Ekotizimlarning o'zgarishi. Suksessiya hodisasi Reja


Download 13.9 Kb.
bet1/2
Sana04.04.2023
Hajmi13.9 Kb.
#1327669
  1   2
Bog'liq
Ekotizimlarning o\'zgarishi. Suksessiya hodisasi nnn


Ekotizimlarning o'zgarishi. Suksessiya hodisasi
Reja:

  1. Ekotizimlarning funksional birliklari

  2. Ekotizim va ularning biologik mahsuldorligi

  3. Ekotizimlar o’zgaruvchanligi yoki dinamikasi

  4. Suksessiya hodisasi. Ekologik suksessiya

. L.fon Bertalanfi bo’yicha (1969) tizim – bu o’zaro harakatdagi elementlar majmuasidir. Tizimdagi elementlarning o’zaro harakati uning faoliyatidan dalolat beradi. Tabiiy tizimlar ierarxik tuzilishga ega, ya‘ni har bir tizim bir necha tashkiliy sathlardan iborat bo’lib, pastdan yuqoriga qarab murrakkablashib boradi. Agar daraxtni mustaqil tizim deb qarasak, uning to’qimasi eng qo’yi sathi xisoblanadi, keyingi sathi esa daraxtning bargi, shoxidir,eng yukori satxi –daraxtning o’zidir. Biosfera ancha murakkab va yuksak darajada tashkil etilgan tizim bo’lib hisoblanadi.


A.M.Ivlyov (1986) bo’yicha tizimni faoliyati bu tashqi muhit ta‘siriga javoban, tizimda paydo bo’ladigan reaktsiyalar yig’indisi bo’lib, tizimni ichki xususiyatlari o’zgarishiga uni o’zining rivojlanishi olib keladi. Bizningcha, A.M.Ivlev qarashlarida ko’p chalkashliklar bor. Birinchidan, tizim mavjudligi va faoliyatini olsak, ekotizim faoliyat qilmasdan oddiygina mavjud bo’lishi mumkin emas, faoliyat ko’rsatmasa ekotizim mavjudligini yo’qotadi. Ikkinchidan ekotizimda tashqi ta‘sirga javoban reaktsiya paydo bo’lishini asoslab berish mumkin emas. Iqlim, quyosh energiyasi, to’proq, jinslar, relef va boshqalarni tashqi omillar deb qarash mumkin. Lekin bu omillarni biz ekotop (biotop) ga beogeotsenozni bir qismi sifatida birlashtiramiz. Biogeotsenoz yoki ekotizimga nisbatan ular nafaqat tashqi balki ichki omil hisoblanadi. Faraz qilaylik bu omillar ekotizimga ta‘sir qilmay qo’ysa nima bo’ladi? Ma‘lum bir vaqt ekotizim faoliyatini davom etkazadi, masalan o’txo’r hayvonlar o’simlik qoldiqlaridan, yirtqich-konsumentlar esa, ular bilan oziqlanadi. Shunday qilib tashqi ta‘sir ekotizimni qo’zg’atuvchi yagona sabab emas.

Har qanday tizimga nisbatan ko’pchilik va umumiylik tushunchalari mavjud. Ko’pchilik – matematik mantiqdagi keng hajmdagi tushunchadir. Ko’pchilikni boshqa tushunchalar orqali aniqlanadi. N.I. Kondakov bo’yicha ko’pchilik - bu ularni hammasi uchun tavsifli xususiyatga ega bo’lgan yig’indi, ba‘zi hududlarning qo’shilishi. O’z navbatida umumiylik deganda, bir xil belgilariga qarab birlashtirilgan xududlar yig’indisi tushuniladi. Masalan: qazilma organizmlar yig’indisi namunasi, zararkunandalar kollektsiyasi va boshq.


Umumiylik va ko’pchilikdan farqliroq tizim, umumiy xususiyatlarga yoki belgilarga ega bo’lgan qandaydir elementlar majmuasini bildirmaydi. Elementlarning o’zaro bog’liqligi (har bir element hech bo’lmaganda bitta element bilan) muhim va ular bir butunlikni tashkil etadi. Murakkab tizimlarda esa ular o’zaro bog’langan sathlarga bo’lingan.

Ekotizimlarning biologik mahsuldorligi deganda ma'lum maydondagi tirik organizmlarning muayyan vaqt birligida vazn to`plash tezligiga tushuniladi. Bu tezlik tabiatda vaqt va joyga ko`ra turlicha kechadi.


Produtsentlarning muayyan vaqt birligida to`plangan vazni birlamchi mahsulot hisoblanadi. U shu mahsulotni to`plash uchun tuproqdan undan ko`ra ancha ko`p modda oladi. Bu moddalarning 40-70 % ni o`z hayotiy jarayonlariga (nafas olish, oziqlanish, suv bug`latish) sarflaydi, qolganini vazn sifatida to`playdi.
Birlamchi mahsulot konsument va redutsentlar uchun ozuqa bo`lib hisoblanadi. Ular ham ozuqa sifatida olingan birlamchi mahsulotning ko`p qismini o`z hayotiy ehtiyojlariga sarflab, faqat ozginasini vazn sifatida to`playdilar. Ularning to`plagan bu vazni ikkilamchi mahsulot deyiladi.
Shunday qilib, geterotrof organizmlar birlamchi mahsulot hisobida yashaydi va uning faqatgina bir qismini ikkilamchi mahsulot sifatida to`playdi. Masalan, qoramol o`z vaznini 1 kg. ga oshirish uchun u o`rtacha 70-80 kg. o`t yetadi. Ko`rinib turibdiki, u birlamchi mahsulot bilan olgan energiyasining ko`p qismini o`zining hayot jarayonlariga sarflaydi va oz qismini ikkilamchi mahsulot sifatida to`playdi. Ozuqa zanjirining keyingi zvenolarida ham shunday holat davom etadi va har bir zvenoga o`tishda energiya hamda to`planadigan massa kamaya boradi. Bu holat ekologik piramida deb nom olgan bo`lib, piramidaning ostida produtsentlar (o`simliklar), o`rtasida o`simlikxo`r konsumentlar (hayvonlar) va ustida etxo`r hayvonlar (yirtqichlar) turadi. Ekologik piramidani ingliz olimi CH. Elton o`rgangan va fanga kiritgan. Ekologik piramidada quyidagi qoidalar amal qiladi:

Download 13.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling