Oldindan aytib berish - bu kelgusidagi muammoni hal qilishning mumkin bo„lgan yoki istalgan istiqbolda holatini bayon qilishdir. Boshqacha qilib aytganda, oldindan aytib berish - kelgusida bo„ladigan ma‟lum jarayonlarning holati haqidagi ishonchli fikrni bildiradi.
Oldindan ko‘ra bilish - tizimni rivojlantirishning qonuniyatlariga asoslangan, haqiqatni, oldindan aks ettirishdir. Bu narsa tizimning kelgusidagi holati haqida ma‟lum xulosa chiqarish imkonini beradi.
Istiqbollash (prognoz) - bu ehtimol yo„nalishlar, obyektlar va hodisalarning rivojlanishi natijalari. Prognozlash - bu obyektni rivojlantirish istiqbolini belgilab beradigan maxsus ilmiy tadqiqotlardir.
Rejalashtirish - bu aniq belgilangan maqsad, uni amalga oshirishning yo„llari va tadbirlari, belgilangan xom ashyolar bilan ajralib turadi.
Reja - yakka yagona, ijrosi majbur bo„lgan direktiv hujjatdir.Shunday qilib rejalashtirish, prognozlash, oldindan aytib berish, oldindan ko„ra bilish - kelajakni baholashning ishonchlilik darajasiga qarab biri biridan farq qiladi.
Prognozlashda ekstrapolyatsiya usuli o„rganiladigan obyektning rivojlanishiga taalluqli bo„lgan omillarning doiraviylik, o„zgarmaslik shartiga asoslangan bo„lib, obyektning o„tmishdagi va shuncha asoslanib kelajakdagi rivojlanish qonuniyatlarini o„rganadi.
Ko‘p omilli regressiya - bir nechtaerkli o„zgaruvchilardan iborat bo„lgan tenglama:
bu yerda y - bog„liq bo„lgan o„zgaruvchi (natijaviy ko„rsatknch) hisoblanadi
Juftlikdagi bog„liq bo„lgani kabi, ko„p omilli regressiya tenglamalarining chiziqli va chiziqsiz turlari mavjud. Parametrlarni aniq talqin qilish nuqtai nazaridan, chiziqli va darajali funksiyalareng ko„p qo„llaniladi.
Tavsiflash modellari - o„zgaruvchan o„zaro aloqalarni eng yaxshi tarzda tavsiflaydigan regressiyalarni tenglashtirish modeli hisoblanadi. Bunday hollarda modellar parametri mazmundor ma‟noga ega bo„lmaydi. Mazkur parametrlar qiymatini belgilashda approksimatsiya, ya‟ni tavsiflanayotgan o„zgaruvchan kirish bilan tavsiflanayotgan chiqish o„rtasidagi statistik muvofiqlik barqarorlik vazifalari hal eiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |