik) darajasi xosdir. Oziq zanjirining umumiy qonuniyatlar ozuqa sifatida, ikkinchisi uchinchisiga va b.q. xizmat qiladi.

Tashqi muhit ta‘sirida o’zgarish, ekotizim tomonidan javob ta‘sirini paydo qilib, bu o’zgarishlarni yoki yo’qotadi yoki ekotizimning o’zini qayta qurishga olib keladi.

Yuqorida qayd qilinganidek, ekotizimlar ierarxik shaklda tuzilgan. Biz ekotizimlarni tashqil etish darajasiga qarab uchta asosiy qismga bo’lamiz: biogeotsenotik, (biogeotsenoz), biom va biosfera tizimi.



FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

  1. I.A.Karimov. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. T., “Sharq”, 1998.

  2. I.A.Karimov. O’zbekiston buyuk kelajak sari. T., “O’zbekiston”, 1998.

  3. I.A.Karimov. O’zbekiston XXI asrga intilmoqda. T., “O’zbekiston”, 1999.

  4. Shodimetov Yu. Ijtimoiy ekologiyaga kirish. I, II qism, T., “O’qituvchi”1994.

  5. Otaboyev Sh. Nabiyev M. Inson va biosfera. T., “O’qituvchi”1995.

6. Tursunov X.T. Ekologiya asoslari va tabiatni muhofaza qilish. “Saodat RIA”, 1997.

7. To’xtayev A.S. Ekologiya. T., “O’qituvchi”1998.

8. Qodirov E.B. va boshqalar. Tabiiy muhitni muhofazalashning ekologik asoslari. T., “O’zbekiston”, 1999.

9. Ergashev A., Ergashev T. Ekologiya, biosfera va tabiatni muhofaza qilish. T., “Yangi asr avlodi”, 2005.



10. Xolmurodov J. Ekologiya va qonun. T., “Adolat”. 2000.
Download 18.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling