Ekonometrik modellashtirish asoslari


Download 17.87 Kb.
Sana26.06.2020
Hajmi17.87 Kb.
#121867
Bog'liq
1-mavzu - maruza - ekonometrik modellashtirish asoslari


EKONOMETRIK MODELLASHTIRISH ASOSLARI

Reja:


1. Iqtisodiyotda modellashtirish asoslari.

2. Iqtisodiyotda modellarning tasnifi

3. Iqtisodiyotda modellashtirish bosqichlari

1. Iqtisodiyotda modellashtirish asoslari.

Zamonaviy iqtisodiyot nazariyasi ham mikro-, ham makroiqtisodiyotdatabiy, zaruriy element sifatida matematik modellar va usullarni o’z ichiga oladi.Matematikada iqtisodiyotda foydalanish iqtisodiy o’zgaruvchilar va ob’ektlarningeng muhim, ahamiyatli bog’lanishlarni ajartishga va formal tasvirlashga,iqtisodiyot nazariyasining qoidalari, tushunchalari va xulosalalarini aniq va lo’ndabayon qilishga imkon beradi. Bunda modellar va modellashtirish muhim o’rintutadi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim muassasalalaridata’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan kengqamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo’yicha qo’shimcha choratadbirlar to’g’risida”gi 05.06.2018 yilda qabul qilingan PQ-3775 sonli Qarorida“Hududlarda yangi oliy ta’lim tashkil etish, kadrdlar tayyorlashning zamonaviyta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklari hamda sirtqi va kechki bo’limlariningochilishi, oliy ta’lim muassasalalarida qabul kvotalarining oshirilishi mazkuryo’nalishlardagi muhim islohotlar hisoblanadi.

Oliy ta’lim muasasalari innovatsion va texnologik g’oyalar bilan fikralmashadigan muloqot markazlarida aylanmagan, tegishli sohalarda mavjudmuammo va kamchiliklarni tizimli o’rganish, tashkil qilish va ularning yechimibo’yicha taklif kiritish borasida professor o’qituvchilar, yosh olimlar vatalabalarning tashabbus ko’rsatishlari uchun zarur shart-sharoitlaryaratilmagan”ligi takidlab o’tilgan.

Model- bu shunday moddiy yoki xayolan tasavvur ыilinadigan ob’ektki,qaysiki tadqiqot jarayonida haqiqiy ob’ektning o’rnini shunday bosadiki, unibevosita o’rganish haqiqiy ob’ekt haqida yangi bilimlar beradi. Modellarniqurishda tadqiq qilinayotgan hodisani belgilovchi muhim omillar aniqlanadi vaqo’yilgan masalani yechish uchun muhim bo’lmagan qismlar chiqarib tashlanadi.

Ilmiy izlanishlarda modellashtirish qadimgi zamonlardanoq qo’llanilaboshlandi va asta sekin ilmiy bilimlarning qurilish va arxitektura, astranomiya,fizika, ximiya, bilologiya va pixoyat, ijtimoiy fanlar kabi tabora yangi sohalariniqamrab ola boshladi. Birinchi matematik modellar F.Kene, A.Smit (klassikmakroiqtisodiy model), D.Rikardo (xalqaro savdo modeli) tomonidan ishiatilgan. XX asr zamonaviy fanning amalda barcha sohalarida modellashtirish usuliga katta muvaffaqiyatlar va obro'-e'tibor keltirdi.

Turli iqtisodiy hodisalarni o'rganish uchun ularning iqtisodiy modellar deb ataluvchi soddalashtirilgan formal tasvirlaridan foydaianiladi iste'moltanlovi modellari, firma modellari, iqtisodiy o'sish modellari, tovar va moliyabozorlaridagi muvozanat modellari va boshqa ko'p modellar iqtisodiymodellarga misol boiadi.

Iqtisodiyotda matematik model — bu iqtisodiy ob'ektlar yokijarayonlarni tahlil qilish yoki boshqarish maqsadida ularning matematiktasvirlanishi, ya'ni iqtisodiy masalaning matematik yozuvi, Iqtisodiy ob'ektningmatematik modeli — bu uning funksiyalar, tenglamalar, tengsizliklar,mantiqiy munosabatlar, grafiklar majmuasi ko'rinishidagi aks ettirilishidir. Bundayaks ettirish o'rganilayotgan ob'ekt elementlarining munosabatlari to’plaminimodel elementlarining shunga o'xshash munosabatlariga birlashtiradi.

Iqtisodiy-matematik modelllarni amaliyotda qo'llash usullari iqtisodiymatematik usullar deb ataladi, Iqtisodiy-matematik usullar (IMU) iqtisodiyotnio'rganish uchun birlashtirilgan iqtisodiy va matematik fanlarning uyushmasidir.Bu tushuncha fanga XX asrning 60-yillarida akademik V.S.Nemchinovtomonidan kiritilgan bo'lib IMU iqtisodiyot, matematika va kibernetikaningtutashishida hosil bo'lgan.

2. Iqtisodiyotda modellarnmg tasnifi

Modellashtirish va modellar o'zining turli sohalardagi tadbiqlariga qarab,moddiy va abstrakt kabi sinflarga bo'linadi.

Moddiy modellar asosan o'rganilayotgan ob'ekt va jarayonni geometrik,fizik, dinamik yoki funksional tavsiflarini ifodalaydi. Masalan, ob'ektningkichiklashtirilgan rnaketi (masalan, litsey, kollej, universitet) va turli xi! fizik, ximik va boshqa xildagi maketlar bmiga rnisol bo'la oladi. Bu modellaryordamida turli xi! texnologik jarayonlarni optimal boshqarish, ulamijoylashtirish va foydalanish yoilari o'rganiladi. Umuman olganda, moddiymodellar tajribaviy xarakterga ega bo’lib, lexnika faniarida keng qo'llaniladi.

Ammo moddiy modeliashtirishdan iqtisodiy maslalarai yechish uchunfoydalanishda ma'lum chegaralanishlar mavjud. Masalan, iqtisodiyotni birorsohasini o'rganish bilan butun iqtisodiy ob'ekt haqida xuiosa chiqaribboimaydi. Ko'pgina iqtisodiy masalalar uchun esa moddiy modellar yaratishqiyin bo'iadi va ko'p xarajat talab etadi.

Abstrakt (ideal) modellar inson tafakkurining mabsuli bo'lib, ularlushunchalar, gipotezalar va turli xil qarashlar tizimidan iborat. Iqtisodiytadqiqotlarda, boshqarish sohalarida, asosan, abstrakt modeliashtirishdanfoydalaniladi.

Ilmiy bilishda abstrakt modellar ma'lurn tillarga asoslangan belgilarmajmuidan iborat. O'z navbaiida, belgili abstrakt modellar matematik valogic tillar shaklidagi matematik logik modellarni ifodalaydi.

Matematik modellashtirish turli xil tabiatli, ammo bir xil matematik bog'lanishlarni ifodalaydigan voqea va jarayonlarga asoslangan tadqiqotusulidir.

Iqtisodiyotda modellar turli asoslarga ko'ra tasniflanadi. Modellar iqtisodiyotning turli tomonlari (xususan, uning ishlabchiqarish-texnologik, ijtimoiy, hududiy tuzilmalari)ni va uning alohidaqismlarini tadqiq qilish uchun mo'ljallanishi mumkin. Modellarni tadqiq qilinayotgan iqtisodiy jarayonlar va muammolar mazmuni bo'yichatasniflashda butun iqtisodiyot modellari (makroiqtisodiy modellar)ni va uningquyi tizimlari — tarmoqlar, hududlar va hokazolarning modellari, ishlabchiqarish, iste'mol, daromadlarni shakllantirish va taqsimlash, mehnat resurslari, baholarni shakllantirish, moliyaviy aioqalar va shu kabilarmodeJlarining majmualari (mikroiqtisodiy modellar)m ajratib ko'rsatish mumkin.

Tuzilmaviy modellar ob'ektlarning ichki tuzilishi, tarkibiy qismlari, ichkiparametria!ini, ular orasidagi o'zaro bogiiqliklarni ifodalaydi. Iqtisodiyotmiqyosidagi tadqiqotlarda ko'proq tuzilmaviy modellar qo'llaniladi, chunki ularquyi tizimlarning o'zaro bog'liqliklari rejalashtirish va boshqarish uchun kattaahamiyatga ega„ O'ziga xos tuzilmaviy modellar sifatida tarmoqlararo aloqalarmodellarini olish rnumkin. Furiktsional modellar iqtisodiy boshqarishda keng qo’laniladi, bunda ob'ektning holati («chiqish»)ga «kirish»ni o'zgartirish yoiibilan ta'sir ko'rsatiladi. Iste'molchilarning tovar-pul munosabatlari sharoitidagixatti-harakatlari modeli bunga misol bo Ma oladi. Aynan bir ob'ekt birvaqtning o'zida ham tuzilmaviy, ham funksional model bilan tasvirlanishimumkin. Masalan, alohida tarmoq tiziminini rejalashtirish uchun tuzilmaviymodeldan foydalaniladi, iqtisodiyot miqyosida esa har bir tarmoq funksional model bilan ifodalanishi mumkin.

Deterrninirlangan modellar model o'zgaruvchilari orasidagi qat'iyfunksional bog'lanishlar borligini nazarda tutadi. Stoxastik modellar tadqiqqilinayotgan ko'rsatkichlarga tasodifly ta'sirlarning borligini e'tiborga oladihamda ularni tasvirlash uchun ehtimollar nazariyasi va matematikstatistikaning vositalaridan foydalanadi.

Statik modellarda barcha bogianishlar vaqtning tayinli payti yokidavriga tegishlidir. Dinamik modellar iqtisodiy jarayonlarning vaqt bo'yichao'zgarishini tavsiflaydi. Qaralayotgan vaqt davrining uzunligiga qarabbashoratlash va rejalashtirishning qisqa muddatli (bir yilgacha), o'rta muddatli (5yilgacha), uzoq muddatli (10-15 va undan ko'proq yilgacha) modellarifarqlanadi. Iqtisodiy-matematik modellarda vaqtning o'zi yoki uzluksiz, yokidiskret ravishda o'zgarishi mumkin.

Iqtisodiyot modellari fazoviy omillar va shartlarni o'z ichiga olishigaqarab fazoviy va nuqtaviy modellar farqlanadi.

Shunday qilib, iqtisodiyotda modellarning umumiy tasnifi o'ndan ortiq asosiy belgilarni o'z ichiga oladi. Iqtisodiy-matematik tadqiqotlamingrivojlanishi bilan qoilanilayotgan modellarni tasniflash muammosimurakkabiashib boraveradi.

3. Iqtisodiyotda modellashtirish bosqichiari.

Modellashtirish jarayonining asosiy bosqichiari turli sohalarda, shujumladan, iqtisodiyotda ham o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'ladi. Iqtisodiymatematik modellashtirish bitta siklining bosqichiari ketma-ketligi vamazmunini tahlil qilaylik.

Iqtisodiy muammoning qo'yilishi va uni sifat jihatdan tahlil qilish. Bubosqich modellashtiriladigan ob'ektning eng muhim xususiyatlari vaxossalarini ajratib, ularni ikkinchi darajalilaridan abstraktsiyalashni; ob'ektningtuzilmasi va uning elementlarini bog'lovchi asosiy bog'lanishlami o'rganishni;ob'ektning holati va rivojlanishini tushuntiruvchi (hech bo’maganda dastlabki)gipotezalarni shakllantirishni o'z ichiga oiadi.

Matematik modelni qurish. Bu bosqich iqtisodiy muammoniformallashtirish, uni tayinli matematik bog'lanishlar va munosabatlar(funksiyalar. tenglamalar, tengsizliklar va h.k.) ko'rinishida ifodalashbosqichidir. Odatda awal matematik modeining asosiy qurilmasi (turi) aniqlanadi, so'ngra bu qurilmaning tarkibiy qismlari (o'zgaruvchiiar vaparametrlarning aniq ro'yxati, bog'lanishlar shakii) aniqlashtiriladi.

Modelni matematik tahlil qilish. Bu bosqichning maqsadi modeiningumumiy xossalarini aniqlashdan iborat. Bu yerda tadqiqotning sof matematikusullari qo'llaniladi. Modelning analitik tadqiqotida yechimning mavjudligi,yagonaligi, yechimga qaysi o'zgaruvchilar (noma'lumlar) kirishi mumkinligi,ular orasidagi munosabatlar, bu o'zgaruvchilar qaysi doirada va qanday dastlabki shartlarga bog’iq ravishda o'zgarishi, ularning o'zgarish yo'nalishlari va shu kabi masalalar oydinlashtiriladi. Modeining analitik tadqiqoti empiric (sonli) tadqiqotiga nisbatari shunisi bilan afzalki, bunda olinayotgan xulosalarmodelni tashqi va ichki parametrlarining har xil tayinli qiymatlarida o’z kuchinisaqlaydi.

Sonli yechish. Bu bosqich masalani sonli yechish uchun algoritrnlarni ishlab chiqish, EHMlarda dasturlar tuzish va bevosita hisoblashlar o’kazishnio'z ichiga oladi. Bu bosqichdagi qiyinchiliklar, birinchi navbatda, iqtisodiymasalalarning katta hajmi, juda katta axborot massivlarini qayta ishlashzamriyatidan kelib chiqadi.

Sonli natijalar tahlili va ularning tatbiqi. Siklning bu yakunlovchibosqichida modellashtirish natijalarining to'g'riligi va to'laligi, ularning amaldaqo'llanish darajasi haqida muammo ko'tariladi.

Har qanday ekonometrik tadqiqotlar iqtisodiy jarayon va hodisalarni statisik kuzatish natijasida olingan ma'lumotlarga asosiangan holda oiibboriladi. Har bir iqtisodiy hodisa va jarayon esa makro- yoki mikro statistic ko'rsatkichlar orqali ifodalanadi. Statistika nazariyasi fanidan ma’lumki,statistik ko'rsatkichlar mutloq, nisbiy va o'rtachalardan iborat bo'lib, ular o'zlarining miqdoriy va sifat tomonlariga ega. Demak,iqtisodiy jarayonlar yuqoridagi ko'rsatkichlar orqali ifodalanadi. Statistikkuzatish natijasida olingan va tahlil qilingan ma'lumotlar ekonometrik xodisalarning statistik bazasini tashkil etadi.



Tuzilgan va o'tgan davrdagi jarayonlami aks ettiruvchi ekonometrik modellar endi prognozlash masalalarini hal etishda foydalaniladi, ya'ni omilbelgilarning kelajakda qabul qilishi mumkin bo'lgan qiymatlarida jarayondaqanday o'zgarishlar bo'lishi mumkinligi masalasi yechiladi.
Download 17.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling