Ekonomiks fanidan kurs ishi mavzu: Aholi daromadlari va ularning shakllanish manbalari Bajardi: Xamitov Nosirbek Qabul qildi: Jo’rayeva Dilnoza Davronovna Buxoro


Bozor munosabatlari va iqtisodiy raqobat


Download 449.8 Kb.
bet3/7
Sana20.06.2023
Hajmi449.8 Kb.
#1627100
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Shaxob

1.2 Bozor munosabatlari va iqtisodiy raqobat
Bozor iqtisodiyotiga xos bo'lgan belgilardan biri bu iqtisodiy raqobatning mavjudligidir. Bozor munosabatlarining ishtirokchilari— tovar ishlab chiqaruvchilar va iste'molchilar o'zlarining iqtisodiy manfaatlariga egadirlar. Bu manfaatlami yaxshiroq va oqilona qondirish yo'lidagi ulaming barcha xatti-harakatlari va intilishlari raqobat kurashi tarzida namoyon bo'ladi. Tovar ishlab chiqaruvchilar (tadbirkorlar) o‘z tovarlarini yuqoriroq narxda sotib, ko'proq foyda olish uchun kurashadilar, iste'molchilar kamroq xarajat qilgan holda o'z manfaatlarini ko'proq qondirishga intiladilar. Bozor iqtisodiyoti erkin tadbirkorlikka asoslangan tizim bo'lgani uchun eng kuchli raqobat kurashi tovar ishlab chiqaruvchilar o'rtasida bo'lishi tabiiy hol. Chunki har bir tadbirkor o'z mablag'ini ko'proq va tezroq foyda olishi mumkin bo'lgan sohaga kiritishga, ishlab chiqaigan tovarini bozorda ko'proq va yuqoriroq bahoda sotishga harakat qiladi. Natijada ham xomashyo bozorida, ham tayyor mahsulotlar bozorida tovar ishlab chiqaruvchilar o'rtasida raqobat kurashi paydo bo'ladi. Raqobat kurashining ikki xil turi—tarmoqichra va tarmoqlararo raqobat mavjud bo'lib. Ularning birinchisi bir xil tovarlar ishlab chiqarish bilan band bo'lgan tadbirkorlar raqobatidir. Tarmoqlararo raqobat esa turli xil tovarlami ishlab chiqaruvchilar o'rtasidagi kurashda namoyon bo'ladi. Endi raqobat kurashining bu ikki turi xususida batafsilroq to'xtalib o'tamiz. Tarmoqichra raqobat o‘z mohiyatiga ko‘ra iqtisodiy taraqqiyotning juda muhim omili bo‘lib xizmat qiladi. Bir xil ehtiyojni qondirishga mo'ljallangan tovarlarni ishlab chiqaruvchilar o'rtasidagi raqobatda „sendan men o ‘taman“ tarzida kurash ketadi.

Nominal daromad – aholi tomonidan ma’lum vaqt oralig‘ida olingan daromadlarining pul ko‘rinishidagi miqdori hisoblanadi.

Nominal daromad – aholi tomonidan ma’lum vaqt oralig‘ida olingan daromadlarining pul ko‘rinishidagi miqdori hisoblanadi.

Ixtiyorida bo‘lgan daromad – Shaxsiy iste’mol va jamg‘arma maqsadlarida foydalanish mumkin bo‘lgan daromad. Bu daromad nominal daromaddan soliqlar va majburiy to‘lov summasiga kam bo‘ladi.


Download 449.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling