“Ekonometriya” fanidan yozgan mustaqil ishi


Download 173.26 Kb.
bet4/5
Sana18.06.2023
Hajmi173.26 Kb.
#1568763
1   2   3   4   5
Bog'liq
Bozor hajmini aniqlashda ekonometrik modellardan foydalanish

Inflyatsiya - lotincha “inflatio” so'zidan olingan bo'lib, “shishish”, “bo'rtish”, “ko'tarilish” degan ma'nolarni anglatib, mamlakatdagi tovar va xizmatlar bahosi umumiy darajasining oshishi (o'sishi) tushuniladi. Narxlarning umumiy darajasi ko'tarilishi natijasida mamlakat pul birligi (milliy valyuta) xarid qobiliyatining pasayishi ro'y beradi. Bu esa o'z navbatida, davlat pul birligining qadrsizlanishiga olib keladi.
Xo'sh pulning qadrsizlanishi deganda nima tushuniladi?
Pulning qadrsizlanishi deganda, bir xil miqdordagi pulga vaqti kelib kamroq bo'lgan tovar va xizmatlarni sotib olish, ya'ni sotib olinishi mumkin bo'lgan tovar va xizmatlar miqdorining vaqti kelib kamayishi tushuniladi.
Misol uchun, yilning boshida 100 ming so'mga sotib olish mumkin bo'lgan kundalik iste'moldagi tovar va xizmatlarning miqdori yilning oxiriga kelib kamayadi. Bu esa 100 ming so'mga yilning oxirida yilning boshidagiga nisbatan xuddi o'sha tovar va xizmatlarni kamroq miqdorda sotib olish demakdir.
E'tibor bering! Inflyatsiyaning asosiy ko'rsatkichi bo'lib iste'mol narxlari indeksining ma'lum bir davrdagi o'zgarishi hisoblanadi.
Iste'mol narxlari indeksi – uy-xo'jaliklari talabidan kelib chiqib, ma'lum bir tovar va xizmatlar umumiy narxlarining o'rtacha o'zgarish darajasini aks ettiradi. Ushbu umumiy ko'rsatkich iste'mol savatidagi har bir tovar va xizmat uchun narxlarning o'zgarishini inobatga olgan holda hisoblanadi.


3. Imitatsion model tushunchasi va mohiyati.
Imitatsion model analitik modeldan farqli o‘laroq, o‘rganilayotgan ob‘ektning hatti-harakati va ichki strukturasigacha ko‘rsatuvchi yoyilgan sxemani bildiradi. Modelda ifodalanuvchi hodisalarni, ularning mantiqiy strukturasini saqlagan holda, vaqt bo‘yicha ketma-ketligini, o‘rganilayotgan tizimning o‘zgaruvchilari va parametrlari o‘rtasidagi aloqalarni saqlagan holda qayta ishlash imitatsion model uchun xarakterlidir. Imitatsion modellar modellashtirilayotgan tizim haqida axborot olish va keyin, qarorlarni shakllantirish uchun yaroqli bahoni ishlab chiqish uchun mo‘ljallangan. Misol o‘rnida ko‘p tarmoqli iqtisodiyotda ishlab chiqarish va iste‘molni muvofiqlashtirishning imitatsion modelini ko‘rib chiqamiz (5-tasvir).
Sistema 2ta formallashgan blokka ega: moddiy ishlab chiqarish imitatsiyasi va iste‘mol muhiti imitatsiyasi. Sistemada bir qancha boshqarish parametrlaridan foydalanuvchi eksperimentator ko‘zda tutilgan: tarmoqlar o‘rtasida kapital qo‘yilmalarining taqsimlanishi, jamg‗arish sur‘atlari, ish haqi – mahsulot birligining ish haqi sig‗imi, ulgurji va chakana narxlar.
Eksperimentator EХM bilan faol muloqotni amalga oshiradi. Mahsulot turiga hisoblangan talabning to‘g‗rilanuvchi ko‘rsatkichlari va uning tarmoqda yakuniy ishlab chiqarilishi haqida axborotdan foydalaniladi. Agar ko‘rsatkich birlikdan yuqori bo‘lsa, talab taklifdan yuqori, agar birlikdan kam bo‘lsa, aksincha bo‘ladi. Тo‘grilanuvchi ko‘rsatkichlar va yalpi mahsulotning tarmoqlar bo‘yicha o‘sish sur‘ati eksperimentator tomondan yo‘l qo‘yish mumkin bo‘lgan daraja pozitsiyasidan tahlil qilinadi. Agar ular o‘zgarishi kerak bo‘lsa, eksperimentator u yoki bu boshqaruv parametrini o‘zgartirishi mumkin. Masalan, kapital qo‘yilmalarning taqsimlanishi yoki aholining yalpi daromadi yohud narxlar masshtabi o‘zgartiriladi. Bloklar yangi to‘grilanuvchi ko‘rsatkichlarni aniqlaydilar. Eksperimentator ishlab chiqarish va iste‘molning qoniqarli mutanosiblikka kelgani haqida hulosa chiqarishi bilanoq sistemani kelgusi yilning hisob-kitoblariga o‘tqazadi.
Shunday qilib, inson-mashina imitatsion sistemasi aholi pul daromadlari va taklif qilinayotgan tovar va xizmatlar orasidagi eng yaxshi nisbatni ta‘minlovchi prognoz variantlarini topishga imkon beradi. Boshqaruv parmetrlarini ajratish, oraliq qarorlarni baholash va yakuniy qarorlarni tanlash eksperimentatorga yuklanadi, mumkin bo‘lgan ko‘pchilik yechim variantlari EХMda yechiladi.
5-tasvir. Imitatsion modelning strukturaviy sxemasi

Imitatsion biznes o‘yin imitatsion sistemani yanada rivojlantirishni ko‘zda tutadi va o‘z ichiga asosiy elementlar bilan birga (imitatsion model va imitatsiya natijalarini tahlil qilish va qayta ishlash vositlari) maxsus instruktiv va modellashtirilayotgan tizimning kelgusida faoliyatida eng katta natijalarga erishishidan manfaatdor hamda qaror qabul qiluvchi ekspert eksperimentatorning ta‘sirini chegaralovchi boshqa vositalarni o‘z ichiga oladi.
O‘yinchilarga hal qiluvchi daqiqalarda axborot olish imkoniyati berilishi kerak. Imitatsion o‘yin modelini yaratishda, avvalo, o‘yinchilarning motivatsiya tizimi va o‘yin ssenriysini ishlab chiqish lozim. Bunday modellarning bir qismi kompyuterdan foydalanishga, boshqa qismi - mashinasiz imitatsiyaga moslashgan. Imitatsion o‘yin modellari istalgan darajadagi ob‘ektlar uchun qurilishi mumkin: sex bo‘limidan tortib, umuman, xalq xo‘jaligigacha. Yaxshi modelni yaratish katta vaqt talab qiladi (bir necha yilgacha) va arzon tushmaydi, uning yordamida prognozlash, ya‘ni o‘yin o‘tkazish, shuningdek, jiddiy o‘rinishlarni talab qiladi, chunki o‘yin qatnashchilari soni bir necha yuzga yetishi mumkin. Biroq, bu harajatlar o‘zini oqlagan, zero bunday modellar boshqa modellar ishlamaydigan joyda prognoz olish imkonini beradi. Imitatsion modellar bir qator ustunliklarga ega:

  • adekvat modellarni real ob‘ektlar qo‘llash va turli yo‘l qo‘yishlarda model bilan chegaralnmagan tajribalar o‘tkazish imkoniyati;

  • modelga noaniqlik omillarini, o‘zgaruvchilarning tasodifiy xarakterini nisbatan osonroq kiritish;

  • jarayonlar, vaqt parametrlari, muddatlar, kechikishlar dinamikasining nisbatan osonroq ifodalanishi.

Iqtisodiy modellar prognozlanayotgan tizimning tavsifini ham, formallashmagan aloqalarini ham hisobga olgani uchun ular uning rivojlanishini adekvat ifodalashga qodir. Lekin aynan shunday formallashmagan tavsiflarni ta‘riflash iqtisodiy modellarni tuzishning asosiy qiyinchiligi hisoblanadi.
Dinamik iqtisodiy modellar boshlangich shartlarga bogliq bo‘lmagan tizimning asosiy rivojlanish qirralari haqida xulosa qilish imkonini beradi. Bu hulosalar, albatta, prognozlashning boshqa usullari yordamida keyin detallashtiriladi.
Bir vaqtning o‘zida iqtisodiy modellarni EХM uchun ishlab chiqish va dasturlash, odatda, ko‘p mehnat va vaqt sarflari bilan bogliq. Chunki ularning har biri o‘zicha ajoyibdir. Iqtisodiy modellar asosida prognozlash o‘z ichiga bir qancha asosiy bosqichlarni oladi:

    • tadqiqot vazifasini belgilash, prognozlanayotgan tizimni o‘rganish,

emperik axborotlarni to‘plash, modellashning asosiy muammolarini ajratish; iqtisodiy modellarni shakllantirish, model va uning ostki modellarini ifodalashning strukturasi va prinsiplarini tanlash, shuningdek, yo‘l qo‘yiladigan soddalashtirishni tanlash, o‘lchanadigan parametrlar va model sifati mezonlarini tanlash;

    • kiritilgan ma‘lumotlar bilan iqtisodiy modelning adekvatligini va modellashtiruvchi algoritmning nazorat tajribalari natijalari muvofiqligi va chegaraviyligi darajasiga ko‘ra, aniqlik va yaroqliligini baholash;

    • ko‘p variantli tajribalarni rejalashtirish, tadqiqot uchun prognozlanayotgan tizimning funksional tavsifini tanlash, tajriba natijalarini qayta ishlash usullarini belgilash;

    • model bilan ishlash, hisob - kitoblar va imitatsion tajribalar o‘tkazish; natijalar tahlili, modellash ma‘lumotlari bo‘yicha xulosalarni shakllantirish, yakuniy prognoz ishlab chiqish.

Aytish kerakki, imitatsion sistemadan foydalanish rejimini imitatsion biznes o‘yin shakliga o‘tkazish mumkin. Buning uchun, birinchidan, imitatsion tajribada ekspert-eksperimentatorlar guruhi ishtirok etishi, ikkinchidan esa ishtirokchilarning faoliyati alohida o‘yin qoidalari ko‘rinishida aks etgan va chegaralangan bo‘lishi zarur. Imitatsion tajribada har bir ishtirokchining asosiy vazifasi mavjud variantlardan uning fikricha yaxshi natijalarga erishishini ta‘minlovchi qandaydir strategiyani shakllantirishi lozim.


Download 173.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling