Ekologiyaning tarkib topishi,rivojlanishi va hozirgi tuzilmasi. Reja


Ekologik yondashuv umumilmiy yondashuv sifatida


Download 26.21 Kb.
bet4/5
Sana07.03.2023
Hajmi26.21 Kb.
#1247621
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ekologiyaning tarkib topishi,rivojlanishi va hozirgi tuzilmasi.

4.Ekologik yondashuv umumilmiy yondashuv sifatida
Atrof muhitni o‘rganishga muqaddam faqat biologiya uchun xos bo‘lgan ekologik yondashuv geografiya fanlarida ham faol qo‘llanila boshlandi va таbiiy muhitdan oqilona foydalanish, uni muhofaza qilish va yaxshilashning asoslarini ishlab chiqishda geografiya o‘zini yetakchi fan sifatida namoyon qila boshladi. Shu tufayli landshaftlarning hozirgi holatini o‘rganishga doir tadqiqotlarning kengayishida, biosfera va uning ayrim hududlarinining mavjudligi va rivojlanishida jamiyatning rolini ochib berishda, global va regional monitoring tizimlarini ishlab chiqishda ekologik yondashuv muhim ahamiyat kasb etdi va geografiyaning barcha sohalarida ekologiya bilan integratsiyasi kuchaydi.Ammo, biologlardan farq qilgan holda geograflar nafaqat bioekologik, balki geografik va sotsial – iqtisodiy jihatlarini ham ishlab chiqadilar. Geografiyadagi “tabiat – jamiyat” ekologik yo‘nalishi hozirgi davrda asosiy ilmiy yo‘nalishga aylandi. Rossiyalik faylasuf olim ta’kidlaganidek, “inson - biosfera” munosabatlarining mohiyati va o‘ziga xos xususiyatini tashkil etuvchi masalalarning integral interpretatori mas‘ziga oladigan fanlar orasida geografiya munosib o‘rin egalladi. Geografiyada ekologik jihatlar juda ko‘p, chunki ekosistemalarni turli yo‘nalishlarda qarash mumkin. Ekologik muammolar miqyoslarining sifat va miqdor jihatidan tobora kuchayib borayotgan sharoitlarda geografiya o‘zining tadqiiqot imkoniyatlarining barcha arsenali va to‘plangan tajribasi hamda axborotlaridan turli mioqyoslardagi ekologik muammolar yechimiga faol kirishishi lozim. Hozirgi paytda geografiya dastavval ishlab chiqarishni va atrof muhitni ekologiyalashtirishning hududiy jihatlarining ilmiy asoslarini ishlab chiqishda faol ishtirok etishi kerak. Shu sababli hozirgi fan – texnika taraqqiyoti sharoitlarda bu vazifani muvaffaqiyatli bajarish uchun ilmiy – amaliy tadqiqotlarida ekologik muammolar muhim ahamiyat kasb etmog‘i lozim.
Keyingi yillarda geografiya ekologiyalashuvga qo‘yilgan sotsial buyurtmaga javob bera boshladi. Bu sohada nazariy va amaliy ishlar amalga oshirildi, antropogen ta'sirlarni kartada ifodalashga doir muhim odimlar qo‘yildi. Ekologiya va geografiya bir-birini to‘ldiradigan fanlarga aylandi. Chunki geografiyaning ekologiyalashuvi muayyan hududdagi tabiiy va ijtimoiy jarayonlarni birgalikdagi ta’sirini tahlil qilishni taqoza etadi. Geografik tadqiqotlarda ekologik yondashuv keng qo‘llanila boshlandi. Hozirgi haytda ham geografik muammolar yechimiga ekologik yondashuvlarning ahamiyati juda katta bo‘lmoqda. Ma’lumki, tushunchalar, ko‘rsatkichlar,tamoyillar va usullaning o‘ziga xos tizimlariga tayanadigan tadqiqotlar strategiyasi yondashuv deyiladi. I.P. Gerasimovning (1974), fikriga ko‘ra, ekologik yondashuvning asosiy maqsadi muayyan tabiiy yoki iqtisodiy fan tomonidan o‘rganilayotgan ob’yektlar (jarayonlar) va atrof muhit orasidagi aloqalarni belgilash va tadqiq qilishdan iborat. Tabiiy abiotik, biotik va texnogen komponentlardan tashkil topgan, jamiyat faoliyati tufayli o‘zgartirilgan (yoki yangitdan yaratilgan) majmuya sifatida tushuniladigan atrof muhitning turli xil o‘zaro aloqalari ekologik yondashuvning mazmunini tashkil etadi. Geografik va ekologik nuqtai nazarlarning yaqinlashuviga va ulardagi g‘oyalarning o‘zaro bir-biriga o‘tishiga arof tabiiy muhitni sistemalar nazaryasi nuqtai nazaridan talqin qilish imkonini berdi.
Ekologik yondashuv har qanday muammoni markaziy vazifaga yo‘naltiradi. Masalan, ekologiyaning o‘zida Yerdagi barcha jonli mavjudotlarning majmuasi (biosfera) bu vazifani bajaradi, qolgan barcha jismlar, hodisalar va jarayonlar unga ta’sir ko‘rsatuvchi omillardir. Ekologik yondashuv har qanday geografik hodisani o‘rganishda uning “muhit”ini (funktsional atrofni tashkil etuvchi omillar majmuasini) belgilashni, har bir omilning alohida holdagi va muayyan “predmet”ning hayotiy faoliyatidagi ularning barcha majmuasining ahamiyatini (funktsiyasini) ochib berishni,“predmet”ning “muhit”ga aks ta’sirini belgilashni, muayyan “ekosistema”ning o‘zaro ta’sirini aniqlashni taqoza etadi. Ekologlar o‘rganilayotgan predmetni “biosentrik”, geograflar esa “polisentrik” jihatdan qarashlari tufayli ekologiya landshaftshunoslik bir-birini to‘ldiruvchi fanlarga aylandi. Chunki R.C. Clements (1973) ta’kidlaganidek, “ehdilikda biz landshaftni fizikaviy, kimyoviy va biologik sistemalarni o‘z ichiga oladigan dinamik jarayon sifatida, qisqacharoq qilib aytganda, ekosistema sifatida ko‘ra bilmog‘imiz lozim”.Ekologik sistemalarda asosiy bug‘inni “predmet’ tashkil etadi, “muhit” esa predmetning ekologik sistema “xujayin”ini sifatida mavjudligiga taalluqlidir. A.A.Mints va B.S. Preobrajenskiy (1973) “uy” va “xo‘jayin” munosabatlarini belgilash ekologik yondashuvning va uni geografiyada qo‘llanilishining muhim belgisi deb hisoblaydilar.
Ekologik yondashuv tabiat va jamiyat o‘zaro ta’sirini makon va zamondagi qonuniyatlarini o‘rganishni, tabiiy – antropogen geosistemalarni ularning dinamikasi tendensiyalarini tahlil qilish asosida bashoratlashtirish tamoyillarini ishlab chiqishni, landshaftlardan insonning xo‘jalik faoliyatida foydalanish jarayonida ulardagi o‘zgarishlarning monitoringini tashkil etish va baholashni taqoza etadi.
Geografik muammolar yechimida ekologik yondashuv amaliy geografiyaning bir qator masalalari yechimida juda samarali bo‘ldi va geografiyaning ushonchli hamkorligini kuchayishi uchun zamin yaratdi. Haqiqiy ekologik yondashuv atrof muhit hududiy tuzilmasining tahlilisiz yaxlit bo‘la olmaydi. Shu sababli ekologik yondashuv geografik tadqiqotlarni ham o‘z ichiga olishi lozim. Geografik va ekologik yondashuvlarning yaqinlashuviga artof tabiiy muhitni sistemalar nazariyasi nuqtai nazaridan talqin qilish imkon berdi. Bu ikkala yondashuv orasidagi umumiylik shundaki, ular atrof muhitning alohida elementlari va komponentlarini yoki hodisalarini emas, balki ularning sistemalarini (komplekslarini) o‘rganishga qaratilgan. Hozirgi geografiyaning apparati yordamida ekologik muammolarni o‘rganish geoekologik tadqiqotlar deb nom oldi.Ayni bir paytda ham ekologik ham geografik yondashuvlarga asoslanadigan geoekologik tadqiqotlar jamiyatning tabiiy muhitini o‘rganish, muhit rivojlanishining yo‘nalishlarini bashorat qilish, muhitning xossalarini geografik - ekolgik jihatdan baholash va ekspertiza qilish orqali boshqarishni o‘z ichiga oladi. Boshqacharoq qilib aytganda, geoekologik tadqiqotlar muayyan hududda tabiiy muhitga inson faoliyatining ta’siri oqibatlarini aks ettiradigan tadqiqotlardir.
Geoekologik tadqiqotlarda ekologik yondashuvning asosi bo‘lgan ekosistemaning modelidan foydalanish zarur. Bu model, yuqorida ta’kidlanganidek,ikki blokdan – “xo‘jayin” va “uy”dan iborat. “Uy” barcha ekologik omillarni – abiogen, biogen va antropogen omillarni birlashtirgan holda “xo‘jayin” uchun ekologik muhitni yaratadi.
Bu yondashuvlarda juda ko‘p umumiyliklar mavjudligi sababli o‘ziga xos xususiatlarga ega bo‘lgan sintetik sajiyadagi geografik - ekologik (geoekologik) yondashuv vujudga keldi. Geoekologik yondashuv inson va tabiat o‘zaro ta’sirining makon va zamondagi qonuniyatlarini o‘rganishni, tabiiy – antropogen geosistemalarni ularning dinamikasi tendentsiyalarini tahlil qilish asosida o‘zgarishi bashoratining tamoyillarini ishlab chiqishni, tabiatning xo‘jalik tadbirlari keltirib chiqargan o‘zgarishi tiplarinin baholashni nazarda tutadi. Bu yondashuv atrof muhitni muhofaza qilish jarayonlarida ham ekologik, ham geografik yondashuvlardan foydalanish muhim ekanligini ko‘rsatadi. Shu sababli tabiiy muhitdan oqilona foydalanish, muhofaza qilish va yaxshilashning asoslarini ishlab chiqishda geografiyani yetakchi fan sifatida namoyon bo‘lishiga imkoniyat yaratildi. Geoekologik yondashuv hozirgi paytda geografiyada keng qo‘llanilmoqda. Bu ayniqsa tabiiy – antropogen komplekslarning hozirgi holatini tadqiq qilishning kengayishida, global va regional monitoring va tabiatdan oqilona foydalanish tizimini ishlab chiqishda o‘zini namoyon etmoqda. Geoekologik yondashuv usullaridan foydalanish landshaftlarda yuz berayotgan nomaqbo‘l hodisalarni oldini olish imkonini beradi, chunki bu yondashuvda landshaft komponentlarining tashqi va ichki aloqadorliklari, ularda modda va energiya almashinish balansi, biologik unumdorligi va boshqa xususiyatlariga asosiy e’tibor qaratiladi.
Hozirgi geotisistemalariniing ekologik holatini o‘rganish, ifloslanish darajasini aniqlash, ekologik vaziyatini baholash va shular asosida tasniflash kabi muammolarning yechimini ishlab chiqishda geoekologik yondashuv muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega.


Download 26.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling