Ekonometrik modellashtirish asoslari
Ekonometrik model tushunchasi, turlari va undagi
Download 0.54 Mb.
|
эконометрик моделлаштириш асослари fayllar org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Vaqt qatorlari modellari.
- Makon bo‘yicha
3. Ekonometrik model tushunchasi, turlari va undagi
o‘zgaruvchilar Iqtisodiyotda qonuniyatlar iqtisodiy ko‘rsatkichning o‘zaro aloqasi sifatida nomayon bo‘ladi. 2. Bir vaqtli tenglamalar tizimi. Bu modellar tizimli tenglamalar ko‘rinishida bo‘ladi. Tizim regression tenglamalardan iborat bo‘lishi mumkin va har biri erkin o‘zgaruvchi omillardan tashqari boshqa tenglamalardagi bog‘liq bo‘lgan o‘zgaruvchilardan tuzilgan bo‘lishi mumkin.Amaliyotda bunday tizimlarning rekursiv ko‘rinishga keltiriladi.Buning uchun oldin bog‘liq bo‘lgan ko‘rsatkichlar (o‘zgaruvchilar) topiladi va ular faqat erkin o‘zgaruvchilarga bog‘liq bo‘ladi. Keyinchalik erkin o‘zgaruvchilar va topilgan bog‘liq bo‘lgano‘zgaruvchilar aniqlanadi. Shunday qilib har bir Y faqat erkin o‘zgaruvchilar va tizimda aniqlangan o‘zgaruvchilardan iborat bo‘ladi. Tizimli ekonometrik tenglamalar oddiy regression tenglamalardan farqli o‘laroq murakkab matematik apparatni talab etadi. 3. Vaqt qatorlari modellari. Ma’lum ko‘rsatkichni vaqt bo‘yicha ketma-ket joylashtirilishi vaqtli qator deb ataladi. Tadqiq qilinayotgan o‘zgaruvchining qiymatlari qator darajasi deb ataladi. Vaqt qatorlari modellarda faqat bitta erkin o‘zgaruvchi t -vaqt bo‘ladi va ular bir omilli modellardir. Iqtisodiy ko‘rsatkichlardan tashkil topgan vaqtli qatorlarda quyidagi tarkibiy elementlar:trend,mavsumiy,siklik va tasodifiy komponentlarni aniqlash mumkin. Trend deb jarayondagi uzoq muddatli barqaror va takrorlanuvchi komponentga aytiladi. Masalan:vaqt oralig‘ida maxsulotning sotish hajmining uzluksiz oshishi, maxsulot ishlab chiqarishning o‘zgarishi va h.k. Iqtisodiy jarayonlarning vaqtli qatorlar trendining atrofida doimiy tebranuvchi komponenta bo‘lishi mumkin. Agar u davriy bo‘lib yil davomida tebranib tursa uni mavsumiy tebranishlar deyiladi. Agar tebranish bir necha yil davomidadavom etsa uni siklik tebranish deb ataymiz.Trend mavsumiy va siklik komponentlar doimiy bo‘lsa ularni vaqtli qatorlarning tizimli komponenti deyiladi. Vaqtli qator doimo bu komponentlarga ega bo‘lishishart emas. Siklik tebranishlardan tashkil topgan ekonometrik modellarni additiv yoki multiplikativ shaklda yozish mumkin. Vaqtli modellarga shuningdek ko‘p miqdordagi murakkab additiv prognoz va avtoregression modellarni kiritish mumkin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling