Real daromad – narx darajasi o‘zgarishini hisobga olib, aholining ixtiyorida bo‘lgan daromadga sotib olish mumkin bo‘lgan tovar va xizmatlar miqdorini ko‘rsatadi, Ya’ni daromadning xarid quvvatini bildiradi. Aholining nominal pul daromadlari turli manbalar hisobiga shakllanib, ulardan asosiylari quyidagilar hisoblanadi: b) davlat yordam dasturlari bo‘yicha to‘lov va imtiyozlar shaklidagi pul tuShumlari; v) moliya-kredit tizimi orqali olinadigan pud daromadlari. Respublikamizda 2019 yilda aholining nominal pul daromadlari 2020 yilga nisbatan 17,6 foizga o‘sib, 7571,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Iste’mol narxlari indeksi bo‘yicha hisoblangan aholining real daromadlari esa 16% ga o‘sgan. Aholi real daromadlarining oshishida asosiy omil bo‘lib makroiqtisodiy sharoitning qulayligi, iqtisodiy o‘sishning tez sur’atlarda oshishi, inflyasiyaning sezilarli darajada pasayganligi, iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlar va aholini aniq ijtimoiy himoya qilishning kuchayganligi hisoblanadi.
Islohotlarning keyingi bosqichida respublika hukumatining tegishli qarori asosida qishloq xo‘jalik korxonalarini shirkat va fermer xo'jaliklariga aylantirish ishlari avj oldirildi. 2001-yilning birinchi choragida shirkatlar soni 1800 tadan, fermer xo‘jaliklarining soni 47 mingdan oshdi. Shu vaqtga kelib 1,8 mln. dehqon xo‘jaliklari ro‘yxatdan o‘tkaziIdi. Dehqon xo‘jaliklariga ajratilgan yer maydonlari o'rtacha bir xo‘jalikka 0,16 ga. ni tashkil etgan bo‘lsa, fermer xo'jaliklariga ajratilgan yer o'rtacha bir xo‘jalikka 20,2 gektarga to‘g‘ri keldi. Agrar sektorda xo'jalik yurituvchi subyektlarning mulkchilik munosabatlaridagi o‘zgarishlar pirovard natijada bu yerda ijobiy siljishlarga olib keldi. Eng muhimi, don mahsulotlari yetkazish 2 barobardan oshdi, shu jumladan, bug‘doy 6 barobar ko'paydi va natijada respublikaning don mustaqilligiga erishildi. 0 ‘tgan yillar tajribasi 0 ‘zbekiston Respublikasining „Yer kodeksi“ga binoan, uzoq muddatli shaxsiy ijaraga asoslangan fermerxo‘jaliklari qishloqda xo‘jalik yuritishning istiqbolii shakli ekanini tasdiqladi. Shu munosabat 0 ‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining „2004-2006- yillarda fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish Konsepsiyasi to‘g‘risida“gi Farmoniga muvofiq 2004—2006-yillar mobaynida 1022 ta zarar bilan ishlovchi, past rentabelli shirkat xo‘jaliklarini fermer xo‘jaliklariga aylantirish ko‘zda tutilgan
Do'stlaringiz bilan baham: |