Qishloq xo`jalik korxonalarida asosiy vositalarga eskrish xisoblashning xususiyatlari va hisobi Reja kirish
Download 36.54 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.Asosoiy vositalarga eskirish hisobining sentetik va analitik hisobi XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR Kirish
Qishloq xo`jalik korxonalarida asosiy vositalarga eskrish xisoblashning xususiyatlari va hisobi Reja KIRISH 1. Qishloq xo`jalik korxonalarida asosiy vositalarga eskirish hisoblashning xususiyatlari 2. Qishloq xo`jalik korxonalarida asosiy vositalarga eskirish hisoblash usullari 3.Asosoiy vositalarga eskirish hisobining sentetik va analitik hisobi XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR Kirish Qishloq xo‘jaligi korxonalarida asosiy vositalar, boshqa tarmoq korxonalari singari, amortizatsiyalanadigan va amortizatsiyalanmaydigan asosiy vositalarga bo‘linadi. Respublikamizda qabul qilingan 5-son BHMS «Asosiy vositalarga muvofiq qishloq xo‘jaligi korxonalarida amortizatsiya hisoblanmaydigan asosiy vositalarga quyidagilar kiritiladi: - mulk sifatida sotib olingan yer uchastkalari; - mahsuldor hayvonlar; - qiymatidan qat’i nazar o‘stirishdagi va boquvdagi mollar gumhiga kiritiladigan mollar parrandalar, quyonlar, asalarilar, qimmatbaho mo‘ynali hayvonlar, qo‘riqchi itlar vaboshqa shu kabi hayvonlar; - to‘liq amortizatsiyalangan asosiy vositalar; - belgilangan tartiblarga ko‘ra konservatsiya qilingan asosiy vositalar; - kutubxona fondi; - muzey eksponatlari va boshqalar. Qishloq xo‘jaligi korxonalarining boshqa asosiy vositalari umumbelgilangan tartibda, shuningdek hisob siyosatida ko‘rsatilgan tartiblarga ko‘ra amortizatsiyalanadi. Chunonchi, qishloq xo‘jaligi korxonalarida yillik amortizatsiyabino vainshootlar bo‘yicha yillik 5 foiz, qishloq xo‘jaliktexnikasi va asbob-uskunalari, ofis mebeli vaj ihozlari, yuk tashish mashinalari, avtobuslar bo‘yicha 15 foiz, kompyutyer texnikasi, yengil avtomobillar vayo‘llarda ishlatiladigan avtotraktor texnikasi bo‘yicha 20 foiz, suv chiqarish nasoslari, elektrdvigatellar, generatorlar, truboprovodlar bo‘yicha 8 foiz miqdorida hisoblanadi. Demak, qishloq xo‘jaligi korxonalarida ushbu asosiy vositalari bo‘yicha eskirishni hisoblash me’yorlari va tartibi barcha boshqa tarmoqlar uchun belgilangan tartibgato‘liqo‘xshaydi. Biroq, ishehi hayvonlar, ko‘pyillik o‘simliklar kabi asosiy vositalar bo‘yicha eskirishni hisoblash masalasida turli munozalar tug‘diradigan, shuningdek o‘zigaxos yondashishlami talab qiladigan asosiy vositalar hisoblanadi. Respublikamiz Soliq kodeksiga muvofiq ishehi hayvonlar va ko‘p yillik o‘simliklar yiliga 10 foiz me‘yorida amortizatsiya qilinadigan asosiy vositalar guruhiga kiradi. Lekin, ushbu asosiy vositalaming foydali xizmat muddatini aynan o‘n yil qilib belgilash juda ham nisbiydir. Odatda, ishchi hayvonlar o‘n yil ham xizmat qilmasliklari yoki undan bir necha bor ko‘p muddatda xizmat qilishlari mumkin. Ko‘p yillik o‘simliklaming qariyb yarim asr, hattoki bir asrgacha hosil beradigan turlarining borligi ham sir emas. Shu bois ham ishehi hayvonlar va ko‘p yillik o‘simliklar bo‘yicha amortizatsiya hisoblash bo‘yicha belgilangan muddatlami eng kam xizmat muddati sifatida e‘tirof etilishi maqsadga muvofiqdir. Download 36.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling