Ekonometrika


Download 0.88 Mb.
bet14/42
Sana07.05.2020
Hajmi0.88 Mb.
#104085
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   42
Bog'liq
Ekonometrika

2-misol.

Hududning 20ta ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklarida y ‑ jon boshiga o’rtacha yillik daromadining(mlrd. so’m) x1 ‑hududda dehqonchilik bilan shug’ulanayotgan band aholining umumiy aholi sonidagi ulushi(%) va x2 ‑ barcha aholi sonidagi chorvachilik bilan shug’ullanuchi aholi ulushi(%)ga bog’liqligi quyidagi 2.2 ‑jadvalda keltirilgan ma’lumotlar asosida o’rganilgan:


2.2 –jadval

Belgilar

O’rtacha qiymat

O’rtacha kvadratik chetlanish

Bog’lanish zichligi

Bog’lanish tenglamasi

y

112,76

31,58







x1

3,34

3,34





x2

1,74

1,74








Talab etiladi:

  1. Ko’p omilli regressiya tenglamasi va bog’lanish zichligi ko’rsatkichini statistik ahamiyatliligini α=0,05 muhimlik darajasida tekshirish uchun dispersion taxlil jadvalini tuzish;

  2. Ko’p omilli regressiya tenglamasiga x1 omilni x2 omildan so’ng kiritilishi va x2 omilni x1 omildan so’ng kiritilishini qanchalik maqsadga muvofiqligini Fisherning xususiy F –kriteriysi yordamida baholash;

  3. Ko’p omilli regressiya tenglamasida x1 va x2 erkli o’zgaruvchilar oldidagi statistik ahamiyatliligini Styudent t –kriteriysi yordamida baholash.

Echish

  1. Dispersion taxlil masala.si regressiya tenglamasi va bog’lanish zichligini statistik ahamiyatga ega emasligi haqidagi H0 gipotezani tekshirishdan iborat.

Taxlil Fisherning F –kriteriysining va larning qiymatlarini taqqoslash bilan amalga oshiriladi. erkinlik darajasi bir bo’lgan holatda haqiqiy va qoldiq dispersiyalarning nisbatlari yordamida topiladi:

bu erda n –kuzatuvlar soni;



m –chiziqli regressiya tenglamasidagi omillar soni;

y –natijaviy belgining haqiqiy qiymati;

–natijaviy belgining hisoblangan qiymati.

Dispersion taxlilni amalga oshiramiz:






Dispersion taxlilning natijasini quyidagi 2.3–jadvalda ifodalaymiz:

2.3-jadval

Natijaning variatsiyasi, y



Erkinlik darajasi soni

Chetlanish kvadratlari yig’indisi,S

Bir erkinlik darajasiga dispersiya,s2




α=0,05,


k1=2, k2=17

Umumiy

df = n-1=19

19945,9







Omilli

k1=m=2

11918,3

5959,15

12,62

3,59

Qoldiq

k2=n-m-1=17

8027,6

472,21






va larning qiymatlarini taqqoslash natijasi H0 gipotezani rad etish xulosasiga olib keladi va regressiya tenglamasini umuman va ning qiymati bo’yicha statistik ahamiyatliligi haqida xulosa qilamiz, chunki ular statistik ishonchli va tasodifiy bo’lmagan omillar ta’sirida xosil bo’lgan. H0 gipotezani rad etganda bo’lishi mumkin bo’lgan xatolik ehtimolligi 5%dan oshmaydi va bu etarlicha kichik miqdorni tashkil etadi.


  1. Fisherning xususiy F ‑kriteriysi x1 omilni x2 omil modelga kiritilgandan co’ng modelga kiritish maqsadga muvofiqligini baholaydi. Fisherning xususiy F –kriteriysi omil dispersiyani qo’shimcha kiritilgan omil (bir erkinlik darajasiga) hisobiga o’zgarishini qoldiq dispersiyaga nisbati bilan hosil qilinadi, ya’ni

Dispersion taxlilni amalga oshiramiz va uning natijalarini 2.4-jadvalda ifodalaymiz:











2.4-jadval



Natijaning variatsiyasi, y

Erkinlik darajasi soni

Chetlanish kvadratlari yig’indisi,S

Bir erkinlik darajasiga dispersiya,s2



α=0,05,


k1=2, k2=17

Umumiy

df = n-1=19

19945,9







Omilli

Shu jumladan:

-x2 hisobiga

-qo’shimcha kiritilgan x1

hisobiga


k1=m=2
1
1


11918,3
5127,1
6791,2

5959,15
5127,1
6791,2

12,62
10,86
14,38

3,59
4,45
4,45

Qoldiq

k2=n-m-1=17

8027,6

472,21




Modelga x1 omilni x2 omildan keyin kiritish statistik ma’noga ega va to’g’ri deb hisoblanadi, chunki x1 omilni modelga qo’shimcha ravishda kiritish natijasi omil dispersiyani o’sishiga olib keldi, ya’ni





Huddi shu tartibda x2 omilni avval kiritilgan x1 omildan so’ng qo’shimcha qilib kiritilishini maqsadga muvofiqligini aniqlaymiz. Hisoblashlarni bog’lanish zichliklarini qo’llab amalga oshiramiz:

Hosil bo’lgan munosabatdan kelib chiqib x2 omilni x1 omildan so’ng kiritish maqsadga muvofiq emas deb xulosa qilishimiz mumkin, chunki erkinlik darajasi bir bo’lganda haqiqiy dispersiyani ortishi muhim emas, statistik ahamiyatga ega emasligi kelib chiqdi, x2 omilni ta’siri sezilarli ham, doimiy ham emas ekan. y ni x1 ga chiziqli juft regressiya tenglamasni tuzish bilan chegaralanish kifoya edi.




  1. b1 va b2 koeffitsientlarning ahamiyatliligini Styudent t –kriteriyasi yordamida baholash, ularnining qiymatlarini va –tasodifiy xatoliklar qiymatlari bilan taqqoslash bilan bog’liq. Tasodifiy hatoliklarning qiymatlarini hisoblash uchun quyidagi usuldan foydalanamiz:

= 3,79 ,
= 1,32.

Styudent t –kriteriyasini taqqoslab ko’ramiz. Bizning misol.imizda α= 0,05, df = 20-3=17, munosabatdan xulosa qilish mumkinki, b1 regressiya koeffitsienti statistik ma’nodor, ahamiyatga ega, taxlil va prognoz masala.larini echishda uni qo’llash mumkin.

munosabatdan b2 regressiya koeffitsienti statistik ma’noga ega emas, ahamiyatsiz, u tasodifiy omillar ta’siri natijasida hosil bo’lgan degan xulosa qilinadi. Ushbu natija ko’rsatadiki y –natijaviy ko’rsatkichga x1 omilning ta’siri statistik ahamiyatga ega, x2 omilning ta’siri ahamiyatsiz, ya’ni xududda 20ta fermer xo’jaliklarida faoliyat yuritayotgan aholining o’rtacha yillik jon boshiga daromadi asosan dexqonchilik bilan shug’ullanayotgan aholining ulushiga to’g’ri kelishini ko’rsatadi.

Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling