Ekotizmlarning o'zgarishi suksessiya hodisasi. Biosfera haqida tushuncha. Vernadskiy ta’limoti, noosfera reja


Download 23.43 Kb.
bet4/4
Sana21.04.2023
Hajmi23.43 Kb.
#1371157
1   2   3   4
Bog'liq
Ekotizmlarning o\'zgarishi suksessiya hodisasi. Biosfera haqida t

Ekologiyaning matematik modeli

Ekologiyaning matematik modeli 1931 y. V. Volterru tomonidan ishlab chiqilgan bo`lib, uning eng sodda ko`rinishi u yirtqich-o`lja va parazit-xo`jayin munosabatlariga asoslangan.


O`ljaning ko`payishi u bilan oziqlanuvchi yirtqichning ko`payishiga olib keladi, yirtqichning ko`payib ketishi bilan o`lja kamayib qoladi, o`ljaning kamayishi esa yirtqichlar sonining ham kamayishiga olib keladi.
Parazit-xo`jayin munosabatlari ham shunday printsipda boradi. Bunga qishloq xo`jalik zararkunandalari va ularning ichiga yoki tuxumi ichiga tuxum qo`yib ko`payadigan foydali hasharotlarni misol qilish mumkin. 
Ekotizimlar dinamikasi va suktsessiyasi
Biotsenozlarning barchasi ham o`zgarib turuvchan bo`lib, bu o`zgarishlar 2 xil bo`ladi:
1)davriy o`zgarishlar
2)ilgarilama o`zgarishlar 

Davriy o`zgarishlarga tashqi muhitdagi sutkalik, mavsumiy va yillik o`zgarishlar kiradi. Sutkalik o`zgarishlar organizmlarning aktivligiga ta'sir qiladi. Masalan, O`rta Osiyo cho`llarida yozning jazirama kunlarida tush payti aktivlik keskin pasayadi, kechqurun va ertalab u keskin oshadi.
Mavsumiy o`zgarishlar organizmlarning nafaqat aktivligiga, balki ularning soniga ham ta'sir qiladi. Bunga hayvonlarning bahorda ko`payishi, ko`zda ko`pchilik qushlarning issiq mamlakatlarga ketib qolishi kabilar misol bo`ladi.
Biotsenozlardagi ilgarilama o`zgarishlar undagi organizmlar soni va tarkibini qisman yoki to`liq o`zgatirishga olib keladi. Ular organizmlar jamoasiga muhit omillarining uzoq davom etadigan bir tomonlama ta'siridan kelib chiqadi. Bunga misol qilib atrof muhiti o`ta ifloslangan joydan aholining ko`chib ketishini keltirish mumkin.
Ilgarilama o`zgarishlar ba'zi hollarda ancha chuqur bo`lib, biotsenoz butunlay o`zgarib ketadi. Masalan, havoning davomiyli kuchli ifloslanishi u joyning suvi va tuprog`ini ham ifloslanishga olib kelishi mumkin.Bunday hodisaga digressiya ya'ni biotik jamoalar holatining yomonlashuvi deyiladi.Buning natijasida u joydan nafaqat odamlar ketib qoladi. Balkim suv va tuproqdagi organizmlar ham qirilib ketib, biotsenoz kambag`allashib qoladi. Bunday chuqur o`zgarishlarga ekzogen o`zgarishlar ham deyiladi.
Bundan tashqari tabiatda endogen o`zgarishlar ham bor-ki, ularning natijasida biotsenozning tarkibi birin-ketin o`zgara boradi.Masalan, tog`dagi yalong`och toshlar tabiiy omillar ta'sirida sekin-asta yemrilaboshlaydi. Bunga sabab, ularning sirtida paydo bo`lgan lishayniklar quyosh radiatsiyasi, harorat va namlik ta'sirida toshni yemiradi. Yemirilgan tosh ustida dastavval petrobiont (toshsevar) o`simliklar o`sadi. Keyinchalik toshlar to`liq yemirilib adirlar paydo bo`lgach, bu yerlarning tuprog`iga mos keladigan boshqa o`simliklar o`sadi. Bu joylarning hayvonot dunyosi ham o`simliklarga mos ravishda o`zgarib boradi.Biotsenozlarning ma'lum tartibda almashinishi ekotizimlar suktsessiyasi deyiladi.Ekotizimlar suktsessiyasi geobotanikada ekogenetik suktsessiya deyiladi, chunki bunda o`sha joyning ekologik sharoitlari birin-ketin o`zgaraborib, natijada bu joyda oldingisidan butunlay farq qiladigan ekotizimlar vujudga keladi.
Barcha holatlarda ham suktsession o`zgarishlar tezligi keyinchalik sekinlashadi va nihoyat to`xtaydi. Bu vaqtda u joydagi biotsenoz to`liq shakllangan bo`ladi. Suktsession o`zgarishlarning to`xtab qolishgasuktsessiyaning klimaksi deyiladi.Bunday biotsenozlarda organizmlar o`rtasidagi raqobat pasayib, moddalar aylanish tartibga tushadi.

Ekotizimlar dinamikasini, undagi suktsession holatlarni o`rganish ekotizimlarni boshqarish imkonini beradi. 



Download 23.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling