2 Kartoshka 124,2 160,0 120,0 90,0 85,0 135,0 3 Sabzavotlar 94,0 80,8 96,8 96,8 85,0 120,0 4 Meva-chevalar 19,4 14,6 12,6 0,6 34,4 44,4 5 Shakar va qandolat mahsulotlari 20,7 20,8 19,8 18,8 19,7 16,1 6 Go’sht mahsulotlari 26,6 32,2 25,0 9,8 18,7 33,5 7 Baliq mahsulotlari 11,7 12,7 10,7 12,7 8,7 12,5 8 Sut mahsulotlari 212,4 201,7 179,4 174,1 179,0 303,4 9 Tuxum (dona) 151,4 180,0 150,0 90,0 150,0 180,0 10 O’simlik yog’i va margarin 10,0 11,2 9,8 8,9 6,8 11,7 II BOB. O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tishning tamoyillari va o‘ziga xosliklari - II BOB. O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tishning tamoyillari va o‘ziga xosliklari
- 2.1 Bozor munosabatlariga o‘tish va taraqqiyotning „o‘zbek modeli“.
- Biz yuqorida bozor iqtisodiyotiga o‘tishning yagona va universal, ya’ni hamma mamlakatlar uchun yaroqli bo'lgan yo'li yo’q ekanini ta'kidlab o'tgan edik. Endi ana shu fikrni O'zbekiston misolida tasdiqlashga harakat qilamiz. Avvalo, shuni aytib o'tish kerakki bozor iqtisodiyotiga o'tishning barcha mamlakatlar uchun umumiy bo'lgan jihatlari mavjud. Bular Itiazkur tizimning mohiyati va asosiy tamoyillaridan kelib chiqadi. Xususiy mulk shakllarining rivojlanishi uchun davlat tomonidan keng shart-sharoitlar yaratish, xo'jalik subyektlarining teng huquqliligini ta'minlash va ularning o'zaro raqobatlashuv muhitini yaratish, yakka hukmronlik (monopolizm)ga qarshi siyosat o'tkazilishi va hokazolar — bular hammasi har qanday mamlakatning bozor iqtisodiyotiga o'tishidagi umumiylik hisoblanadjj Shu bilan birga, rivojlanishning bozor iqtisocnyoti yo'lini tanlagan mamlakat o'zining tarixiy tajribasi, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasi, xalqining milliy qadriyatlari va mentalitetidan kelib chiqib, o'ziga xos va mos bo'lgan yo'lini tanlaydi. Siz, aziz o'quvchiga ma'lumki, 0 ‘zbekiston XIX asrning ikkinchi yarmida chor Rossiyasi tomonidan bosib olingan va uning mustamlakasiga aylangan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |