7-mavzu. Iqtisodiy raqobat tushunchasi iqtisodiy raqobat mazmuni Raqobat va baho
Download 188,82 Kb. Pdf ko'rish
|
7-mavzu
2. Raqobat va baho Raqobat kurashida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lgan narsa bahodir. Umuman, baho talab va taklif muvozanatining natijasi bo’lib, raqobat orqali yuzaga keladi. Ma’lumki, har bir tovarga talab yuqori bo’lsa, baho ham ko’tarilishi kerak. Shunga ko’ra tovarlar sarf-xarajatiga ko’ra juda yuqori yoki juda past bahoda sotilishi mumkin. Yuzaki qaraganda sun’iy ravishda talabni ko’tarish tufayli bahoni oshirish mumkinga o’xshaydi. Mavjud sharoitga ko’ra shunday holat ham yuz beradi. Lekin raqobat natijasida bunday holat doimiy yoki uzoq cho’zilishi mumkin emas. Baribir ko’p tovar sotishga intilish ustun keladi. Iste’molchining daromad darajasiga ta’sir ko’rsatuvchi baho raqobat holatiga bog’liq bo’lib, u turg’un bo’la olmaydi, to’xtovsiz o’zgarib turadi. Bozor ishtirokchi- lari uchun bozor holatini ko’rsatib turadigan narsa ham baho bo’lib, u sotuvchi va xaridorlarning harakat yo’nalishini aniqlab beradi. Chunki bozor ishtirokchilari bozorga qachon va qancha tovar etkazib turishni baho darajasi orqali aniqlaydilar. Bu esa bevosita ishlab chiqarishga ta’sir ko’rsatadi. Qachon, qancha, qanday tovar ishlab chiqarishni bozordagi yuzaga kelib turgan baho orqali belgilab ish ko’riladi. Raqobat tufayli paydo bo’ladigan bozordagi baholarning tadbirkor va iste’molchilar uchun muhimligini ikki narsada ifodalanadi. Birinchisida tadbirkorning foydasi va daromadi ifodalanadi, ikkinchisida bozor holati aniqlanadi. Iste’molchi - xaridorni olsak, u ham bahoga ikki tomonlama bog’liqdir. Birinchidan, bahoning darajasi, harakat mazmuniga qarab, qaysi tovarni qachon sotib olish va qancha miqdorda sotib olishni aniqlaydi. Ikkinchidan, daromadning taqsimlanishi va reallik darajasini aniqlab beradi. Baho ko’tarilib boraversa, albatta daromad darajasi pasayib boradi. Lekin raqobat baholarning pasayishiga ham olib keladi. Chunki, iqtisodiyotda, shaxsiy daromadda yuz beradigan barcha o’zgarishlar bozorda raqobat tufayli yuzaga keladigan baho darajasida o’z ifodasini topadi. Shunga ko’ra, barcha bozor ishtirokchilari, ayniqsa tadbirkorlar, katta diqqat va e’tibor bilan bahoni kuzatib boradilar, uning o’zgarishini o’z vaqtida bilib turish choralarini qo’llaydilar. Demak, bozorda paydo bo’ladigan baho bozor iqtisodiyotining ko’zgusi bo’lsa, raqobat uni yuzaga keltiruvchi kuchdir. Raqobat va baho mexanizmlari o’z ta’sirlari bilan bozorni harakatlantiruvchi muhim mexanizmlar bo’lib, bozor iqtisodiyotining boshqarilishida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Ular bozor iqtisodiyotini o’zidan- o’zi harakatga keltiruvchi va boshqaruvchi ichki kuchlaridirki, unga tashqaridan sun’iy ta’sir ko’rsatish va bahoni raqobatsiz oldindan belgilash bozor tabiatiga to’g’ri kelmaydi, uning mexanizmi harakatlariga faqat salbiy ta’sir ko’rsatadi. Aytish mumkinki, raqobatning asosida, shaxsiy manfaat yotadi va bu raqobat kurashining kuchayishi, ta’sirining ortib borishi uchun kuch bag’ishlaydi. Buning boisi shuki, har bir iqtisodiy birlik o’z nafsini ko’zlay-di. Har bir tadbirkor yuqori foyda uchun, hech bo’lmaganda kam zarar uchun kurashadi. Moddiy resurslar egalari uni sotishda yoki ijaraga berishda yuqori baho orqali ish tutishga urinadi. Ish kuchi egalarini olsak, miqdori va murakkabligi bir xildagi mehnatlariga imkoni boricha ko’p daromad olishga harakat qiladilar. Bularning hammasi xaridor sifatida, aytganimizdek, past bahoning tarafdorlaridir. Shaxsiy manfaatdorlik bozor iqtisodiyoti faoliyatida tartib o’rnatib turadi, manfaatsizlik esa kutilmagan tartibsizliklarga olib kelishi mumkin. Bunday voqelik shunday xulosaga olib keladiki, turli iqtisoday birliklar o’z ixtiyoriy tanlovini amalga oshirishi davrida shaxsiy manfaat asosida ularning asosiy harakat tarzi shakllanadi. Bu bozor iqtisodiyoti taqozosidir. Masalan asosiy xalqaro savdo nazariyalarini ko’rib chiqqanda Olmoniya xalqaro bozorda sotadigan va sotib oladigan mollarining tabiati va sonini narx belgilaydi. Olmoniyada bitta sanoat uskunasiga 5 evro xarajat qilsa, qo’shni Daniyada bu xarajat 10 evroni tashkil qiladi, mebel esa 20 va 30 evroni tashkil qiladi. Ya’ni Olmoniyada bitta mebelga 4 baravar ko’p xomashyo xarajat qilish kerak (20 : 5). Daniyada bu nisbat 3 ga teng (30 : 10). Demak Daniyada mebel chiqarish avzal, Olmoniyada esa uskuna ishlab chiqarish avzaldir. Yana bir misol. Braziliyada tayyorlangan poyabzalni narxi 15 evro bo’lsa, Italiyada tayyorlangani 30 evroga teng, kiyim esa 30 va 60 evrogv teng. Bu raqamlar raqobat bozorida Braziliyani ushbu tovarlar bo’yicha 1 : 2 nisbatan Italiya tovarlariga nisbatan ustunligini ko’rsatadi. Download 188,82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling