Ekologiyaning tarkib topishi,rivojlanishi va hozirgi tuzilmasi. Reja
Bioekologiyaning asosiy bo'limlari
Download 26.21 Kb.
|
Ekologiyaning tarkib topishi,rivojlanishi va hozirgi tuzilmasi.
3.Bioekologiyaning asosiy bo'limlari.
Bioekologiya – ekologiyaning dastlabki ma’noda, tirik organizmlarning, yani, individlar, populyatsiyalar, biosenozlar va boshqalarning o’zaro va atrof-muxit bilan munosabatlarini o’rganuvchi biologik qismi hisoblanadi. Shu bilan birga u zamonaviy ekologiyaning biologik negizi hamdir. Suvda yashaydigan organizmlar o‘zlarining harakatlanishi, nafas olish, oziqlanish va ko‘payish usullar bo‘yicha suv muhitining asosiy xususiyatlariga moslashgan.Suv muhiti quyidagi yashash joylari sifatida uchraydi: chuchuk va sho‘r suv, ko‘lmak va oqar suv, chuqur va sayyoz, iliq va sovuq va xakazo.Ayniqsa, okean-dengizlarda ko‘plab xayvonlar yashaydi. Okean-dengiz suvi bosimi undagi hayotni belgilaydi. Suvning sho‘rlanishi darajasi xam katta axamiyatga ega. Suv harorati, yorug‘lik xam organizmlar uchun muxim hayotiy omildir. Yorug‘lik kuchi va tarkibi okean tubiga qarab o‘zgaradi. O‘simliklar ekologiyasi biologiya fanlaridan fiziologiya bilan chambarchas bog‘liq. Lekin Fiziologiya sohasidagi tadqiqotlar qatiy nazorat qilinadigan sharoitda o‘tkaziladi, ekologlar esa doimiy ravishda o‘zgarib turadigan tabiiy sharoit bilan bog‘liq holda ish olib boradilar. O‘simliklarni tabiiy sharoitda boshqa organizmlardan yakkalab qo‘yib bo‘lmaydi. Bundan tashqari, ekolog hamma vaqt o‘rganilayotgan tur bilan konkurentlik qiladigan boshqa turlarning o‘zaro bog‘liqligini hisobga olishi kerak. Bu esa kuzatish olib borishni ancha murakkablashtirib yuboradi, chunki mazkur turning hayot kechirishi uchun o‘rganilayotgan muhit omillariga qaraganda senozda qatnashayotgan boshqa vakillar katta rol o‘ynaydi. Fiziologlar yaratgan qonuniyatlar tabiatda boshqacha namoyon bo‘ladi. Shunga ko‘ra, ekologiya, aynqsa amaliy ekologiya xalq xo‘jaligi uchun muhim ahamiyatga ega. Shu bilan bir vaqtda ko‘pchilik fiziologlar (L. A. Ivanov, V. N. Lyubimenko, N. A. Maksimov, G. Lyundegord va boshqalar) bevosita tabiatda kuzatish olib borganlar. Ekologiyaning biogeografiya bilan bog‘liqligi aniq chunki o‘simliklar ekologiyasining o‘zi fitogeografiyadan kelib chiqqan, lekin turning muhit bilan o‘zaro munosabati ekologlar uchun muhim hisoblanadi. Agar fitogeografni turlar tanlab olingan ikkita joy orasidagi farq qiziqtirsa, ekologlar yashash joyining o‘zidagi farqlar sababini o‘rganadi. Agar fitogeograf, odatda sistematik (taksonomik) birliklar bilan ish olib borsa, ekolog o‘simliklarninghayotiy shaklllari, ekobiomorflar, ekotiplarga e’tibor beradi. Yana ekologik turning evolyutsiyasi, tarixiy dinamikasi masalalari qiziqtirganidan ekologiya paleontologiya va paleoekologiya bilan ham bog‘liqligi o‘z-o‘zidan ma’lum. Geobotaniklar o‘simliklarni o‘rganishda ekologik masalalarni priborlar yordamida o‘rganishga katta ahamiyat bera boshladilar. Keyingi o‘n yilliklarda o‘simliklarning ekologik anatomiyasi va ekologik morfologiyasi yuzaga keldi. Sistematika, odatda, statika bilan ham bog‘liq bo‘ladi. Ekologiya esa fiziologik protsesslarga asoslangan dinamika qiziqtiradi. Lekin ekolog hamma vaqt o‘rganilayotgan ob’ektning filogenetik sistemadagi holatini aniq bilishi kerak. Ikkinchi tomondan, ekologiya sistematikaga juda katta ta’sir ko‘rsatadi. Download 26.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling