Reja: (bankrotlik)ni baholashning obyektiv zarurligi, uni tahlil qilish maqsadi va vazifalari


Download 45.7 Kb.
bet1/4
Sana14.09.2023
Hajmi45.7 Kb.
#1677777
  1   2   3   4
Bog'liq
Korxonalar iqtisodiy nochorligi


Korxonalar iqtisodiy nochorligi (bankrotligi)ni baholash va tahlil qilish
Reja:


1.(bankrotlik)ni baholashning obyektiv zarurligi, uni tahlil qilish maqsadi va
vazifalari.


2.Bankrotlik instituti va uning rivojlanish istiqbollari. Iqtisodiy nochorlikni tartibga solishning huquqiy normalari.


3.Iqtisodiy nochorlik tahlilining axborot manbalari

4.Bankrotlikni aniqlashda qo‘llaniladigan ko‘rsatkichlar tizimi va ularning qiyosiy tahlili.




5.Iqtisodiy nochorlikni baholashning milliy va xalqaro tajribalari.


6.Iqtisodiy nochorlik xavf-xatarlarini aniqlashda moliyaviy holat tahlili. Bankrotlikni aniqlashning turli modellari.

Qarzdor o‘z majburiyatlarini bajarishga buyurilgan holat kishilik jamiyatining shakllanishining ilk davrlariga borib taqaladi. Shu sababli‚ ham bankrotlik (iqtisodiy nochorlik)ning tarixini o‘rganishda uning yuzaga kelgan davri sanasini aniq belgilash doimo muammo bo‘lib kelgan.


Qarzdor o‘z majburiyatlarini bajarishga buyurilgan holat kishilik jamiyatining shakllanishining ilk davrlariga borib taqaladi. Shu sababli‚ ham bankrotlik (iqtisodiy nochorlik)ning tarixini o‘rganishda uning yuzaga kelgan davri sanasini aniq belgilash doimo muammo bo‘lib kelgan.
Jumladan “Yangi ahd”da yaxudiylarning har yetti yilda bir marta barcha majburiyatlaridan kechish urfi belgilangan. Har ellik yilda bir marta etnik tarkibidan qat’iy nazar barcha millat vakillarining majburiyatlaridan kechish, qullarni ozod qilish shartlari belgilangan.
Qadimgi Gretsiyada oila boshlig‘i o‘z majburiyatlarini to‘lay olmasa, uning barcha oila a’zolari majburiyatlarni to‘liq qoplagunga qadar, o‘z kreditor qarzini va zararini qoplagunga qadar qullikka mahkum qilingan. Ko‘pgina shaharlarda uning muddati 5 yil qilib belgilangan.
Qarzdorning kreditor oldidagi shaxsiy majburiyatlarini belgilashning huquqiy normalari ilk bor Rim qonunlarida uchraydi. Qarzdorlik majburiyatining yuzaga kelganligi va uning muddatining 90 kundan oshganligi ilk bor ushbu qonunlarda aks etgan.
Rim imperiyasi qo‘llagandan keyin iqtisodiy nochorlik normalarini belgilash va ularni rasmiy jihatlari Italiyada rivojlana boshlandi. Bu bevosita Italiyada savdo faoliyatining keskin rivojlanishi bilan xarakterlanadi. Shu sababli ham ushbu jarayon birinchi navbatda savdo faoliyatida qo‘llanila boshladi. Iqtisodiy nochorlik masalalari bilan shug‘ullanuvchi savdo sudlarining vujudga kelishiga ham ushbu jarayonga sabab bo‘lgan. Iqtisodiy nochorlikni e’lon qilish tartiblarida ilk bor qarzdor yoki kreditorlarning murojaati bilan nochorlikni tan olish va belgilash tartiblari qayd etilgan.
Iqtisodiy nochorlikni zamonaviy shakli va jarayonlarini belgilanishida Angliya amaliyoti alohida o‘rin tutadi. 1543-yilda iqtisodiy nochorlikni ko‘rib chiqish muddatlari va nochorlikni tan olish tartiblari aks etgan protsessual amaliyotga o‘tila boshlandi. Uning rivojlanish davri XVII-XIX asrlarga to‘g‘ri keladi.
Iqtisodiy nochorlikni zamonaviy shakli va jarayonlarini belgilanishida Angliya amaliyoti alohida o‘rin tutadi. 1543-yilda iqtisodiy nochorlikni ko‘rib chiqish muddatlari va nochorlikni tan olish tartiblari aks etgan protsessual amaliyotga o‘tila boshlandi. Uning rivojlanish davri XVII-XIX asrlarga to‘g‘ri keladi.
Bankrotlik (iqtisodiy nochorlik) tushunchalarining odatda sinonimlari nihoyatda ko‘p. Ularning aniq sonini keltirish (odatda o‘zbek tilida 20 dan ortiq sinonimlari mavjud) qiyin. Milliy qonunchilik xalqaro normalaridagi talablarni o‘rganish asosida shunday xulosaga kelish mumkinki, qarzdorning o‘z majburiyatlarini to‘liq qoplash layoqatiga ega emasligidan kelib chiqadigan iqtisodiy, moliyaviy qiyinchilikni bankrotlik (iqtisodiy nochorlik) deb nomlash juda to‘g‘ri belgilangan.
Bankrotlik (iqtisodiy nochorlik) – iqtisodiy sud tomonidan e’tirof etilgan, qarzdorning pul majburiyatlari bo‘yicha kreditorlar talablarini to‘la hajmda qondirishga va (yoki) majburiy to‘lovlar bo‘yicha o‘z majburiyatini to‘la hajmda bajarishga qodir emasligidir.
Bankrotlik tushunchasi italyancha «banco-rotto» degan so‘zdan olingan bo‘lib, aslida kursi (o‘rindiq)ning sinishini anglatsada, bu so‘z aslida qarzdorning to‘lov majburiyatlarini to‘la qoplashga qodir emasligini izohlaydi.
Bankrotlik tushunchasi italyancha «banco-rotto» degan so‘zdan olingan bo‘lib, aslida kursi (o‘rindiq)ning sinishini anglatsada, bu so‘z aslida qarzdorning to‘lov majburiyatlarini to‘la qoplashga qodir emasligini izohlaydi.
O‘zbekiston Respublikasining «Bankrotlik to‘g‘risida»gi qonunida bankrotlik alomatlari yuridik shaxslar uchun alohida, jismoniy shaxslar uchun alohida tartiblari belgilangan.
Qarzdorning pul majburiyatlari bo‘yicha kreditorlar talablarini qondirishga va (yoki) majburiy to‘lovlar bo‘yicha o‘z majburiyatini bajarishga qodir emasligi, agar tegishli majburiyatlar va (yoki) to‘lovlar majburiyati yuzaga kelgan kundan e’tiboran uch oy davomida qarzdor tomonidan bajarilmagan bo‘lsa, uning bankrotlik alomatlari deb e’tirof etiladi.
Xo‘jalik subyektlari va ularning ayrim toifalari (banklar, qishloq xo‘jaligi subyektlari, sug‘urta tashkilotlari va h.k.), yakka tadbirkorlarning bankrotligini tan olish va uni belgilash tartiblari bankrotlik to‘g‘risidagi qonunda aniq belgilab berilgan.
Bankrotlikning korxona faoliyatiga nisbatan qo‘llanishini tushunish uchun uning siklik jarayonini tushunish muhim masala hisoblanadi. Ya’ni har qanday korxonaning manzil yakuni hisoblangan bankrotlik quyidagi jarayonlarning uzviy ketma-ketligidan tashkil topadi.











Download 45.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling