Ekonometrika Suyunov Azizbek


Download 0.57 Mb.
Sana16.06.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1507826
Bog'liq
Ekonometrika MI

Ekonometrika

Suyunov Azizbek

REJA:


1.Ekonometrika fanining mohiyati, vazifalari va predmeti
2.Modellashtirish tushunchasi, turlari
3.Amaliy paketlar
Ekonometrika-fanda juda tez rivojlanuvchi soha bo’lib, uning maqsadi iqtisodiy munosabatlarga miqdoriy o’lchamlarni berishdan iborat. “Ekonometrika” iborasi(so’zi) 1910 yilda (Avstro-Vengrya) buxgalter P.Tsemp tomonidan kiritilgan (u “ekonometriya” degan).
Iqtisod fanida yangi yo’nalish - “ekonometrika” 1930 yilda paydo bo’ldi. “Ekonometrika” (grekcha “metron”) so’zi ikkita “ekonomika” va “metrika” so’zlarining birlashmasidan tashkil topgan. Shunday qilib, iboraning o’zida ekonometrikani fan sifatida uning xususiyati va mazmuni ifodalanadi.
Ekonometrik model o’zaro bog’langan o’zgaruvchilarning nazariy jihatlari va ular orasidagi bog’lanish xususiyatlariga asoslanadi.
O’zaro bog’lanishlarni ifodalashda asosan, ularning sifat tomonlarini tahlil qilishga ko’proq e’tibor beriladi.
echimlarni tushinish, muhokama qilish va amalga joriy etish.
parametrlarni baholash;
model xususiyatini aniqlash;
ma’lumotlar yig’ish, ularni sifatini tahlil qilish;
muammoning qo’yilishi;
Shuning uchun ekonometrik tadqiqotlar bosqichlariga quyidagilarni kiritish mumkin.
Model — bu shunday moddiy yoki xayolan tasavvur qilinadigan ob’ektki, qaysiki tadqiqot jarayonida haqiqiy ob’ektning o’rnini shunday bosadiki, uni bevosita o’rganish haqiqiy ob’ekt haqida yangi bilimlar beradi. Modellarni qurishda tadqiq qilinayotgan hodisani belgilovchi muhim omillar aniqlanadi va qo’yilgan masalani echish uchun muhim bo’lmagan qismlar chiqarib tashlanadi.
Modellashtirish deganda modellarni qurish, o’rganish va qo’llash jarayoni tushuniladi. Modellashtirish jarayoni quyidagi uch elementni o’z ichiga oladi:
sub’ekt (tadqiqotchi);
tadqiqot ob’ekti;
o’rganuvchi sub’ekt bilan o’rganilayotgan ob’ektning munosabatlarini vositalovchi model.
Modellashtirish va modellar o’zining turli sohalardagi tadbiqlariga qarab, moddiy va abstrakt kabi sinflarga bo’linadi.
Abstrakt (ideal) modellar inson tafakkurining mahsuli bo’lib, ular tushunchalar, gipotezalar va turli xil qarashlar sistemasidan iborat. Iqtisodiy tadqiqotlarda, boshqarish sohalarida, asosan, abstrakt modellashtirishdan foydalaniladi
Moddiy modellar asosan o’rganilayotgan ob’ekt va jarayonni geometrik, fizik, dinamik yoki funktsional tavsiflarini ifodalaydi. Masalan, ob’ktning kichiklashtirilgan maketi (masalan, litsey, kollej, universitet) va turli xil fizik, ximik va boshqa xildagi maketlar bunga misol bo’la oladi. Bu modellar yordamida turli xil texnologik jarayonlarni optimal boshqarish, ularni joylashtirish va foydalanish yo’llari o’rganiladi. Umuman olganda, moddiy modellar tajribaviy xarakterga ega bo’lib, texnika fanlarida keng qo’llaniladi.
Amaliy maqsadiga ko’ra iqtisodiy-matematik modellar iqtisodiy jarayonlarning umumiy xususiyatlari va qonuniyatlarini tadqiq qilishda ishlatiladigan nazariy- analitik modellarga va tayinli iqtisodiy masalalarni echishda qo’llaniladigan amaliy modellar (iqtisodiy tahlil, bashoratlash, boshqarish modellari)ga bo’linadi.
Tuzilmaviy modellar ob’ektlarning ichki tuzilishi, tarkibiy qismlari, ichki parametrlarini, ular orasidagi o’zaro boѓliqliklarni ifodalaydi. Iqtisodiyot miqyosidagi tadqiqotlarda ko’proq tuzilmaviy modellar qo’llaniladi, chunki quyi tizimlarning o’zaro boѓliqliklari rejalashtirish va boshqarish uchun katta ahamiyatga ega. O’ziga xos tuzilmaviy modellar sifatida tarmoqlararo aloqalar modellarini olish mumkin.
Funktsional modellar iqtisodiy boshqarishda keng qo’llaniladi, bunda ob’ektning holati («chiqish»)ga «kirish»ni o’zgartirish yo’li bilan ta’sir ko’rsatiladi. Iste’molchilarning tovar-pul munosabatlari sharoitidagi xatti-harakatlari modeli bunga misol bo’la oladi.
Determinirlangan modellar model o’zgaruvchilari orasidagi qat’iy funktsional bog`lanishlar borligini nazarda tutadi. Stoxastik modellar tadqiq qilinayotgan ko’rsatkichlarga tasodifiy ta’sirlarning borligiga yo’l qo’yadi hamda ularni tasvirlash uchun ehtimollar nazariyasi va matematik statistikaning vositalaridan foydalanadi.
Statik modellarda barcha bog`lanishlar vaqtning tayinli payti yoki davriga tegishlidir. Dinamik modellar iqtisodiy jarayonlarning vaqt bo’yicha o’zgarishini tavsiflaydi.

E’tiboringiz uchun rahmat !


Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling