Ekonometrika asoslari fanidan yakuniy nazorat bileti
Ekonometrik modellarni tuzish bosqichlarini aytib bering?
Ekonometrik modellarni tuzish bir qancha bosqichlardan tashkil topadi. Ulami
alohida ko'rib chiqaylik:
Birinchi bosqich. Iqtisodiy jarayon har tomonlama nazariy, sifat jihatdan tahlil
qilinadi va uning parametrlari, ichki va tashqi informatsion aloqalar, ishlab chiqarish
resurslari, rejalashtirish davri kabi ko'rsatkichlar aniqlanadi.
Ikkinchi bosqich. Bu bosqichda izlanayotgan noma'lum o'zgaruvchilar qaysi,
qanday maqsadni ko'zda tutadi, natija nimalarga olib keladi kabi savollar aniqlangan
bo'lishi kerak.
Uchinchi bosqich. Modellashtirilayotgan jarayonning iqtisodiy-matematik
modeli tenglamalari va tengsizliklar tizimi shaklida ifodalanadi.
To’rtinchi bosqich. Tuzilgan iqtisodiy-matematik modelning miqdoriy
yechimini aniqlaydigan usul tanlanadi.
Beshinchi bosqich. Masalani yechish uchun kerakli bo'lgan barcha iqtisodiy
ma’lumotlar to'planadi.
Oltinchi bosqich. Olingan ma'lumotlar statistik tahlil qilinib, EHMda
tanlangan usul va dasturdan foydalanib, qo'yilgan masala yechiladi.
Yettinchi bosqich. Olingan natijalar iqtisodiy tahlil qilinadi va optimal variant
tanlanadi.
Yuqorida sanab o'tilgan bosqichlar bir-biri bilan chambarchas bog'liq va biri
ikkinchisini to'ldirib, yagona maqsadni amalga oshirish uchun xizmat qiladi.
Shuni eslalib o ’tish kerakki, masalani kompyuterda echish uchun standart
dastur bo'lishi kerak, agar unday dastur bo'lmasa, uni ma'lum algoritmlar asosida
tuzish zarur.
Statik va dinamik modellar deganda nimani tushunasiz?
Statik modellar o‘zida vaqtning ayrim, qayd qilingan oralig‘ini qamrab oladi. Dinamik model vaqtning izchil oraliq tizimi holatini aks ettiradi. O‘zgaruvchan xarakterga ko‘ra, boshlang‘ich iqtisodiy ishlab chiqarish omillari yoki aralash omillarni o‘z ichiga olgan modellarni ko‘rsatish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |