«Ekologiya» (yunoncha «oikos» uy, boshpana, «logos» fan, ta’lim berish) atamasi birinchi marta fanga 1866-yilda nemis olimi Ernest Gekkel tomonidan kiritilgan
Download 15.89 Kb.
|
11-sinf olimlar
«Ekologiya» (yunoncha «oikos» – uy, boshpana, «logos» – fan, ta’lim berish) atamasi birinchi marta fanga 1866-yilda nemis olimi Ernest Gekkel tomonidan kiritilgan. X–XII asrlarda O‘rta Osiyoning ulug‘ allomalari al-Xorazmiy,al-Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino asarlarida Yerning tuzilishi,dorivor o‘simliklar, hayvonlarning yashash joylari haqida ma’lumotlar berilgan. Zahiriddin Muhammad Bobur o‘zining «Boburnoma» nomli tarixiy asarida O‘rta Osiyo va Hindistonning turli o‘simlik va hayvonlari, ularning tarqalishi, ko‘payish davrlari haqida ko‘pgina ma’lumotlar keltirgan. Atrof-muhitning jonli organizmlar hayotiga ta’sirini o‘rganishni nemis olimi Aleksandr Gumbold boshlab berdi. U birinchi bo‘lib o‘simliklar hayotida muhit omillarining ahamiyatini o‘rgandi. Ekologiyaning rivojlanishida ingliz olimi A.Tensli shakllantirgan ekotizim konsepsiyasi va rus olimi V.N.Sukachev ilgari surgan biogeotsenoz nazariyasi muhim o‘rin tutadi. Biogeotsenoz haqidagi ta’limotni rus botanik olimi V.N. Sukachev yaratgan. U biogeotsenoz tirik tabiatning muhim funksional tuzilish birligi ekanligini hamda biogeotsenoz ikkita tarkibiy qismdan – tirik organizmlar majmuasi (biotsenoz) hamda atrof-muhit sharoitlari majmuasi – biotop (yunoncha «bios» – hayot va «topos» – joy)dan iboratligini ko‘rsatib bergan. «Ekosistema» atamasi 1935-yilda angliyalik botanik olim A. Tensli tomonidan fanga kiritilgan. Uning fikriga ko‘ra, ekosistemalar faoliyati moddalar almashinuvi va energiya oqimi bilan bog‘liq bo‘lgan tirik organizmlar va atrof-muhitning fizik omillari majmuasidir. A. Tensli ekosistemalarni «Yer yuzining asosiy tabiiy birliklari» deb hisoblaydi. «Organizm – muhit» tizimidagi asosiy qonuniyatlar V.I.Vernadskiy tomonidan kashf etilgan bo‘lib, organizm va uning yashash muhiti birligi qonuni deb ataladi. Bu qonundan kelib chiqadigan evolutsion-ekologik prinsipga binoan, har bir turning genetik imkoniyatlari o‘zi yashayotgan muhitga muvofiqdir. Nemis olimi Yustus Fon Libix madaniy o‘simliklarning hosildorligi tuproq tarkibida kam miqdorda bo‘ladigan mineral moddalarga bog‘liqligini aniqladi. Olim sharafiga ushbu qonun «Libix bochkasi» sifatida ifodalanadi. Libixning minimum qonuni yoki cheklovchi omil qonuni quyidagicha: «organizm (yoki ekosistema)ning yashab qolishini optimum chegarasidan eng ko‘p og‘adigan ekologik omil belgilaydi». Tuproqshunoslik faniga rus olimi V.V. Dokuchayev asos solgan. V.V. Dokuchayev tuproq hosil qiluvchi beshta asosiy omillarni ko‘rsatib bergan: geologik omillar (tog‘ jinslari); iqlim omillari, topografik omillar (relyef); tirik organizmlar; vaqt (geologik yoshi). Turlararo raqobat rus biologi G. F. Gauze (1932) tomonidan yaxshi o‘rganilgan. «Oziq zanjiri» atamasi ingliz olimi – zoolog va ekolog Ch. Elton tomonidan 1934-yilda taklif etilgan. Oziq zanjirining har bir trofik darajasida energiyaning 90% i yo‘qoladi, faqat 10% i keyingi darajaga o‘tadi. Amerikalik ekolog olim R. Lindeman ushbu qonuniyatni «10% qoidasi» deb ta’rifladi. Oziq zanjirining har bir trofik darajasidagi individlar soni yoki biomassasi, yoki undagi energiya miqdori aniqlansa, oziq zanjirining oxiriga qadar bu ko‘rsatkichlarning kamayib borayotganini ko‘rish mumkin. Bu qonuniyatni ilk bor 1927-yil angliyalik ekolog olim Ch. Elton aniqlagan va ekologik piramida qoidasi deb atagan. «Hayot qobig‘i» haqidagi dastlabki fikrlar J.B.Lamark nomi bilan bog‘liq. Biosfera atamasi birinchi bo‘lib fanga 1875-yili avstriyalik olim Eduard Zyuss tomonidan kiritilgan. Akademik V.I.Vernadskiy biosfera haqidagi ta’limotni yaratgan. V.I.Vernadskiy: «Biosfera geologik va biologik rivojlanishning hamda biogen va abiogen moddalarning o‘zaro ta’siri natijasidir», deb ta’kidlagan. V. I. Vernadskiy biosfera hosil bo‘lishida inson faoliyatining o‘rnini alohida ta’kidlagan. V.I.Vernadskiy biosferani tashkil etuvchi komponentlarni kelib chiqishiga ko‘ra guruhlarga ajratishni taklif etdi va yettita bir-biridan farqli, lekin o‘zaro bog‘liq guruhlarni aniqladi. Biosferaning tirik moddasi atamasini fanga V.I.Vernadskiy kiritgan. Tirik modda biosferada tarqalgan barcha tirik organizmlar: produtsentlar, konsumentlar, redutsentlar yig‘indisidir. V.I.Vernadskiy tirik modda haqida quyidagi fikrlarni bildirgan: «Yer yuzida, pirovard natijaga olib keladigan oqibatlari jihatidan, tirik organizmlardan ko‘ra qudratliroq kuch yo‘qdir». Tirik modda o‘sish, ko‘payish, harakatlanish, Yer yuzi bo‘ylab tarqalish, oziq va yashash joyi uchun kurash, tana shakli, o‘lchami, kimyoviy tarkibining xilma-xilligi kabi xususiyatlarga ega. V.I Vernadskiy Yerning paydo bo‘lishidan ko‘p o‘tmay hayot paydo bo‘lgan va u sayyoramizning qiyofasini o‘zgartiruvchi asosiy omillardan biri bo‘lgan, deb ta’kidlaydi. V.I. Vernadskiyning biosfera haqidagi ta’limotida tirik modda tushunchasi va tirik moddaning biosferadagi roli to‘g‘risidagi g‘oyalar asosiy o‘rin tutadi. V.I.Vernadskiy tirik modda biosferani o‘zgartiruvchi kuch sifatida asosiy rol bajaradi, deb hisoblaydi. U o‘zining mashhur «Biosfera» asarida tirik moddaning funksiyalarini ko‘rib chiqadi. Tirik modda yordamida kimyoviy moddalarning migratsiyasini V.I. Vernadskiy atomlarning biogen migratsiyasi deb atagan. V.I.Vernadskiyning asarlarida biosfera evolutsiyasi konsepsiyasi muhim o‘rin tutadi. Ushbu konsepsiyaning asosiy g‘oyasi shundaki, biosfera tirik organizmlar ishtirokida hosil bo‘lgan va rivojlangan. Yer yuzida tirik organizmlar paydo bo‘lgandan boshlab biosfera evolutsiayasi davom etib kelmoqda. V.I.Vernadskiy biosfera evolutsiyasini uch bosqichga ajratadi. Fransuz matematigi Eduard Lerua noosfera atamasini taklif qildi. (grek. «noos» – ong, «sphaira» – shar). U inson ongi bilan shakllantiriladigan biosfera qobig‘ini noosfera deb atadi. Biosfera to‘g‘risidagi ta’limotning asoschisi V.I.Vernadskiy noosferani biosferaning inson va tabiat munosabatlarini ongli ravishda tartibga solishdan iborat bo‘lgan, biosferaning rivojlanishidagi yangi bir bosqich deb ifodalaydi. U inson faoliyatining ijodiy va yaratuvchanlik xarakterdaligi, inson ongi tufayli ilgari tabiatda mavjud bo‘lmagan va tabiatda mustaqil yashay olmaydigan madaniy o‘simliklarning yangi navlari va uy hayvonlarining zotlari yaratilganligini qayd etadi. Rus olimi I.I.Mechnikov dastlabki ko‘p hujayrali hayvonlar sharsimon koloniyadagi ayrim hujayralarning koloniya ichiga ko‘chib o‘tishi – migratsiyasi natijasida paydo bo‘lganligini qayd etadi. Download 15.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling