‘’Ekologiyani himoyalash,sog’liqni himoyalash demakdir’’
Download 11.65 Kb.
|
Ekologiyani himoyalash
‘’Ekologiyani himoyalash,sog’liqni himoyalash demakdir’’ Ona tabiatni muhofaza qilish,asrab avaylash,tabiiy boyliklarni e’zozlash,atrof muhitni toz va pokiza saqlash va mavjud ekologik muammolarni bartaraf etish insonning davlat,jamiyat va qolaversa,o’z oldidagi asosiy burch hamda ulkan ma’sulyatlardan biri hisoblanadi. O’rmon yonishi,katta-katta korxona va fabrikalar,zavodlar,avtomobillar,ekologiyaning buzulishiga juda katta hissa qo’shishmoqda.Bulardan chiqayotgan zaharli gaz va tutunlar nafaqat havoni zararlaydi,balki, ozon qatlamini ham yemiradi.Bu esa yer shari va butun dunyo aholisini 2 barobar ogoh bo’lishga chaqiradi va har qanday holatga tayyor turishni o’rgatadi.Chunki ekologiyaning buzulishi butun dunyoda,barcha davlatlarda uchraydi. Bizni esa Orol dengizi ham qattiq o’ylantiradi.Orolning ekologik halokati dunyo miqyosidagi fojia deb atash mumkin.Bu fojiani mamlakatimiz va qardosh davlatlar yakka holda bartaraf eta olmaydi.Orol dengizi muammosini hal etish uchun qardosh davlatlar uyg’un holda ish yuritsa,tabiat va havoning ifloslanishi uchun butun dunyo birlaashib kurashsagina ijobiy natijalarga erishish mumkin. Download 11.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling