7-mavzu. Iqtisodiy raqobat tushunchasi iqtisodiy raqobat mazmuni Raqobat va baho
Download 188.82 Kb. Pdf ko'rish
|
7-mavzu
7-MAVZU. IQTISODIY RAQOBAT TUSHUNCHASI 1. Iqtisodiy raqobat mazmuni 2. Raqobat va baho 3. Raqobat - bozorni tartibga soluvchi kuch 4. Xalqaro raqobat kurashi 1. Iqtisodiy raqobat mazmuni Bozor iqtisodiyotini harakatga keltiruvchi, uning taraqqiy etishiga katta ta’sir ko’rsatuvchi raqobatdir. Raqobat kurashining ahamiyati shunchalik yuqoriki, usiz bozorni tasavvur etib bo’lmaydi. Chunki, u bozor iqtisodiyotining mazmunidir. Bozor sharoitidagi raqobat iqtisodiy raqobat bo’lib, u iqtisodiy jarayonda yuz beradi. Undagi asosiy maqsad bozor ishtirokchilarining erkin faoliyat sharoitini yaratish, har bir ishtirokchi o’z harakati uchun zarur muhit va holatni ta’minlash bilan bog’liq bo’lgan kurashdan iboratdir. Har bir bozor ishtirokchisining kerakli ishlarni boshqalarga nisbatan muvaffaqiyatli hal qilishi, buning uchun zarur sharoitlarni oldindan va o’z vaqtida yarata olishi, doimo ustunlikka ega bo’lishi kabilar iqtisodiy raqobat kurashining mazmunini tashkil qiladi. Bozor iqtisodiyotiga qatnashuvchilar bir-biri uchun raqib hisoblanib, o’zaro kurash olib boradilar. Alohida-alohida holdagi ishtirokchilarning bir-birlari o’rtasidagi kurashi umuman bozor iqtisodiyoti bilan yakunlanadi. Iqtisodiy raqobat kurashida qatnashuvchilar bir-birlarini shaxsan bilishlari, tanish bo’lishlari zarur emas. Buning uchun avvalo bozor xususiyati, uning harakat qonuniyatlarini yaxshi bilgan, sezgan holda faoliyat ko’rsatish asos bo’lib xizmat qiladi. Ma’lumki, har bir narsada, har qanday sharoitda tezroq, ertaroq, har tomonlama o’ylab harakat qilgan oldin ulgurganidek va to’la maqsadga erishganidek raqobat kurashida bozor masalalarini hal qilish ham shunga o’xshab ketadi. Raqobat kurashida barcha ham muvaffaqiyatga erishishga muyassar bo’lmaydi. Bu tajriba, bilim, matonat, tavakkalchilik va albatta, yirik sarmoyaga ega bo’lishni talab qiladi. Raqobat kurashi keng mazmunli, ko’p qirrali bo’lib, bozor iqtisodiyotining barcha davrlari, sohalari, tarmoqlarida yuz beradi. Raqobat kurashiga bardosh bera oladigan shaxsgina bozor taraqqiyotiga ko’p hissa qo’sha oladi. Raqobat kurashining asosiy mazmuni xaridorlarni o’ziga ko’proq jalb etish sharoitini yaratishdir. Chunki, har bir tadbirkorning molini sotib oladigan xaridor ko’p bo’lsa, u sotish muammosini tezroq hal etadi, ishi tezlashadi, yuqori foyda oladi. Sarmoyasi qancha tez qaytib, tez harakatda bo’lsa, shunchalik ko’p mahsulot ishlab chiqarishga, ko’proq sotishga muyassar bo’ladi. Tadbirkor uchun kurashdagi eng muhim narsa zarur tovarni, xizmatni o’z vaqtida ko’proq ishlab chiqarish va xaridorga tezroq etkazishdir. Bu jarayonda boshqalarga nisbatan oldinroq ulgursa, albatta u bu kurashda g’olib chiqish imkoniyatini qo’lga kiritgan bo’ladi. Bu, birinchi navbatda, bir xil tovar ishlab chiqaruvchilar va bir xil xaridorlar o’rtasidagi kurashdir. Shuning uchun ham raqobatdagi harakatning keng hajmlisi bozor uchun, tovarni muvaffaqiyatli sotish uchun bo’lgan kurashdir. Raqobat kurashi iqtisodiy faoliyatning boshqa tarmoq va sohalarida ham yuz beradi. Masalan, xomashyo uchun kurashni olaylik. Ma’lumki, bu ishlab chiqarishda katta ahamiyat kasb etadi. Kerakli xom ashyodan o’z vaqtida, kerakli miqdor va xissa olish uchun harakat qilish umumiy muvaffaqiyat uchun zarur shartdir. Yuqori samarali xomashyo joylarini qo’lga kiritish, arzon energiya uchun kurash katta o’rin egallaydi. Bulardan yana biri ish kuchi ta’minotidir. Yuqori ma- lakali, tajribali ishchi, xizmatchilarga ega bo’lish, ayniqsa tadbirkor, savdogar uchun juda kerak. Etarli miqdorda ularga ega bo’lish, kasaba uyushmalariga ta’sir etish uchun kurash raqobatda o’rinlidir. Demak, sotuvchilar, tadbirkorlar o’rtasidagi raqobat asosan xaridorlar, ish kuchi, xomashyo, material, ma’qul energiya xili uchun olib boriladi. Download 188.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling