Ekologiyaga insonlarning ta`siri. Biotexnologiyalar
Download 19.01 Kb.
|
biologiya 11,12
- Bu sahifa navigatsiya:
- Biotexnologiya
- Biotexnologiya
EKOLOGIYAGA INSONLARNING TA`SIRI .BIOTEXNOLOGIYALAR Inson va jamiyatning tabiatga ta’sirining qisqacha tahlili shuni ko'rsatib turibdiki, tabiatni buzuvchi asosiy omil bu insonlaming o'z ehtiyojlarini qondirish jarayonida tabiatga noto'g'ri, nooqilona, uquvsizlarcha munosabatda bo'lishlari ekan. Tabiatga inson salbiy ta’sirining oldini olishning asosiy yo'li tabiat va jamiyat qonuniyatlarini to'g'ri tushunish va ulardan inson manfaatlari yo'lida oqilona foydalanishdir. Inson tabiatni maqsadga muvofiq ravishda o'zlashtirish bilan birga tabiat va jamiyat o'rtasidagi munosabatlarni ham eng maqbul darajada saqlab turishi muhim ahamiyat kasb etadi. Buning uchun esa insonda ma’lum ekologik bilimlar tizimi yetarlicha shakllangan bo'lishi zarur. Shuning uchun jamiyatning har bir kishisi u kimligi, qanday vazifani bajarishidan qat’i nazar ekologik bilim larga ega bo'lishi hozirgi davrning eng dolzarb masalalaridan biridir. Yuqoridagi fikrlami qisqacha quyidagicha izohlash mumkin: 1) insonlar o'zlarining turli ehtiyojlarini qondirish jarayonida tabiatga ta’sir o'tkazadilar; 2) insonning tabiatga ta’siri boshqa tirik mavjudotlamikidan farqli o'laroq uning ongi tufayli boshqariladi; 3) insonning tabiatga ongli ta’siri kuchayib borishi bilan tabiatda modda va energiya almashinuvining yangi, antropogen turi qaror topadi va u tabiatda kechadigan jarayonlarda sezilarli rol o'ynay boshlaydi; 4) tabiatga inson ta’sirining kuchayishi va bu jarayonda tabiat va jamiyat qonuniyatlariga yetarli e’tibor bermaslik yokiularning buzilishi oqibatida tabiat-jamiyat tizimida salbiy o'zgarishlar sodir bo`lmadi. Bunday o ‘zgarishlar inson va jamiyatning hayotiy sharoitlarini og'irlashtiradi va turli ekologik muammolarni keltirib chiqaradi. 5)insoniyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida atrof-muhit holatini borgan sari yomonlashib borayotganligi tabiat va jamiyat o ‘rtasidagi ziddiyatlarning kuchayib borayotganligi bilan izohlanadi; 6)tabiat va jamiyatdagi salbiy o ‘zgarishlarning oldini olish va bartaraf etish ko‘p jihatdan har bir shaxs va jamiyat a’zolarining ekologik bilim darajasiga bog‘liq. Shuning uchun ekologik ta’limni chuqurlashtirish hozirgi davrning eng dolzarb muammolaridan biridir. Biotexnologiya (bio... va yun. techne — mahorat, sanʼat, logos — soʻz, taʼlimot) - sanoat va tibbiyotning turli sohalarida tirik organizm va biologik jarayonlardan foydalanadigan sanoat usullari majmui. Biologiya va texnika imkoniyatlarini birlashtiradigan ilmiy yoʻnalish. " Biotexnologiya " terminining vujudga kelishiga Stenford universiteti (AQSH; 1973) bir guruh olimlarining har hil hossaga ega irsiy molekulalarini biriktirib rekombinant DNK olishi sabab boʻldi. Shundan keyin biol. fani yutukdaridan kelib chiquvchi, yaʼni tirik organizmlar hayot faoliyatida ishtirok etadigan barcha kimyoviy, fizikaviy va biologik jarayonlarni oʻrganish natijalari tatbiq etilgan texnologik jarayonlarni ifodalashda " Biotexnologiya." terminidan foydalanila boshlandi. Biotexnologiya. mikrobiologiya, biokimyo, bioorganik kimyo, molekulyar biologiya, fiziologiya, genetika, molekulyar genetika, genetik injeneriya va boshqa yutugʻiga asoslanadi. B.ning mikrobiologikBiotexnologiya.,membranalar Biotexnologiya si,immobillashgan fermentlar biotexnologiyasi, xujayra biotexnologiyasi,genva xujayra injeneriyasi biotexnologiyasisi kabi sohalari mavjud. Jumladan, Oʻzbekiston FA Yadro fizikasi instituti krshidagi "Radiopreparat" korxonasida va OʻzR Sogʻliqni saklash vazirligining Onkologiya va radiologiya institutida rak kasalligining ayrim turlarini oddindan aniklaydigan biotexnologik vositalar ishlab chiqarilmoqda. Fiziologik aktiv ikkilamchi birikmalarni sintez qilish faqat oʻsimlik xujayralariga xos xususiyatdir. Bunday moddalarga tibbiyotda va sanoatning turli sohalarida ishlatiladigan alkaloidlar, glikozidlar, jumladan steroidli saponinlar, steroidli gormonal preparatlar olishda ishlatiladigan moddalar, efir yogʻlar, polisaharidlar, fitogormonlar va h. k. kiradi. Oʻstirilayotgan hujayra, odatda qaysi oʻsimlikdan olingan boʻlsa, shu oʻsimlikka xos ikkilamchi moddalarni sintez qiladi. Ammo xujayralarda sintez kdpinadigan biomassa miqdori oʻsimlik organlaridagiga nisbatan ancha kam boʻladi. Shuning uchun rentabelligi sanoat usulidagi xujayra B.si uchun tez oʻsadigan, yuqori biosintetik xususiyatga ega, oddiy ozuqali muhitda ham oʻsadigan, osmotik va mexanik taʼsirotlarga chidamli mutant liniyalar kerak. Download 19.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling