8.Natijaviy ko‘rsatkichga jiddiy
ta’sir ko‘rsatadigan faqat muhim
omillar ta’sirini ko‘rib chiqish lozim.
9.Regressiya tenglamalariga kiritilgan
omillar soni katta bo‘lmasligi lozim.
Chunki, omillar sonining katta bo‘lishi,
asosiy omillardan chetga olib kelishi
mumkin. Omillar soni kuzatishlar sonidan
to‘rt marta kam bo‘lishi kerak.
10.Regressiya tenglamasining omillari turli xil
xatolar ta’sirida buzilishga olib keladigan
xatoliklar bo‘lmasligi kerak. Omillar o‘rtasida
funksional yoki shunga yaqin
bog‘lanishlarning mavjudligi -
multikollinearlik borligini ko‘rsatadi.
11.Kuzatuvlar sonini oshirish uchun ularning makonda
takrorlanishidan foydalanish mumkin emas. Makonda
hodisalarning o‘zgarishi avtoregressiyani vujudga
keltirishi mumkin. Avtoregressiya esa statistikadagi
mavjud o‘zgaruvchilar o‘rtasidagi bog‘lanishni ma’lum
darajada buzadi. Shuning uchun ko‘rsatkichlar dinamik
qatorlarida regression bog‘lanishni o‘rganish,
statistikadagi bog‘lanishni o‘rganishdan tubdan farq
qiladi.
12.Har bir omil bo‘yicha taqsimot
normal taqsimotga ega bo‘lishi shart
emas. Bu regression tahlilni natijaviy,
alomatli qiymat va tasodifsiz qiymatli
omillar o‘rtasidagi bog‘lanishni
ifodalovchi sifatida kelib chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |