Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish fanining rivojlanish tarixi
Download 17.72 Kb.
|
Xolbekova
Mustaqil ish Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish fanining rivojlanish tarixi; Tirik organizmlar hayotining tashqi muhit bilan bog’liqligi qadimdan malum. Antik davrda yashagan faylasuflarning asarlarida hayvonlarning turli instinktlari, baliqlar va qushlarning migratsiyalari, o’simliklarning tashqi qiyofasi tuproq va iqlim sharoitlari bilan bog’liqligi haqidagi malumotlar keltiriladi. Dastlabki ekologik tushunchalar qadimgi yunon olimlari asarlarida qayd etilgan bo’lib, ularning ishlarida biz ekologik yo’nalishlarni ko’ramiz. Lekin ular «Ekologiya» terminini ishlatishmagan. Aristotel (eramizdan 384 - 322 yil avval), qadimgi yunon faylasufi Teofrast (371-280 yil) hayvon va o’simliklarni yashash sharoitiga bog’liq holda ko’rib chiqishgan, Aristotel 500 tur hayvonlarni o’rganib, ularning xulq-atvori, ko’chib yurishi haqida, Teofrast – o’simliklarning shakli va o’sishi - iqlim, tuproq sharoitiga bog’liqligini aniqlagan. Frantsuz M.Byuffon (1707-1788) ning ishlarida hayvonlarning tuzilishiga tashqi muhitning tasiri masalasi ko’tarilgan hamda bog’langan. Download 17.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling