Экономический рост
Download 0.71 Mb.
|
6. Маржинализм
6-mavzu. Marjinalizm1. Marjinalizm va me’yorli foydalilik nazariyasi 2. Buyumni taqsimlash, ayirboshlash va buyumning ijtimoiy me’yorli foydaliligi 3. A.Marshall va yangi klassik vaziyat 4. Talab va taklif muvozanati va vaqt omiliMarjinalizm Metodologiya. Marjinalizm nazariyasiga iqtisodiy jarayonlarni sub’ektiv – psixologik metod asosida tahlil qilish xosdir. Iqtisodiy hodisa va jarayonlar kishilarning psixologiyasi, sub’ektiv talqinga asoslanib tushuntirilib beriladi. Masalan, klassiklar bo’yicha, tovar qiymati kishilarning ongi va xohishiga bog’liq bo’lmagan ob’ektiv miqdor hisoblansa, marjinalistlar bo’yicha, qiymat sub’ektiv talqin, istak, hissiyot bilan aniqlanadi. Marjinalizmning asosiy kategoriyalari: me’yorli foydalilik, me’yorli unumdorlik, me’yorli xarajatlar va boshqalar. Bu nazariya ishlab chiqarish xarajatlarini, talab, taklif, narx va boshqalarni sub’ektiv baho berish asosida tushuntiradi.Marjinalizm Marjinalizm nazariyasi markazida o’z foydasini maksimallashtirishga intiluvchi firma (ishlab chiqaruvchi) va xarid qilingan ne’matlardan maksimal foydalilik olishga intiluvchi alohida iste’molchi turadi.Marjinalizm Buyumning qimmatini aniqlashda marjinalistlar klassiklarga nisbatan butunlay boshqacha yondashdilar. Agar klassiklar tovar qiymatini (qimmatini) uni ishlab chiqarishga ketgan xarajatlar bilan aniqlagan bo’lsalar, marjinalistlar tovar qimmati asosida ikki omil – foydalilik va buyumlarning kamyobligi yotadi deb hisobladilar. Bu bilan A.Smitning buyumning qiymatini (qimmatini) foydalilik bilan aniqlash mumkin emas, negaki hayotda eng foydali bo’lgan havo va suvning qiymati yo’q, degan «Smitcha ziddiyat»ga barham berildi. «Hech bir narsa suvdan ko’ra foydali emas, – deb yozadi A.Smit, – lekin unga u – bu narsani sotib olish amri mahol… Brilliant esa, aksincha, uni bevosita foydalanish nuqtai nazardan nihoyatda qimmati kam, ammo unga juda katta miqdordagi boshqa tovarlarni olish mumkin».Marjinalizm Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling