7-mavzu. Iqtisodiy raqobat tushunchasi iqtisodiy raqobat mazmuni Raqobat va baho


Raqobat - bozorni tartibga soluvchi kuch


Download 188.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana17.06.2023
Hajmi188.82 Kb.
#1530814
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
7-mavzu

3.Raqobat - bozorni tartibga soluvchi kuch 
Umuman, raqobat iqtisodchilar tasavvuri bo’yicha quyidagilarni bildiradi: 
1) Bozorda turli, istagan aniq mahsulot, resurslarni erkin holda sotuvchi va 
sotib oluvchilarning mavjudligi. 
2) Sotuvchi va xaridorlarning istagan bozorda yoki iqtisodiy tarmoqda erkin 
qatnasha olishi yoki istaganda tarmoqdan chiqib keta olishi. 
Raqobat o’z mohiyatini bozor ishtirokchilariga taalluqli iqtisodiy kuchlar 


tarqoqligida ifoda etadi. Buni shunday izohlash mumkin. Ma’lum bir bozorda, 
chunonchi, g’alla bozori yoki ip gazlama bozorida juda ko’p sotuvchi va xaridorlar 
mavjud, shu bilan birga tovarlar mo’l-ko’l, deylik. Bunday sharoitda sotuvchi va 
xaridorlar o’zlari uchun ma’qul bahoni talab eta olmaydilar. Chunki, alohida 
holdagi ularning urinishlari bahoga ta’sir etmaydi va bunda ayrim harakatlar 
muvaffaqiyat keltirmay, mavjud muvozanat belgilaydigan umumiy baho bo’yicha 
oldi-sotdi amalga oshadi. 
Raqobatning mohiyati shuki, har bir sotuvchi bozordagi juda ko’p 
miqdordagi sotuvchilar ishtirokida o’zining nisbatan kichik hissasi bilan umumiy 
taklifga ta’sir ko’rsata olmaydi, demak, bahoni ham yakka holda o’zgartira 
olmaydi. Aytish mumkinki, raqobat shundan iboratki, har bir sotuvchi — taklif 
sub’ekti umumiy taklifga kichik hissa qo’sha oladi va umumiy oqim ichida bo’ladi. 
YAkka holdagi sotuvchilar taklifning umumiy miqdoriga sezilarli ta’sir ko’rsata 
olmaydilar, shuning uchun ham yakka ishlab chiqaruvchi sifatidagi sotuvchi 
mahsulot narxini istaganicha o’zgartira olmaydi va unga istagan holda 
munosabatda bo’la olmaydi. Haqiqatan ham har bir sotuvchi yakka-yakka holdagi 
harakatda va raqobatda qatnashuvchi sifatida bozor ixtiyorida bo’ladi. Bunda 
raqobat yakka-yakka holdagi barcha yoki juda ko’pchilik sotuvchilar harakatidan 
iborat bo’ladi. Ko’rinib turibdiki, raqobat bozorda hukmronlikni inkor etib, erkin 
harakatni talab etadi. 
Xaridorlar to’g’risida ham shuni aytish mumkin, ya’ni ular ham bir-biriga 
bog’liq bo’lmagan ixtiyoriy harakatda bo’ladilar. Umumlashtirib aytganda, 
raqobatning asosini tashkil qiluvchi iqtisodiy hokimiyatning keng tarqoqligi bu 
hokimiyatdan foydalanishni tartibga solib turadi va undan zararli foydalanish 
imkoniyatlarini chegaralab boradi. Demak, iqtisodiy imkoniyatlar uchun kurash 
iqtisodiy birliklarning o’z foydasini ko’zlab, bir-biriga zarar keltirishga to’siq 
bo’lib xizmat qiladi. Raqobat sotuvchi va xaridorlarning o’z manfaatlarini 
ta’minlashining amalga oshuvining chegaralarini belgilab turadi. Shuning uchun 
ham raqobat bozor iqtisodiyotida asosiy tartibga soluvchi kuch bo’lib xizmat 
qiladi. 
Yuqorida 
qayd 
qilib 
o’tilgan 
raqobatlarning 
ikkinchi 
tomoni 
ishtirokchilarning tanlov erkinligidir. Bozor sharoitida har bir tadbirkor istagan 
tovari bilan ish ko’rishi, xohlagan tarmoqda faoliyat ko’rsatishi va zarur topganda 
hech qanday to’siqlarsiz va qiyinchiliksiz bu tarmoqdan chiqib ketib boshqasiga 
o’tish imkoniga egadir. Bu bilan ma’lum tarmoqlar, sohalarning zaruriyatga qarab 
kengayishi yoki torayishi imkoni ta’minlanib boriladi. Chunki, talab va taklif 
muvozanati tufayli ishlab chiqaruvchi va xaridorlarning tarmoqlararo harakati 
erkinligi ta’minlanadi. Bunday sharoit iqtisodiy moslashuvni ta’minlaydi va 
samaradorlikning saqlanib borishi imkonini tug’dirib boradi. 
Endi biz raqobatning faqat tarmoqlar manfaati bilan chegaralanmay, uning 
tarmoqlararo va umumjamiyat manfaatlari borasidagi ta’siri va harakatini ko’rib 
chiqaylik. Bozor mexanizmlari bo’lgan talab va taklif orqali iste’molchilar va 
jamiyat 
istaklari 
korxonalarga, 
korxonalar 
orqali 
esa 
resurslar 
bilan 
ta’minlovchilargacha etkaziladi. Bu jarayonda raqobat ta’sirini ko’ramiz. 
Ma’lumki, iste’mol talabining ko’tarilishida baho o’z aksini topadi. Talab ortib 


borishi tufayli baho ko’tarilib boradiki, natijada yuqori foyda olinadi. Bu o’z-
o’zidan shu mahsulotlarga talab oshgan va ularni ko’proq ishlab chiqarish 
kerakligadan xabar beradi. Raqobat, ayniqsa bunga qo’shiluvchi yangi firmalar 
ishlab chiqarishni kengaytirib, bahoning xarajatlar darajasida bo’lishini ta’minlashi 
mumkin. Agarda bu jarayonga raqo-batning ta’siri bo’lmay, monopoliyalik mavjud 
bo’lsa, o’zgarish yuz bermaydi va ortiqcha foyda olish davom etaveradi. 
Raqobat faqat jamiyat talabiga e’tibor berish va ba’zi tarmoqlaming 
kengayishi va qisqarishiga olib kelish bilan chegaralanmay, firmalarni eng 
samarali texnologiyaga o’tish, ilg’or ishlab chiqarishni ta’minlab borishga undaydi. 
U past va kam samarali texnologiya asosida ishlab chiqarishni uyushtirgan 
firmalarni qo’llamaydi va ularning boshqa ilg’or raqiblar tomonidan siqib 
chiqarilishiga olib keladi. Shuning uchun raqobat, aytganimizdek, texnik progress 
imkonini qo’llaydi va uni keng taraqqiyotiga undaydi. 
Raqobatli bozorning yana eng muhim tomonlaridan biri, oldingi mavzuda 
ko’rganimizdek, xususiy va ijtimoiy manfaatlar uyg’unligining ta’minlanishidir. 
Chunki, bu juda muhim va o’ta zarur bo’lgan manfaatlar tengligiga xos hodisadir. 
Bunda o’ta muhim bo’lgan davlat manfaati ham ko’zda tutiladi. Aytganimizdek, 
tadbirkorlar eng tejamli resurslar kombinatsiyasini, ya’ni mavjud raqobat 
sharoitida xususiy manfaatga ham to’la mos keladigan kombinatsiyani qo’llaydilar. 
Tadbirkorlarning texnik progressga asoslanmagan holdagi ishlab chiqarishi zarur 
foyda bermaydi va pirovardida sinishga olib keladi. Shu bilan birga kamyob 
resurslarni ishga solish, kam xarajatli ishlab chiqarishni uyushtirish eng samarali 
usullardan bo’lib, bu jamiyatga juda foydalidir. 
Xulosa qilib aytganda, raqobat kuchi shaxsiy manfaatni tartibga solib, uni 
shunday yo’naltiradiki, u o’zidan-o’zi jamiyat manfaatining maqsadga muvofiq 
ravishda ta’minlanishiga olib keladi. Bozorga xos "ko’zga ko’rinmaydigan qo’l" 
ta’siri shunday yakunlanadiki, firmalar o’z foydalarini imkoni boricha yuqori 
darajaga etkazsalar, jamiyat mahsuloti ham shunchalik yuqori darajada bo’ladi. 
Raqobatning bo’lishi, raqobat ta’sirining kuchayishidagi asosiy shart 
xo’jaliklarning turli-tumanligidir. Umuman, kurash to’g’rililik, ko’p xalollikni 
talab qiladi. Bozor iqtisodiyotida ko’p xillik xo’jaliklar, ularning egalari bir-
birlarining raqiblari bo’lib, ular raqobat jarayonida faol ishtirok etishlari kerak. 
Xo’jalik turlari juda oz yoki bir xil bo’lsa, raqobatning ta’sir doirasini kengaytirish 
uchun sharoit bo’lmaydi. 
Raqobat uchun xo’jalik usullari, shakllari ko’payishi kerak. Ayniqsa, 
xususiy xo’jaliklar ko’payib, asosiy o’rinni egallashi zarur. Qaror xususiy 
xo’jaliklar bilan bir qatorda kooperativlar, birlashma, qo’shma xo’jaliklar 
ko’payishi talab etiladi. Davlat xo’jaliklari ham shaklan va ham mazmunan 
o’zgarib, bozor talablari asosida qayta tashkil etilishi kerak. Bularga hissador 
(aktsiyali) jamiyatlar, ijarali xo’jaliklar kabilar misol bo’li-shi mumkin. 
Yuqorida aytganimizdek, busiz xo’jalik yuritishda mustaqillik bo’lmaydi, 
mustaqilliksiz raqobatni tasavvur etib bo’lmaydi va umuman bozor mazmunsiz 
bo’ladi. 
Raqobat jahon iqtisodiyoti miqyosida ham bo’lib, uning milliy mamlakatlar 
iqtisodiyotiga ham ta’siri bo’ladi. 



Download 188.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling