Savollarga javoblar
Download 19.4 Kb.
|
2 5206530837075462225
Savollarga javoblar Harbiy xizmatchilar sog‘lig‘ini saqlash va mustahkamlash, jismoniy rivojlanishi ularni o‘z harbiy burchini bajarishga tayyorlashning muxim va ajralmas qismidir. Komandirning (boshliqning) bo‘ysinuvchilar sog‘lig‘i to‘g‘risidagi g‘amxo‘rligi uning harbiy qism (bo‘linma) doimiy jangovar tayyorgarligini ta'minlash bo‘yicha faoliyatidagi majburiyatlaridan biri hisoblanadi. Harbiy xizmatchilar sog‘lig‘ini saqlash va mustahkamlashga: - komandir (boshliq) tomonidan xizmat va maishiy sharoitlarni sog‘lomlashtirish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazilishi bilan; - ularni muntazam chiniqtirish, jismoniy tayyorgarlik va sportda doimiy shug‘ullanish bilan; - sanitariya-gigiena, yuqumli kasalliklarga qarish va muolaja sog‘lomlashtirish tadbirlari bilan erishiladi.
Jismoniy tayyorgarlik va sport bilan shug‘ullanish tonggi jismoniy mashqda, o‘quv mashg‘ulotlarida, ommaviy-sport ishlarida, xizmatchilarning o‘quv jangovar faoliyati jarayonida, shuningdek, mustaqil mashg‘ulotlar paytida amalga oshiriladi. Harbiy xizmatchilarni chiniqtirish, jismoniy tayyorgarlik va sport bilan shug‘ullanish ular tanasining atrof-muhit tabiiy omillarinng keskin o‘zgarishlariga, harbiy xizmat va jangovar vazifalarni bajarish xususiyatlari bilan bog‘liq sharoitlarga chidamligini oshirish maqsadlarida o‘tkaziladi. Harbiy xizmatchmilarni chiniqtirish bo‘yicha tadbirlar ularning komandirlari (boshliqlari) tomonidan tibiiyot xizmati boshlig‘i, jismoniy tayyorgarlik va sport boshlig‘ining doimiy nazoratida o‘tkaziladi. Harbiy xizmatchilarni chiniqtirish suv quyosh va havo omillirini jismoniy tayyorgarlik va sport bilan shug‘ulanishga uyg‘unlashtirish yo‘li bilan muntazam uzluksiz o‘tkazilishi kerak. Harbiy xizmatchilarni chiniqtirishning asosiy yo‘llari: - ochiq havoda har kuni jismoniy mashqlarni bajarish; - belgacha sovuq suvda yuvinish yoxud qisqa fursatli sovuq dush qabul qilish; - tomoqni sovuq suv bilan chayqash, shuningdek, uyquga yotishdan avval oyoqlarni sovuq suv bilan yuvish; - yoz mavsumida mashg‘ulotlar va ommaviy sport tadbirlarini yengil kiyimda o‘tkazish, mashgulotlar va ishdan bo‘sh vaqtlarda va dam olish kunlarida quyoshda toblanish va ochiq suv havzalarida cho‘milish sanaladi.
Har bir harbiy xizmatchi o‘z sog‘lig‘ini saqlash xususida qayg‘urishi, kasalliklarni yashirmasligi, shaxsiy va jamoat gigienasi qoidalariga qat'iy rioya qilishi va zararli odatlardan (chekish va ichkilik ichishdan) tiyilishi kerak. Harbiy xizmatchilarning yuqumli kasalliklarni yuqtirmasligini ta'minlash uchun saqlanish emlashlari o‘tkaziladi. Emlashlar rejali va epidemiya ko‘rsatkichlariga ko‘ra bo‘lishi mumkin. Rejali saqlanish emlashlari brigadaniig butun shaxsiy tarkibiga emlashlar taqvimiga muvofiq, epidemiya ko‘rsatkichlari bo‘yicha esa katta komandirning (boshliqning) buyrug‘i bilan o‘tkaziladi. Harbiy xizmatchi emlashdan faqat shifokor xulosasiga ko‘ra ozod etilishi mumkin. Emlashlar to‘g‘risidagi qaydlar tibbiyot daftarchasiga va harbiy guvohnomaga yozib qo‘yiladi. Harbiy xizmatchi u bilan bir xonadonda (yotoqxona xonasida) yashovchi shaxslar orasida yuqumli kasalliklar sodir bo‘lgani to‘grisida komanda bo‘yicha bildiruv berishga va xizmat majburiyatlarini tibbiy xizmat boshlig‘ining xulosasiga ko‘ra brigada komandirining ruxsati bilan ijro etishga majburdir. Tibbiyot xizmati boshlig‘i brigadada yuqumli kasallikka chalingan bemor aniqlanganda bu to‘g‘rida brigada va katta tibbiy boshlig‘iga bildiruv beradi, xastalarni faol aniqlaydi, izolyator va kasalxonaga yotqizadi, bo‘linmalarda dezinfeksiya ishlarini amalga oshiradi, kasal bilan muloqotda bo‘lgan kishilar ustidan kuzatuvni o‘tkazadi va sanitariya-gigiena nazoratini kuchaytiradi. Zarur bo‘lganda brigadada kuzatish yoxud karantin rejimi joriy etiladi, noharbiy aholi bilan muloqot to‘xtatiladi yoxud cheklab qo‘yiladi, brigada ichkarisida shaxsiy tarkib yig‘ilishi va ommaviy-madaniy tadbirlar man etiladi, qo‘shimcha izolyatorlar quriladi.
Jamoat gigiyenasi qoidalari: uxlash xonalarida, hojatxonalar va boshqa umumiy foydalanish bo‘lmalarida ozodalikni saqlash, xonalarning muntazam shamollatib turilishini, jamoat joylarida, shuningdek, brigada qarorgohi hududida tozalik saq- lanishini o‘z ichiga oladi. Shaxsiy gigiyena qoidalarini bajarishga: — ertalabki yuvinish barobarida tishlarni tozalash; — ovqat tanovulidan oldin qo‘llarni chayish; — o‘z vaqtida soqol qirish, soch va tirnoqlarni qisqartirish; — har hafta hammomda ichki kiyim va to‘shak choyshablarini, paytava va paypoqlarni almashtirish barobarida yuvinish; — rusumli kiyim-kechak, poyafzal va to‘shak choyshabini toza saqlash, ichyoqani almashtirish kiradi. Harbiy xizmatchining soch tarhi, mo‘ylovi, soqoli, (agar ular bo‘lsa), saranjom-sarishta bo‘lishi, gigiena talablariga javob berishi va shaxsiy himoya vositalaridan foydalanishga va anjom-aslaha taqib harakatlanishga xalaqit bermasligi lozim. Soqol o‘stirish faqat ofiserlar va praporshchiklarga (michmanlarga) ruxsat etiladi. Harbiy xizmatchilarning dispanserizatsiyasi, ambulatoriya, stasionar va sanatoriy-kurort muolajasi asosiy muolaja-profilaktika tadbirlari sanaladi. Tibbiy xizmat tomonidan tavsiya etiladigan yuqumli kasalliklar tarqalishidan ogoxlantirish maqsadidagi muolaja-profilaktika tadbirlari barcha harbiy xizmatchilar uchun majburiydir. Dispanserizatsiya shaxsiy tarkib sog‘lig‘i holati ustidan tibbiy nazoratni, kasalliklarni faol erga aniqlashni, xarbiy xizmatchilarning xizmat va turmush sharoitini o‘rganishni, ularning sog‘lig‘iga salbiy ta'sir ko‘rsatuvchi omillarni aniqlanshni, profilaktika va muolajasog‘lomlashtirish tadbirlarini o‘z ichiga oladi. Xarbiy xizmatchilar sog‘lig‘i ustidan tibbiy nazorat: — jangovar tayyorgarlik jarayonida va turmushda shaxsiy tarkib ustidan kundalik tibbiy kuzatuvni; — harbiy xizmatchilarning tibbiy ko‘rigini; — harbiy xizmatchilarni chuqurlashtirilgan va nazorat tibbiy tekshirishini o‘tkazish yo‘llari bilan amalga oshiriladi.
Tibbiy ko‘riklardan: — brigadaning butun shaxsiy tarkibi — profilaktik emlash o‘tkazilishidan oldin; — barcha askarlar va serjantlar — hammomda cho‘milishdan oldin; — navbatchi kuchlariing (smenalarning) shaxsiy tarkibi — jangovar navbatchilik (jangovar xizmat) o‘rnini egallashdan oldin; — ishlari yomon ta'sir qiluvchi omillarning ehtimol tutilgan ta'siri bilan bog‘liq harbiy xizmatchilar, shuningdek, dinamik dispanser kuzatuvi ostida bo‘lgan shaxslar — ular uchun belgilangan muddatda; — oshxonalarda, oziq-ovqat omborlarida, suv ta'minoti inshootlarida, novvoyxonalarda, hammomlarda, kirxonalarda doimiy ishlovchi shaxslar va sanitarlar — xaftada bir marta: — oshxona bo‘yicha naryadga tayinlaiuvchi shaxsiy tarkib — sutkalik naryad tarqatilishiga qadar; — brigadaga yangi kelgan, shuningdek, ta'tildan, xizmat safaridan va sog‘ayganidan so‘ng muolaja muassasalaridan qaytgan barcha muddatli xizmatdagi harbiy xizmatchilar — brigadaga yetib kelgan kunlari, ammo ularni bo‘linmaga junatishga qadar; — xaydovchilar — reysga chiqishdan oldin; — sport musobaqalari qatnashchilari — musobaqalardan oldin; — intizomiy tartibda band qilinganlar — gauptvaxtaga junatilishidan oldin o‘tkaziladilar.
Chuqurlashtirilgan tibbiy tekshirishlar quyidagicha o‘tkaziladi: — muddatli xizmatdagi askarlar va serjantlar — yilda ikki marta — yozgi va kishki o‘quv davri boshlanishidan oldin; — ofiserlar, praporshchiklar, shartioma bo‘yicha xarbiy xizmatni o‘tayotgan xarbiy xizmatchilar — to‘rtinchi chorakda; ikkinchi chorakda nazorat tibbiy tekishirishlar o‘tkaziladi. Ofiserlar, praporshchiklar, shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarni chuqurlaiggirilgan tibbiy tekshirishga harbiy muolaja muassasalaridan shifokor-mutaxasislar jalb etiladi. Shifokor ko‘rigidan so‘ng kasal bo‘lganlar kasallik xususiyatiga qarab davolanish uchun brigada tibbiyot punktiga, brigadadan tashqaridagi muolaja muassasalariga (gospital', kasalxona) jo‘natiladi yoxud ularga ambulatoriya muolajasi tayinlanadi. Ofiserlar, praporshchiklar, shartnoma asosida xarbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilar shifokor xulosasiga ko‘ra davolanish uchun xonadonlari (uylari)da qolishlari mumkin. Hammom-kirxona xizmati ko‘rsatish: Askarlar va serjantlar haftada kamida bir marta hammomda cho‘milishlari, oshpazlar va novvoylar esa, bundan tashqari har kuni dush qabul qilishlari lozim. Mexanik-haydovchilar (haydovchilar) hamda qurol-aslaha va harbiy texnika ekspluatatsiyasi va xizmat ko‘rsatilishiga aloqador boshqa askarlar va serjantlar zaruratga ko‘ra dush qabul qiladilar. Muddatli xizmatdagi harbiy xizmatchilar xammomda yuvinish (dush qabul qilish) chog‘ida sovunlar, sochiqlar, dezinfeksiyalangan tanmomiklar bilan ta'minlanadilar. Xammomda yuvinish vaqti oldindan belgilanadi. Rota hammomga rota starshinasining komandasi ostida jo‘naydi. Sutkalik naryadda turgan yoxud ishga paryadda bo‘lgan yoinki u yoki bu sabablarga ko‘ra xozir bo‘lolmagan, shuningdek xizmat safarlaridan va ta'tillardan qaytgan muddatli xizmatdagi xarbiy xizmatchilar rota starshinasi tomonidan boshqa vaqtda serjantlar orasidan katta komandasi ostida hammomga yuboriladilar. Bandilar (hibsga olinganlar) hammomga alohida, ular uchun maxsus ajratilgan vaqtda jo‘natiladi. Xammomdagi tartibni kuzatib turish uchun serjantlardan hammom bo‘yicha navbatchi, shaxsiy tarkibni cho‘miltirish paytida tibbiy ko‘rik o‘tkazish va tibbiy yordam ko‘rsatish uchun esa navbatchi feldsher (sanitariya yo‘riqchisi) tayinlanadi. Yuvinuvchilarning har bir smenasidan keyin hammom xonalarini yig‘ishtirish va ularni dezinfeksiya qilish uchun hammom bo‘yicha navbatchi ixtiyorida zarur askar miqdori tayinlanadi. Ichki kiyim va choyshablarni yuvish kirxonalarda o‘tkaziladi. Yuvish tartibi brigada komandirining ichkari bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan belgilanadi. Download 19.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling