7-mavzu. Iqtisodiy raqobat tushunchasi iqtisodiy raqobat mazmuni Raqobat va baho


Download 188.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana17.06.2023
Hajmi188.82 Kb.
#1530814
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
7-mavzu

Raqobat turlari va ta ’siri 
Raqobatning bozor iqtisodiyotidagi ahamiyatini e’tiborga olgan holda 
marketing kontseptsiyasida raqiblarga, uni tanlashga katta e’tibor beriladi. 
Raqiblarni avvalo firmalarga qarab belgilash kerak, ya’ni qaysi firmalar qanday 
tovarlarni bozorga chiqaradi, ya’ni sotuvchi sifatidagi raqiblarni aniqlash va ularni 
o’rganishga qaratilgan ishlarni belgilash va amalga oshirish talab etiladi. So’ngra 
xaridor-raqiblar o’rganiladi. Bunda mashhur "Mar-keting asoslari" kitobi muallifi 
Filip Kotlyar izlanish usulini taklif etadi. U raqiblarni to’rtga bo’lib o’rganishni 
tavsiya etadi: 1) istak bo’yicha raqib; 2) tovar turi bo’yicha raqib; 3) tovar xili 
bo’yicha raqib va 4) tovar markasi bo’yicha raqiblar. Iste’molchilar xarid qilish 
bo’yicha qanday qarorga kelishini aniqlash har bir firma uchun ko’proq o’z 
tovarini sotish yo’lini topish, ya’ni o’z xaridorlarini aniqlash imkonini beradi. U 
"Neksiya" mashinasini chiqaruvchi Asakadagi zavod misol keltirib, avvalo 
xaridorning qanday tovarlar sotib olishi mumkinligi, ular ichida qanchasi transport 
vositalari, so’ngra qanchasi mashina sotib olishi, oxiri mashinaning "Neksiya" 
markalisini qancha xaridor sotib olishi mumkinligini va umuman, boshqa markali 
mashinalarni sotib oluvchi raqiblarni Rossiya, Qozog’iston va boshqa davlatlarda 
aniqlab, o’z xaridorlarini ko’paytirish choralarini qo’llashi qayd qilinadi. 
Raqobat asosiy tartibga solish mexanizmi sifatida ishlab chiqaruvchilar va 
resurslar bilan ta’minlovchilarni xaridorlar hukmiga yoki iste’molchilar 
mustaqilligini ta’minlash manfaatiga to’la bo’ysundiradi. Haqiqatan ham raqobat 
sharoitida ko’pchilik sotuvchi va xaridorlarning hukmi bozor bahosini belgilaydi, 
ya’ni yakka holdagi ishlab chiqaruvchilar va resurslar bilan ta’minlovchilar 
xaridorlarning istagiga moslashadilar. Bu istak-larni bozor tizimi inobatga olgan 
holda sotuvchilarga etkazadi. Bozor tizimiga bo’ysunib ish tutuvchi raqobatdagi 
ishlab chiqaruvchilar foydaga ega bo’lib, o’z mavqelarini mustahkamlab borsa
bozor qonunlarini buzuvchilar zarar ko’radi va ularni sinish, bankrotlik kutishi 
mumkin. Raqobat kuchi ta’siri sharoitida xaridorlar xo’jayin, bozor — ularning 
vakili, korxonalar esa ularning xizmatkori vazifasini bajaruvchi sifatida mavjud 
bo’ladilar. 

Download 188.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling