7-mavzu. Iqtisodiy raqobat tushunchasi iqtisodiy raqobat mazmuni Raqobat va baho


Download 188.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana17.06.2023
Hajmi188.82 Kb.
#1530814
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
7-mavzu

5. Xalqaro raqobat kurashi 
 
Xalqaro raqobat kurashini olsak, u mamlakatlar o’rtasidagi, shuningdek, 
xalqaro yirik birlashmalar, ayniqsa, transmilliy korporatsiyalar o’rtasidagi 
kurashdir. 
Bunda xalqaro bozorlarni egallash, xomashyo hududlarini o’zlashtirish, 
ilmiy-texnika manbalarini qo’lga kiritish kabi asosiy tomonlarni ko’proq 
egallashga uriniladi. Natijada iqtisodiy taraqqiyot manbalarini o’z ixtiyoriga olish, 
buning asosida o’z boyliklarini orttirish, olinadigan foydaning darajasini ko’tarish 
kabilarga muyassar bo’linadi. 
Jahon iqtisodiyotiga qo’shilib borish, xalqaro bozorda ta’sirli kuchga ega 
bo’lish va xalqaro mehnat taqsimotida manfaatli o’rinlarni egallash xalqaro 
raqobat tufayli amalga oshadi. Bu barcha mamlakatlarni kuchli iqtisodiyotga ega 
bo’lishga, ilyur ishlab chiqarish darajasini qo’lga kiritishga undaydi. 
Jahon miqyosida faoliyat ko’rsatuvchi mamlakatlar va birlashmalar soni 
ortib bormoqda. Bu faqat jahon iqtisodiyoti taraqqiyotiga ta’sir qo’rsatish bilan 
chegaralanmasdan, balki ichki bozordaga monopol holatning oldini olishga ham 
ta’sir etmoqda. Chunki, bozorda qatnashuvchi sotuvchilar qancha ko’payib borsa, 
monopol ta’sir shuncha zaiflashib boradi. Ko’pchilik mahsulot bozorlarida mayda 
firmalar kamayib, yiriklari ko’payib bormoqda. Bu resurslar bozoriga ham 
taalluqlidir. Mehnat bozoridagi kasaba uyushmalarining faoliyati ham shunday 
mazmunda bo’ladi. Bir qator yuqori foydali tarmoqlarda patent mushkulligi va 
boshqa tur resurslardan foydalanishdagi to’siqlarning ko’payib borishi raqobat 
kuchini zaiflashtiradi. Lekin jahon raqobat kurashi natijasida chet mahsulotlarining 
kirib kelishi bozor ishtirokchilarini ko’paytirish orqali ichki raqobat 
imkoniyatlarini oshiradi. 
Chunonchi, AQSh, G’arbiy Ovro’po, qisman YAponiyani olsak, avtomobil 
va po’lat bozorlari kabi, oziq-ovqat mahsulotlari, resurslar bozorlarida ham yirik 
firmalar hissalari oshib, bu raqobat ta’siriga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. Ma’lumki, 
hozirgi davrda bir qancha oziq-ovqat mahsulotlari bo’yicha chet firmalar o’zlariga 
yo’l ochib, istiqbollarini ta’minlamoqdalar. Masalan Gollandiya oziq-ovqat 
eksporti bo’yicha etakchi o’ringa chiqdi. 
Raqobat turlari va harakat mazmunlari mavjud bo’lib, u jadvalda 
ko’rsatilganlardan iborat bo’ladi. 



Download 188.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling