Ekonometrikaga kirish. Ekonometrika asoslarining predmeti–bu iqtisodiy jarayonlar va hodisalarning o„zaro bog„liqligini miqdoriy ifodalanishni o„rganish hisoblanadi. Iqtisodchilar “Ekonometrika”


Prognozlash usullari va ularning turlari


Download 0.85 Mb.
bet4/5
Sana02.02.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1146775
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ekonometrikaga kirish

Prognozlash usullari va ularning turlari
Prognozlashtirish masshtabiga ko„ra makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy prognozlarga ajratiladi.
Tuzilish intervali bo„yicha operativ, qisqa muddatli va uzoq muddatli bo„lishi mumkin. Qisqa muddatli prognozda faqat miqdoriy o„zgarishlar e‟tiborga olinadi. Uzoq muddatli prognoz ham miqdoriy, ham sifat o„zgarishlarga asoslangan bo„lib, o„z o„rnida o„rta muddatli va uzoq muddatli bo„lishi mumkin.
Prognozlash yo„nalishlariga ko„ra izlanishli va normativ bo„lishi mumkin. Izlanishli prognoz – agar hozirgi tendentsiyalar saqlanib qolsa iqtisodiy tizim qanday rivojlanadi?, degan savolga javob beradi. Boshqa so„z bilan aytganda tizimga ta‟sir etuvchi omillar o„zgarmasa, u qanday holatga kelishi mumkin?Normativ prognoz bo„lajak maqsadlarga erishish uchun tizimni rivojlanish yo„nalishlarini va muddatlarini aniqlaydi (belgilaydi). Maqsad qilingan holatga tizim erishish uchun, ta‟sir etuvchi omillarga qanday o„zgarishlar kiritish zarur? Boshqa so„z bilan aytganda qanday qilib maqsadga erishish mumkin?
Prognozlarning izlanilayotgan obyekt xarakteriga ko„ra bo„linishlari har xil qayta ishlab chiqarish jarayonlari bilan bog„liq. Shunga ko„ra, prognozlash quyidagilarga ajratiladi.
Prognozlar funksional belgisiga qarab ikkiga - normativ va izlanuvchi prognozlarga bo„linadi.
Izlanuvchi prognozlar: izlanayotgan obyektlarning kelajakdagi rivojlanish darajasiga asoslangan bo„lib, bu darajalarni qo„llash sharoitlaridan cheklashadi. Uning vazifasi o„rganilayotgan obyekt bor tendentsiyalar saqlangan holda qanday rivojlanishini o„rganishdir.
Normativ prognozlar: izlanuvchi prognozlaridan farqli o„laroq oldin qo„yilgan maqsadlar bazasida ishlab chiqiladi. Uning vazifasi maqsad qilib olinayotgan obyektning kelajakdagi holatini prognozlash yo„li va erishish vaqtini aniqlashdir.
Izlanuvchi prognozlar obyektning oldingiga nisbatan kelajakdagi holatini aniqlashdan qaytayotgan bir vaqtda, normativ prognoz teskari tartibda amalga oshiriladi, ya‟ni kelajakdagi holatini qo„yilgan maqsadining tendentsiyalari va uni qo„llash tartibida amalga oshiriladi.

Prognozlar turlanishi prognozlash yo„llari bilan uzviy bog„liq. Bir - birini to„ldiruvchi uch xil prognozlash usullari mavjud.
Usul – bu, o„rganish yo„llari va usullarini tanlash hamda shu tarmoqdagi haqiqat ko„rinishlarini umumiylashtirishdir. Iqtisodiy prognozlashning usuli har bir tarmoqda bo„lganidek izlanayotgan obyektlarga qarashli, o„rganilayotgan omil va ko„rinishlar asosiga kirish mumkin bo„lgan dialektik usuldir. U umumiy ilmiy usullar va izlanishiga yondashuv hamda iqtisodiy ko„rinishlarni ilmiy prognozlashga asoslangan o„ziga xos usullar asosida ishlatiladi.
Umumiy yondoshuvlardan quyidagilarni ajratish mumkin:
tarixiy yondashuv;
kompleks yondashuv;
tizimli yondashuv;
strukturaviy yondashuv;
tizimli-tarkibiy yondashuv.
Hozirgi kunda kelajakni baholashni 2 turi hayotga tadbiq etilgan: ilmiy baholash va noilmiy ko„ra bilish. Kelajakni ilmiy baholashning turlari:

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling