Ekonometrika-2” ga kirish
Ekonometrik modellashtirish bosqichlari
Download 45.6 Kb.
|
1-Ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
1.4. Ekonometrik modellashtirish bosqichlari
Ekonometrik modellarni tuzish bir qancha bosqichlardan tashkil topadi. Birinchi bosqich – spetsifikatsiyalash - iqtisodiy muammoni qoʻyilishi – asosiy omillar guruhi tanlanadi, iqtisodiy maʼlumot toʻplanadi, asosiy omil va taʼsir etuvchi omillar guruhi belgilanadi; korrelyatsion tahlil usuli yordamida ekonometrik modelda qatnashadigan omillar aniqlanadi. Iqtisodiy jarayon har tomonlama nazariy, sifat jihatdan tahlil qilinadi va uning parametrlari, ichki va tashqi informatsion aloqalari, ishlab chiqarish resurslari, rejalashtirish davri kabi koʻrsatkichlar aniqlanadi. Ikkinchi bosqich – identifikatsiya qilish. Bu bosqichda izlanayotgan nomaʼlum oʻzgaruvchilar qaysi, qanday maqsadni koʻzda tutadi, natija nimalarga olib keladi kabi savollar aniqlangan boʻlishi kerak. “Eng kichik kvadratlar usuli” yordamida tuziladigan ekonometrik modelning parametrlari aniqlanadi. Uchinchi bosqich –verifikatsiya qilish. Tuzilgan modelni ahamiyati toʻrtta yoʻnalish boʻyicha tekshiriladi: - modelning sifati koʻplikdagi korrelyatsiya koeffitsiyenti va determinatsiya koeffitsiyenti yordamida baholanadi; - modelning ahamiyati approksimatsiya xatoligi va Fisher mezoni yordamida baholanadi; - model parametrlarining ishonchliligi Styudent mezoni boʻyicha baholanadi; - Darbin-Uotson mezoni yordamida “Eng kichik kvadratlar usuli” ning bajarilish shartlari tekshiriladi. Toʻrtinchi bosqich – tuzilgan va baholangan ekonometrik model yordamida asosiy iqtisodiy koʻrsatkichlar prognoz davriga hisoblanadi. Yuqorida sanab oʻtilgan bosqichlar bir-biri bilan chambarchas bogʻliq va biri ikkinchisini toʻldirib, yagona maqsadni amalga oshirish uchun xizmat qiladi. Shuni eslatib oʻtish kerakki, masalani kompyuterda yechish uchun standart dastur boʻlishi kerak, agar unday dastur boʻlmasa, uni maʼlum algoritmlar asosida tuzish zarur. Nazorat savollari 1. Fanning predmeti, maqsadi va vazifalari. 2. Fanning boshqa fanlar bilan aloqasi. 3. Obyektiv iqtisodiy qonunlar va subyektiv omillar. 4. Xoʻjalik jarayoni va bozor iqtisodiyotini modellashtirish va tahlil qilish muammolari. 5. Fanni asosiy vazifalari va tahlil usullari. 6. Matematikani iqtisodiy tahlilga qoʻshgan ulushi. 7. Dasturlash usullari va ularning imkoniyatlari. 8. Omilli tahlil va korrelyatsiya, regressiya tahlili. 9. Modellashtirishga induktiv va deduktiv yondashish. 10. Iqtisodiy bilimlar va matematika oʻrtasidagi bogʻlashishlarni rivojlanishi. Download 45.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling